Tarbiyaviy ishlar metodikasi


A s o s i y t u sh u n ch a l a r



Download 146,81 Kb.
bet35/37
Sana28.09.2021
Hajmi146,81 Kb.
#187809
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
2 5208488070852117304

A s o s i y t u sh u n ch a l a r: tugarak, metod, ish usullari…
Maktabning o'quvchilar bilan olib boradigan o'quv mashg'ulotlaridan tashqari xilmag'xil ta'lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta'lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini yo'lga qo'yish formalaridan biridir.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko'ngillilik asosida tashkil qilinadi. O'quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o'zlarini qiziqtiradigan mashg'ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.

Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo'lishi lozim:

– pedagoglar va o'quvchilar o'rtasida o'zaro xurmat munosabatlarini shakllanganlikning o'ziga xos an'ana vositalariga tayanish;

ulg'atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigitning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e'tiborda tutish zarur.

Sinfdan tashqari ishlarni to'la qamrab olgan to'garaklar bir necha xilda bo'lishi mumkin:

a) fan to'garaklari;

b) mohir qo'llar to'garaklari;

v) duradgorlik to'garaklari;

g) sport to'garagi;

d) badiiy xavaskorlik to'garagi.

O'rta umumta'lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to'garak rahbarlarig yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo'lgan o'z o'quvchilarini biror to'garakka a'zo bo'lishga chorlaydi.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularni dunyo qarashini to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko'p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:

– darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;

– o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o'quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo'lga qo'yish;

– sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo'nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o'qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o'quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko'rsatish;

– umummaktab va maktablararo o'tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;

– o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;

Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko'rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma'muriy.

Bular ko'pincha o'zaro uzviy bog'langan holda namoyon bo'ladi.

Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:

– tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish;

– tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;

– tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;

– sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.

Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma'lum bir tizimga solmasdan turib ko'zda tutilgan maqsadga erishish qiyin.

Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta'siri ko'p darajada o'quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o'quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo'lga qo'yishga bog'liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o'quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.

Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o'tkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma'ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va ertaliklari, to'garak mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi.

O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o'z mazmuniga ko'ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.

O'quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham o'quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilmag'xil bo'lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma'naviy o'sishi samarali bo'ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o'quvchilar jamoada ishlashni o'rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo'shiladilar, jamoatchilik fikriga bo'ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma'naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko'ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta'lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta'sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo'lsa-da, o'sha maktablarning o'ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko'rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

1. Og'zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislr, ertalabki yig'inlar, maoruzalar, kitobxonlar konferensiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og'zaki gazetalar, radiojurnallar.

2. Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to'garaklari, shanbaliklar.

3. Ko'rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko'rgazmalari.

Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, axil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo'lishlari lozim.




Download 146,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish