O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“TARIX VA MADANIY MEROS” FAKULTETI
“JAHON TARIXI” TA’LIMI YO’NALISHI TALABASI LATIPOV MIRSHODBEKNING
KURS ISHI
Bajardi: Latipov M.
Tekshirdi: Temirov F.
Buxoro-2021
Mundarija
Kirish.
I.Bob. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida madaniyat.
I.1.Turkiston o’lkasida xalq maorifi va adabiy-ma’rifiy jarayon
I.2.Mustamlakachilik sharoitida milliy adabiyot.Ahmad Donish,Muqimiy,Zavqiy,Avaz O’tar va boshqalar
II bob.Turkistonga matbuotning kirib kelishi
II.1 Mustamlaka Turkistoning rasmiy matbuoti
II.2 Turkistonda gazetalarning vujudga kelishi
Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
1997-yilda Islom Karimov tarixchi olimlar bilan uchrashuvda “ Biz mustamaka bo’lgan davrda o’z tariximizni,milliyligimizni,aabiyotimizni saqlab qolad oldikmi?!” degan savolga javob topish mavzuning dolzarbligi sanaladi.Mustamlaka davrida xalqimiz madaniyati qanday bo’lganligi,taraqqiyparvarlarimiz,ziyolilarimiz qanday og’ir sharoitda yashashga kurashishga,majbur bo’lishganini yosh avlodga o’rgatish mavzuning asosiy qismi sanaladi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi:
. Hozirga qadar Turkistonda vaqtli
matbuotning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi haqida juda ko`plab asarlar, risola
va maqolalar nashr qilingan. Ularni biz shartli ravishda uch guruhga bo`lib
o`rganishimiz mumkin:
1. Rus mustamlakachiligi davrida,
2. Sovetlar hukmronligi yillarida,
1 Абдуазизова Н.А. Миллий журналистика тарихи ( Генезис ва эволюция ). Биринчи жилд, – Т.: Шарқ, 2008.
– Б. 48.
3. Mustaqillik davrida e`lon qilingan asarlarni kiritishimiz mumkin.
Birinchi guruhga oid dastlabki maqola va asarlar rus mustamlakachiligi va
sovet tuzumi yillarida nashr qilingan bo`lib, ularning ko`p qismi bizgacha etib
kelmagan. Bu asarlarda ayrim matbuot organlari xususida fikr yuritilib, milliy
matbuot to`ng’ich nashrlarining tafsilotlari ataylab buzib talqin qilinganligi va
rasmiy organlarning faoliyatlari qo`llab–quvvatlanganligi yaqqol ko`zga
tashlanadi.
O`zbek matbuotining ilk tadqiqotchisi Abdulhamid Sulaymon o`g’li
Cho`lponning “Turkistonda matbuot” maqolasi yozilish sanasiga ko`ra, aynan shu
mavzudagi dastlabki ish bo`lishi bilan birga, unda o`zbek vaqtli matbuoti tarixida
nashr etilgan gazeta va jurnallarning o`z davrida millatimizga qay darajada xizmat
qilganligi haqqoniy va xolisona yoritilgan1. Bundan tashqari adabiyotshunos olim
va jamoat arbobi, qatag’on yillari qurboni Ziyo Saidning 1927-yilda e`lon qilingan
“O`zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar” kitobi xam o`zbek vaqtli matbuoti
tarixini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, tarixchi N.F.
Simyonov yozgan asarda xam bolshevistik matbuot haqida bir qancha
ma`lumotlar berib o`tilgan2.
Do'stlaringiz bilan baham: |