Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining tasnifi.
Sport tashkilotlari – O‘zbekistonda sport tashkilotlari va sport jamiyatlari ancha yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmokda. Respublika mustaqillikka erishgandan so‘ng, yangi Nizomlari ishlab chiqildi. Ijtimoiy-madaniy va aholining ishlab chiqarishdagi faoliyatlariga asoslangan holda sport jamiyatlarining nomlari o‘zgartirildi va ular birlashtirildi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport Ishlari Vazirligi davlat organi sifatida Respublikada jismoniy tarbiya, sport, xalk milliy o‘yinlarini aholining kundalik turmushiga singdirish va ularga bevosita bog‘lik bo‘lgan qator tadbirlarni olib borish bilan shug‘ullanadi. Uning asosiy maksadi va vazifalari aloxida Nizomida kayd etilgan.
Sport tashkilotlarining eng asosiy vazifalari quyidagi faoliyatlarga qaratilgan:
- boshqaruvchilik qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va ularni amalda qo‘llash;
- boshqarish bilan bog‘lik bo‘lgan barcha faoliyatlarni tashkil qilish va ish yuritish;
- eng muhim faoliyatlarni yo‘lga solish (regulirovka);
- barcha ishlarni hisobga olib borish va ularni nazorat kilish;
- amalda bajarilgan faoliyatlarni tahlil kilish, bajarish, ularga tankidiy karash va xokazo.
Respublika mikyosidagi barcha sport tashkilotlari va sport jamiyatlari o‘z faoliyatlarini talab darajasida yuritish uchun yukori davlat organlarining ko‘rsatmalariga itoat etishi zarur. SHu bilan birga o‘zlarining kuyi tarmoklar faoliyatini nazorat kilib boradi va ish natijalarining ijrosini talab kiladi. Sport tashkilotlari va jamiyatlari xamda ularning kuyi tarmoklarida turli xil qarorlarni ishlab chikish, ularni qabul kilish va amalga oshirish faoliyatlari yagona tartibda olib boriladi. Bunda kuyidagi faoliyatlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi:
Rejalar asosida yig‘ilish (majlis) kun tartibini belgilash.
Asosiy masalalar buyicha materiallar (ma’lumotlar, dalillar) yig‘ish.
Ma’ruza (xisobot, nutk, muloxaza va xokazo) tayyorlash.
Yigilishgacha qaror loyihasini tayyorlash.
Yig‘ilish jarayonida barcha ma’ruza, muzokaralar, nutqlar, chiqishlar bayonini yozib borish.
Yig‘ilish oxirida karor loyixasini muhokama qilish va o‘zgartirishlar kiritish.
Qarordagi asosiy vazifa, topshiriqlardan ko‘chirmalar olib, tegishli rahbar va tashkilotlarga jo‘natish.
Majlis kun tartibi va muhokama qilinadigan masalalar katoriga asosan kuyidagilar kiritilishi zarur:
YUkori tashkilotlaring qarorlari, ko‘rsatmalari asosida vazifalarni belgilash va ularning bajarilish yo‘llarini ishlab chiqish.
Qilingan ishlar yuzasidan hisobot va ma’lumotlar berish.
Musobaqalarning kalendar rejalari, Nizomlar, sport unvonlar (darajalar) va hokazolar tasdiklash.
Sport tashkilotlari, sport maktablari, murabbiylar va boshka mansabdor shaxslarni ish lavozimiga tasdiqlash yoki ishdan ozod etish va boshkalar.
YUkori tashkilotlar qabul qilgan qarorlarni hayotga singdirishda o‘zlarining tarmoqlari orqali ish tutadi. Qarorlarda ko‘rsatilgan topshiriq va vazifalarning amalga oshirilayotgani, ularning bajarilayotganligi haqidagi ma’lumotlar hisobot, bildirish yuli bilan yuqori tashkilotlarga ma’lum qilanadi.
Eng zarur faoliyatlarni demokratik tamoyillar yuli bilan hal etishda yig‘ilish qarorlarining mohiyati kattadir va ular doimiy ravishda qo‘llanilishi lozim bulgan tashkiliy jarayonlardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |