«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

Oliy ta’lim tizimi.
O’zbekistondagi ta'limning barcha bosqichlari uchun zamon
talablariga javob beradigan yangi davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari, shu
jumladan, mulitimediyali o‘quv dasturlari hamda millionlab nusxada nashr
qilinayotgan darsliklar va o‘quv qo'llanmalari ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ilg'or
pedagogik texnologiyalar va o'qitishning interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda.
Har bir o‘quv muassasasida o‘quv adabiyotlarning, shu jumladan, elektron o‘quv
adabiyotlarining katta zahiralariga ega, o'z axborot-resurs markazlari mavjud. Ta'lim
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ta'limning kutilayotgan davomiylik
muddati 1990 yildagi 13,7 yildan 2010 yilda 15,6 yilga o'sdi. Ushbu ko'rsatkich va
aholining savodxonlik darajasi ko'rsatkichi bo'yicha O’zbekiston ko'plab rivojlangan
mamlakatlar darajasiga yetib oldi. Mustaqillik yillarida oliy o‘quv yurtlari soni 37
tadan 66 taga o'sdi.
1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat
universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat
universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil
fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet
maqomi berildi.
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konmetallurgiya instituti,
Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki
ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari
tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga
aylantirildi. 1993- yil «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari
to‘g‘risida»gi talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan va zamonaviy bilimlar sohibi
bo‘lgan yuqori malakali oliy va o‘rta maxsus ta’lim olgan mutaxassis kadrlarni
Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qarshi
Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
112


mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida oliy universal
ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi.
1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi
asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy
ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi. 1994-yil
Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test
orqali qabul joriy etildi. 1996- yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy
etildi. 1997-yilgi «Talim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq 5 yillik oliy ta’limdan 4
yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga
o‘tildi.
Mamlakat oliy o‘quv yurtlarida ta'lim, fan va ishlab chiqarishni birlashtirish
jarayoni rivojlanmoqda. Talabalar ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etmoqdalar,
innovasion faoliyat bilan, shu jumladan, korxonalar buyurtmasiga ko'ra
shug'ullanmoqda. Talabalarning ishlari mamlakatimizning yangi texnologiyalarini va
fan keng qo'llaniladigan mahsulotlarni namoyon etuvchi har yillik ko'rgazmalarda
muntazam ishtirok etib kelmoqda. Faqat 2011 yilning o'zida Innovasion g'oyalar,
texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan
texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish uchun 3 milliard 579,4 million so'mlik
shartnomalar tuzildi. Talabalarni fundamental izlanishlarga jalb qiluvchi ilmiy-
tadqiqot muassasalari bilan o'zaro manfaatli aloqalar yaqindan yo'lga qo'yilgan. Bu
yosh ilmiy kadrlarni tayyorlashga keng imkon berdi.
Yetakchi oliy o‘quv yurtlarida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi ishtirokida
hozirgi vaqtda fan, texnika va texnologiyalarning eng istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha
o‘quv-ilmiy laboratoriya majmualari yaratilmoqda.
Shuningdek, Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini
yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q yuridik institut universitet
maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat
stomatologiya instituti ta’sis qilindi.
Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq sohalarida kadrlarning
malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi.
Prezidentning 2015-yildagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 15 yetakchi oliy ta’lim muassasalari
– tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilandi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish