Arxitektura sohasida o’zbek tilida ayrim adabiyotlarning yetishmasligi va umuman yo’qligi.
Men ushbu maqolamni yozishimdan maqsadim shuki, hozirgi zamonda biz yoshlar uchun muhtaram Prezintimiz Shavkat Mirzizoyev Miromonovich juda katta imkoniyatlar yaratib beryaptilar. Biz bundan juda minnatdormiz, albatta muhtaram prezidentimiz bizga ishonib davlatimiz kelajagi haqida qayg’urmoqdalar. Biz ham u kishining ishonchlarini oqlash uchun butun jon jahdimiz bilan o’qishimiz, davlatimiz kelajagi ravnaqi uchun o’z hissamizni qo’shishimiz va prezidentimiz yaratayotgan shart-sharoitlardan foydalangan holda ularning ishonchlarini oqlashimiz kerak. Men yana shuni ma’lum qilmoqchimanki, bo’lajak arxitektor sifatida bizda o’tilayotgan darslar uchun bizga kerakli manbaalar ya’ni adabiyotlarning o’zbek tilida yetishmasligi yoki umuman yo’qligidir. Hattoki internet tarmoqlarida biz talabalar o’zimizga kerakli ma’lumotlarni ololmasligimiz, ularning o’zbek tilida umuman yo’qligi anchagina qiyinchilik tug’dirmoqda. Hozirgi paytda arxitektura sohasiga e’tibor juda kattadir. Ya’ni shaharlarning qayta qurilishi, turizmning rivojlanishidir. Ayniqsa turizimga e’tibor beradigan bo’lsak, tashqaridan kelgan mehmon bizning uyimiz, vatanimiz haqida, bobolarimizdan qolgan meroslarni qanday ko’z qorachig’imizdek asrayotganimiz haqida hayratga qolib va bu haqida yaxshi taasurotlar olib ketishi juda muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bizga o’xshagan bo’lajak arxitektorlardan prezidemtimiz juda ham umidvordirlar. Buning uchun biz nafaqat o’z vatanimiz arxitekturasi tarixini balki butun jahon arxitektura tarixini ham bilishimiz va mukammal bilimga ega bo’lishimiz kerakdir. Mukammal bilimga ega bo’lish uchun eng avvalo qo’limizda kuchli adabiyotlar bo’lishi kerak. Biz talaba yoshlarning eng dolzarb muammolarimizdan biri bu bizni ya’ni bo’lajak arxitektorlarning adabiyotlarni o’zbek tilida kamligi yoki umuman yo’qligidir. Bizga ko’proq ma’lumotlar kerakdir. Kitob bu insonni eng yaqin do’stidir. Kitob bu inson uchun jang paytida qo’lda qurol bo’lishi qanday ahamiyatga ega bo’lsa, kitob ham shunday ahamiyatga egadir. Men bu fikrimni keng yoritib beradigan bo’lsam, jangga ketayotgan askar albatta qurollanib yuksak jang san’atini o’rganib ushbu qo’lidagi quroldan qanday foydalanishni dushmanddan himoyanishni bilgan holda jangga boradi. Qurolsiz jangchi dushmanini yengishi amrimahol. Xuddi shunday biz ham hozirgi paytda, davlatimiz rivojlanayotgan paytda, prezidentimiz bizlarga ishongan paytlarida, ularning ishonchini oqlolmasak kelajakda kim bo’lamiz? Shuncha harakat nima bo’ladi? Kelajamiz qay ahvolda qoladi? Xuddi shunday, kasallikni davollashdan ko’ra uni oldini olgan afzal degandek biz hozirda qo’limizda kuchli qurollanib kulchi bilimni egallab jangga shaylansak g’alaba albatta bizniki bo’ladi, davlatimiz kelajagi ham porlaydi. Meni fikrimcha, hozirgi paytda arxitektura sohasida ta’limni yanada rivojlantirish uchun adabiyotlarni o’zbek tilida ko’paytirish lozimdir. Hozirgi paytda til bilish juda muhim, ayniqsa ingliz tili, rus tillari va boshqalarni bilish juda kerak, ammo o’zimizning o’zbek tilimiz shunchalak boyki, adabiyotlarni yozib kelajak avlodimizga qoldirsak o’zbek tilimizni yuksaklarga ko’targan bo’lardik. Chet tillarni mukammal darjada o’rganib, undagi bor ma’lumotlarni o’zimizning o’zbek tilimizga tarjimi qilsak maqsadga erishgan bo’lardik. Yuksak bilimga ega bo’lish va ularni kelajak avlodlarimizga meros qoldirish kerakdir. Men aytmoqchimanki, o’zimizni o’zbek tilimizda adabiyotlarni darslik manbaalarni ma’lumotlarni ko’paytirishimiz kerakdir. Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: “Kelajak bugundan boshlanadi” va “Kelajak yoshlarni qo’lida” xuddi shunday hozirgi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ham biz yoshlarga katta e’tibor berganlari bejiz emas. Shu yaqin orada Oliy dargohlarga Shavkat Mirziyoyev Miromonovich mingtadan ortiq kitoblarni sovg’a qilganlariga juda xursand bo’lgan edik. Xuddi shunday ulardan biz juda keng foydalandik va o’z minnatdorchligimizni bildiramiz. Shuning uchun jur’atim yetib ushbu maqolani yozish uchun ushbu mavzuni tanladim. Endi bu borada yanada ko’proq ma’lumot beradigan bo’lsam , arxitektura sohasi medetsina bilan yonma-yon turadi, chunki medetsinada inson hayoti haqida gap borar ekan, xuddi shunday arxitekturada ham inson hayoti haqida ham gap boradi. Bu qanday bo’ladi? –degan savol paydo bo’ladi. Bu savolni javobi quyidagicha: misol keltiradigan bo’lsak, kuniga bitta bemor shifokorga o’z hayotini ishongan holda topshirsa, arxitektorga bir oila, o’nlab, minglab insonlar o’z hayotini ishonib topshiradi. Sababi arxitektor quradigan binoda bitta inson ham, butun oila ham, hatto o’nlab, yuzlab, minglab insonlar xavfsiligi haqida gap boradi. Agar arxitektor qurgan bino mustahkam bo’lmasa, o’sha yuqorida sanab o’tilgan insonlar hayoti xavf ostida qoladi. Arxitektor uy, bino yoki shunga o’xshagan inshoot qurar ekan u avval o’zini o’sha yerda tasvvur qilgan holda insonlarnini xavfsizligini birinchi o’rinda qo’yib va qulaylik tomonlarini hisobga oladi, keyin shu binoni loyhalaydi. Hozirgi paytga yaqin kunlarda ishbilarmon tadbirkorlar tomonidan qurdirilgan turar-uy joylar “Zamon” informatsion dasturida ko’rsatganidek, ushbu binolarni devorlarini oddiy gipsakarton materiallaridan foydalangani, ko’plab kamchiliklarga xatolarga yo’l qo’yilganligi bu juda achinarli holdir. Ular xalq uchun xizmat qilamiz deb davlatga zarar olib keldilar. Chunki unga ketgan sarf xarajatlarchi, ushbu binolarda yashaydigan o’nlab, minglab insonlar hayotichi? Ular bu haqida nahotki o’ylashmadi? Nahotki qayg’urishmadi? Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi deganidek, ushbu ishlar ham hammasi kuni kelib oshkor bo’ldi. Xuddi shunday xatolar bo’lmasligini oldini olishimiz, bunga umuman yo’l qo’ymasligimiz kerakdir. Buning uchun davlatga, xalqga yuksak malakali yetuk bizga o’xshagan bo’lajak arxitektor kardlar kerak. Biz yuksak bilimni egallashimiz, yuksak malakali kard bo’lib yetishishimiz uchun qo’limizda kuchli adabiyotlar kerakdir. Kelakda biz qurgan uylar mustahkam, chiroyli, zamonaviy, xalq uchun uzoq xizmat qila oladigan binolar bo’lishi kerak. O’sha chet eldagi arxitektorlardan bizlarni kam joyimiz yo’q. Prezidentimiz bizlarni ulardan ziyod qilib sharoitlar yaratib qo’yganlarki, kam qilmaganlar va qilmaydilar. Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo’lmaymiz.” Xuddi shunday biz boshqalardan ustun bo’lishimiz kerakdir. Buning uchun yanada ko’proq kitoblar ayniqsa, o’zbek tilida darsliklar keradir. Mana yana arxitekturaga qaytadigan bo’lsak, bizning ajdodlarimiz qurgan binolarga e’tibor beraylik. Ayniqsa Temuriylar davriga nazar tashlaydigan bo’lsak, buyuk bobokalonimiz Soxibqiron Amir Temur shunday deganlar: “Agar biz haqimizda ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, biz qurgan binolarni ko’ring.” –deb aytganlar. Ular bu gaplarni bejiz aytmaganlar. Chunki ulardan qolgan oltindan qimmat arxitektura yodgorliklari jahonga tengsizdir. Amir Temur qaysi davlatga yurish qilsa va bosib olsa, o’sha davlatdan mohir hunarmand-u, me’morlarni olib kelganlar. Buni qarangki, ushbu muqaddas qadamjolar hozirda ham bizlarni yuksaklarni ko’tarib, xizmat qilib kelmoqda. Chunki biz bemalol ayta olamizki, bizda shunday muqaddas obidalar-u, binolar bor deb. O’sha davr me’morchiligini o’rganar ekanmiz qancha o’rgansak shuncha kamdir. Chunki bu binolar shunday qurilganki, ularning mustahkamligi o’n asrlardan beri o’zning hashamdorligini, go’zalligini yo’qotmaydi. Hozirda qurilayotgan binolarimizga qarang o’zni sifatini bir yilga bormay yo’qotmoqda bunga sabab nima deb o’ylaysiz? Albatta yana shunga kelib taqaladi, ya’ni kerakli bilimga ega emaslik va bu bilimga ega bo’lish uchun kitoblarni kamligi yoki umuman yo’qligidir.
Bizlarga hozirda “Arxitekturaviy Bionika” degan fan o’tiladi. Bu fan oz nomi bilan aytib turibdiki, tabiat bilan arxitekturaning hammohangligidir. Ya’ni tabiatdagi jismlar shaklini, tuzlishini, kesib, qirqib, ixchamlashtirib arxitekturaga qo’llashdir. Bu fanni yuksak darajaga o’rganib, zamonaviy binolar qurish, dunyoga jahonga o’zimizning yangi arxitekturamizni yatargan holda tadbiq eta olish uchun mukammal darajada o’rganishimiz lozimdir. Ammo bu fanni o’zlashtirishimiz uchun bizga o’zbek tilida adabiyot kam deyarli yo’q desak adashmaymiz.
Yana bir misol keltiradigan bo’lsak, “Arxitektura tarixi” fanini misol qilamiz. Bu fan arxitektor uchun juda muhimdir. Islom Karimov aytganlaridek : “Tarixini bilmagan –vatanini tanimaydi, vatanini tanimagan –hech kim bo’la olmaydi”. Biz nafaqat o’zimizni tariximizni balki jahon arxitekturasi tarixini ham yuksak darjada o’rganishimiz kerak. Ammo biz yuksak darajada bilim olishimiz uchun, bizga kerakli adabiyotlar o’zbek tilida kam, umuman yo’q deb ham ayta olamiz. Shuning uchun ushbu muammoni dolzarb deb hisoblagan holda adabiyotlarni ko’paytirishimiz lozim. Chet tillarni mukammal darajada o’rgangan holda yoshlar bilim olishi uchun, yuksak malakali kardlar soni ko’payishi va davlatimiz kelajani ravnaqi yo’lida bu muammoni o’ylab ko’rib, o’sha chet tildagi kitoblarni o’zbek tiliga tarjima qilib, o’z hissasimizni qo’shib, kitoblar sonini ko’paytiraylik. Darsliklarni ko’paytirish lozim deb hisoblayman. Shaxsan men bu darsliklarga bo’lajak arxitektorlar juda muhtoj deb o’ylayman. Chunki bilimga chanqoq talabalar bilimni qanday egallaydi. Albatta ko’p kitob o’qigan holda va o’qigan narsalarni tajribada amalda qo’llagan holda davlatimiz ravnaqiga o’z hissalarini qo’shadi.
Bu darsliklardan tashqari ko’plab darsliklarda o’zbek tilida adabiyotlar kam yoki umuman yo’q desak ham bo’ladi. Men ushbu maqolamda bor-yo’g’i ayrimlarini misol keltirdim xolos. Ushbu mavzuni men barcha talabalar uchun juda katta muammo deb hisoblayman. Hozirgi paytda ushbu darsliklarni o’zbek tilida adabiyotlarini ko’paytirib bu muammoni hal qilish lozimdir. Bu bilan biz yuksak natijalarga erishamiz deb o’ylayman. Har bir inson ko’rib, bilib o’z kamchiligini to’g’irlasa, u inson yuksaklikka erishadi. Albatta, ushbu kitoblarning kamligi bu bizning kamchiligimiz ekan, keling shu kamchiligimizni to’g’irlab, davlatimiz ravnaqiga o’z hissamizni qo’shaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |