1. O’qituvchi shahsining insonparvarligi. Fikrlar to’qnashuvi va o’z pozitsiyasi uchun kurashni dramma deb hisoblasak, tarbiyachining butun, faoliyati dramalardan iborat. Binobarin, mahorat darajasi qancha yuqori bo’lsa, ziddiyatlar ham shunchalik aniq bo’ladi. Chunki, ijodkor o’qituvchi tomonidan taklif etilgan tizimning yangiligi odatda, eskirgan qarashlarning qarshiligiga uchraydi.
“Shaxs yo’nalganligi nimalardan iborat?”, - degan savolga psihologiya fani ideallar, qiziqishlar, qadriyatlar deb javob beradi.
Ko’raylikchi, bu dramaning boshalanishi emasmi? O’qituvchi qanday uy–hayol bilan maktabga keladi?
“Qoidadon” o’qituvchi “dars o’tish”, dasturni bajarish hayoli bilan maktabga kelyapti. Uning qiziqishi 45 daqiqa mobaynida o’zlashtirishi lozim bo’lagan materiallarga qaratilgan.
Har bir o’qituvchi shahsining yo’nalganligi turli hil bo’lib, ularning eng asosiysi, qimmatlilari quyidagilardir: 1) o’ziga nisbatan yo’nalganlik, ya’ni o’z–o’ziga ishonch, “menda bilimli, talabchan, haqiqiy o’qituvchini ko’rishsin”, - degan istakning mavjudligi; 2) pedagogik ta’sir vositalariga yo’lnalaganlik; 4) pedagogik faoliyat maqsadiga yo’nalganlik – insonparvar strategiya, faoliyat ob’ekti va vositalariga nisbatan ijodiy yondashish.
Pedagog uchun korrektsiyalangan barcha turdagi yo’nalishlar bilan yo’g’rilgan, maqsadga olib boruvchi asosiy yo’nalish, ya’ni faoliyatni insonparvarlashtirish muhimroqdir. Lekin faqat kelajak oldidagi mas’uliyatni his etish, ongli tirishqoqlik, bolalarga nisbatan cheksiz muhabbat orqaligina o’qituvchining kasbiy mahorati shakllanadi: ”Agar o’qituvchi ham ishiga, ham bolalarga nisbatan muhabbatni o’zida mujasamlashtira olsa”, - degan edi L.N.Tolstoy.
Insonparvarlik yo’nalishi yuqori topshiriq sifatida uning kundalik ishidagi muayyan vazifalarni belgilab beradi. Ikki hil vaziyatni taqqoslab ko’ramiz. Birinchi kurs talabasi Ta’lim markazi muzeyiga sayohat olib borayotib, nima uchun aynan shu muzey haqida bolalarga gapirib berishi kerakligini tushuntirishga qiynaladi. Mahoratli usta pedagog esa sayohatdan ko’zlangan bir necha vazifalar hamohangligini ko’ra oladi, ya’ni o’z–o’zini anglashga etaklash, pedagoglik kasbini egalashlaga targ’ib etish, o’qituvchi mehnatining ichki tomonlarini ko’rsatish va shu orqali bu mashaqqatli kasb egalariga nisabatan cheksiz hurmat hissini uyg’onish va pirovard natijada o’quvchining ijtimoiy rivojlanishning yanada yuqoriroq pilla poyasida tura olishiga ko’maklashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |