Maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni. Ixtisosga doir bilimlar, ilmiy tadkikotga doir bilimlar, fanning nazariy va amaliy ahamiyatini tushunish, fanning xozirgi darajasi va qonuniyatlari, tarixi, rivojlanishi va keyingi yunalishlarini bilish, ilmiy – tadkikot ishlaridan daslabki malakalar xosil qilish, matematik va alfavit kataloglaridan foydalana bilish. Masalan, matematika fakulteti bitiruvchi talabalarining maxsus tayyorgarligini bilish taxminan quyidagi bilimlarni o’z ichiga olishi mumkin. Son tushunchalarini kengaytirish aksiomatik sxemasi, algebrik strukturalar, nazariy gruppali algebrik printsiplarni, chizikli, vektorli fazo tushunchasini va xokazo Yoki, o’zbek tili o’qituvchilarini tayyorlashga ham bir necha talablar kuyiladi.
Ixtisosga doir metodik tayyorgarlik mazmuni. Xozirgi sharoitda har bir o’qituvchi o’zi o’qiyotgan premetini o’qitishning maksadi va vazifasini bilishi, amaldagi maktab dasturlari va o’quv kullanmalarini har tomonlama analiz kila olishi, o’quvchilar charchaganligini tez paykay olishi, ularni bartaraf qilish yullarini topishi, didaktika va psihologiyaning sunggi yutuklariga tayangan holda o’qitishning optimal variantlarini tanlab olishi, o’zi o’qiyotgan fanga oddiy ko’rgazmali ko’rollar tayyorlay olishi, sinfdan va maktabdan tashkari ishlarni qilishi va unga raxbarlik kila olishi kerak.
Oddiy kilib aytganda, nimani o’qitish, kancha xajmda o’qitish, nima uchun o’qitish va qanday usulda o’qitish, qanday o’qitsa yaxshi natija beradi degan savollarga hamisha javob bera olishi shart.
PEDAGOGIK MAHORATNING TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING MOHIYATI.
Pedagogik mahorat - bu o’qituvchi – tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan hususiyatki, u o’z o’quv fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik – psihologik va metodik tayyorgarligida, talaba – yoshlarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo’llarini izlab topib, amaliy faoliyatga qo’llashida namoyon bo’ladi.
Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shahsiy tayyorgarlikni yo’lga qo’yib, bo’lajak mutahassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutahassislarni tayyorlashga hizmat qiladi. SHuning uchun, pedagog shahsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo’lishi lozim. Pedagogning shahsiy fazilatlari sirasiga iymon – e’tiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyoj va faolligi, odob – ahloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, ma’naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi va h.k.lar kiradi. Bular o’qituvchiga kasbiy hususiyatlarni o’zida tarbiyalab borishga ko’maklashadi.
Yuqorida qayd etib o’tilgan va pedagogik mahoratga berilgan ta’rif, hamda o’qituvchi-tarbiyachining professiogrammasi hususiyatlari va o’qituvchiga qo’yiladigan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo’lishi lozimligini ifodalaydi. (1.1 jadvalga qarang).
Bularning barchasi hususiy mohiyat-mazmun kasb etsada, ular yahlit holda o’qituvchi-tarbiyachi(pedagog)ning kasbiy malakalarining mazmunini ifodalaydi. ero, pedagogik tehnika – o’qitish, ta’sir ko’rsatish, ta’lim tarbiya oluvchilarga o’z his-tuyg’ulari, bilimlari, ahloqiy fazilatlarini uzatish tehnologiyasini ifodalasa, pedagogik muomala – o’qituvchi kasbiy faolligining bir ko’rinishi bo’lib, ta’lim - tarbiyada shu jarayon ishtirokchilarining o’zaro ta’sir va hamkorligini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |