Tarix va madaniy meros


I.2.Mustamlakachilik sharoitida milliy adabiyot.Ahmad Donish,Muqimiy,Zavqiy,Avaz O’tar va boshqalar



Download 36,97 Kb.
bet6/7
Sana14.06.2022
Hajmi36,97 Kb.
#669848
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mirshod tarix

I.2.Mustamlakachilik sharoitida milliy adabiyot.Ahmad Donish,Muqimiy,Zavqiy,Avaz O’tar va boshqalar
Avloniy bir she’rida «Oinayi har millat erur til-adabiyot» deb yozgan edi. Haqiqatan ham, jamiyatni tarbiyalashdagi adabiyotning buyuk rolini jadidlarimiz yaxshi anglaganlar. Gap shundaki, Rusiya istilosi tufayli o'lkaga kirib kelayotgan Ovrupoga ko‘r-ko‘rona ergashish, o'zlikni yo'qotish xavfi kuchli edi. Jamiyatni yangilash Yevropalashtirish, to‘g‘rirog‘i ruslashtirishga aylanib ketishi mumkin edi (aslida shunday ham bo‘ldi). Bu holni faqat bizda emas, atrof-qo‘shnilarimizda ham kuzatish mumkin. Masalan, rus adabiyoti rus xalqining G ‘arb madaniyatiga ko‘r-ko‘rona ergashishiga chek qo‘ydi. Ismoilbekning so‘zlarini eslaylik: «Petru zamonindan yuz sanaya qadar rus ziyolilari ovrupolilarga kulgili darajada taqlid etardilar... Shuncha orqada bo‘lishlariga qaramay, erkin fikrda Russoliq, Volterliq sanarlar, asirlikni xushhol ko‘rmak ila barobar mashrutiyatdan. jumhuriyatdan dam urarlar edi. Taqlidda ifrot darajalara vorub ruscha so‘zlashmoqni ayb va nodonliq o‘ylab, yarim-yorti fransuzcha so‘zlashishni vojib bilurlar edi. Lekin so'ng, rus adabiyoti ilgarilab ketgach, taqlidchilik ozaydi, ruslar ruscha fikrlay boshladilar»211 (ta’kid bizniki—B.Q.). Bu adabiyot mohiyatan yangi adabiyot edi. Chunki u qarashlarni yangiladi, fikrlarni yangiladi, o‘zlikni qaytardi. Shunday vaziyat bir oz boshqacharoq shaklda usmonli turklarda namoyon bo'ldi. XIX asr adabiyotining e’tiborli tadqiqotchisi prof. A.H.Tanpinar asarlaridan shu narsa ma’lum bo'ladiki, «yangi» va «eski» masalasi «Tanzimot Farmoni» bilan deyarli baravar maydonga kelgan bo‘lsa-da, adabiy jarayonga so'ngroq o ‘tgan. Dastlab yangilanishning mafkurasi — «madaniyatchilik», «mashrutiyatchilik», «islomchilik» yuzaga chiqqan. So‘ng «fikr va san’at hayotida» Ahmad Javdat Posho (1823—1895), Ibrohim Shinosiy (1826—1871) kabi «yangilikning buyuk muharrirlari»212 yetishganlar.
«Taijimon» gazetasi 1906-yildan boshlab «Oqgul dastasi yoki adabiyoti jadida xizmatlari» sarlavhasi bilan materiallar berib borgan. M uharrir va muallif Ismoilbek ushbu «adabiyoti jadida»ning «eng ibtido»si «guldastamizning birinchi gullari» deb Mirzo Fathali Oxundov (1812—1878) va Qayum Nosiriy (1825— 1902) nomlarini keltiradi214. Shuningdek, 15-sonda Majid Fanizoda (1886-?), 22-sonda Narimon Narimonov (1870— 1925)lar bilan tanishtiradi. Abdulla T o‘qay esa K.Mutiyqiyning «Fikr» gazetasida 1907- yil 22-aprelda bosilib chiqqan «She'rlarimiz» nomli maqolasida «17-oktabrga qadar (1905-yildagi Manifest ko‘zda tutiladi— B.Q.) nima uchun tatarda hech bir she'r bo'lmagan?» degan savolni qo‘yadi. Tatar adabiyotshunoslari o‘rinli izohlaganlaridek, shoir ungacha bo'lgan tatar she'riyatini inkor etmoqchi emas, albatta. U davr talabidan kelib chiqib masalaga yondashmoqda, shunga javob beradigan she'rlarni ko'zda tutmoqda. Xo‘sh, davr nimani taqozo etardi? «Bu turmushga qalban rozi bo'lgan kishi musulmon ham, inson ham emas, degim keladi.»...Millat ma’rifatli kishilarga va xalq foydasini o'zining har xil shaxsiy manfaatidan, tam a’dan ustun qo'yadigan, millat foydasini ko'z qorachig'iday aziz tutadigan millat bahodirlariga muhtoj. Millat otalarga, onalarga, muallimlarga, muallimalarga, murabbiylarga, murabbiyalarga, chinakam adabiy iste’dodlarga, salohiyatlarga muhtoj. Bizning millat ham boshqa millatlardagi kabi himoyasiz, mol-joysiz, faqir va ishchi xalqning foydasiga tirishuvchi, besh kambag'alni bir boy itiga almashtiradigan vaqtlar o'tganini anglovchi va anglatuvchi yigitlarga muhtoj. Bizning millat ham Pushkinlarga, graf Lev Tolstoylarga, Lermontovlarga muhtoj. Qisqasi, bizning millat ham boshqa millatlaming taraqqiylariga sabab bo'lgan chinakam yozuv va adabiyot va she`riyatiga muhtoj.

Download 36,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish