Ta’lim tizimida excel dasturining grafik imkoniyatlarini o’qitish mavzusidagi mundarija


I BOB. Informatika va uni o’qitish metodlari



Download 1,21 Mb.
bet2/10
Sana10.01.2020
Hajmi1,21 Mb.
#33102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’lim tizimida excel dasturin

I BOB. Informatika va uni o’qitish metodlari


1.1 Axborot va uning turlari.

Axborot - so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’noni anglatadi.

Axborotning o’zini esa biror obyekt, atrof-muhitni ma’lum bo’lagi yoki ma’lum jarayon haqidagi, aniqmaslik darajasini kamaytiradigan belgilar (parametrlar), tafsilotlar yo’riqlar va h.k. majmuasi deyish mumkin.

O’z navbatida xabar axborotni tasvirlash formasi bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k. ko’rinishida ifodalanadi.

Umuman, zamonaviy mazmunda olganda - axborot bu odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.

Axborotning amalda qo‘llanilishi zarur sharti uning o‘z vaqtidaligi va adekvatligidir. Adekvatlik bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob`ektga qanchalik mosligini beradi va u uchta formada ifodalanadi:

Sintaktik adekvatlilik - bu axborotni uzatish tezligi, aniqligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat.

Semantik adekvatliligi - uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, ob`ekt obraziga va haqiqiy ko‘rinishiga mos kelishligi hisobga olinadi.

Pragmatik adekvatlilik - olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi.[13,21]

Bularni yanada yaxshiroq tasavvur etish uchun hayotiy bir misol olamiz. Faraz qilaylik, siz avtomobil bozorida ishlovchi firmada menedjer bo‘lib ishlaysiz va avtomobil texnikasini namoyish etuvchi ko‘rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnomada ko‘rgazma bo‘ladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Agar ko‘rgazma yopilgandan so‘ng bu taklifnomani olganingizda, u sizga kerak bo‘lmay qolardi. O‘z vaqtida emasligi sababli foydalanib bo‘lmaydi.

Sintaktik adekvatlik talablarini bajarish uchun taklifnoma varaqasi butun bo‘lishi, qattiq qog‘ozdan tayyorlanganligi, shriftlarning oson o‘qiladiganligini ta’minlaydi. Ya’ni bu yerda biz faqat axborotni uzatish jarayoni to‘g‘risida bosh qotiramiz va unda nima yozilganligi bizni qiziqtirmaydi. Semantik adekvatlik bizdan taklifnomadagi xabarning haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Bu ma’noda pavilyon tartib raqamlari, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bo‘lish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi.

Pragmatik adekvatlik taklifnomadagi ma’lumotlarning foydaliligi bilan aniqlanadi. Ya’ni, taklifnomadan foydalanib, kerakli ko‘rgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz - o‘z vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan bo‘lasiz.

Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bo‘lib kelgan. Tinch hayot davrida xom-ashyoni qayta ishlash, inshootlarni puxta qilib yaratish, tabiat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og‘izdan-og‘izga ko‘chuvchi ma’lumot, oila, qabila va millat-elatlarni mavqeini belgilovchi manba va boylik sifatida qadrlangan. Urush yoki tahlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma’lumot hayot-mamot masalasi bo‘lgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to‘g‘ri tahlil qilish kabi masalalar dolzarb bo‘lib kelgan. Masalan, ma’lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog‘oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf telefon, radio, televideniye ixtiro qilingan. To‘g‘ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash maqsadida esa komputer ixtiro qilingan deyish mumkin.

Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari hamda fan-texnika yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilgan zamonida ham ma’lumot yoki axborot o‘ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida namoyon bo‘ladi. Endi yangi ma’lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o‘z vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu mutaxassislarni kuch-qudrati bir tomondan o‘z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan hisoblash mashinalari (komputerlar) zamonaviy informatsion texnologiyalarni o‘zlashtirganliklarida namoyon bo‘ladi. Haqiqatan ham komputer, aniqrog‘i u va unga ulanadigan nihoyatda va uning imkoniyatlarini kengaytiradigan yordamchi qurilmalar majmuasi, quyidagi tizimga ko‘ra ma’lumotni qayta ishlaydi: axborot-komputer-axborot.


Informatika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir.

Informatika atamasi 60 yillar oxirida Fransiyada vujudga keldi. U axborot (information) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani Computer science deb ataladi.

Mustaqil fan sifatida informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.

Informatikaning asosiy vazifasi - axborotning qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish, hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.

Informatika quyidagi masalalarni yechadi:


  • Ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish;

  • Informatsion jarayonlarni tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish;

  • Jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va injenerlik muammolarini yyechish.

Shartli ravishda informatikani uchta o’zaro bog’liq qismga bo’lish mumkin:

  • Apparatli texnika vositasi.

  • Dastur muhiti.

  • Algoritmlar muhiti.

Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan sohadir.

Tor ma’noda informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritm. Shuningdek, informatikani xalq xo’jaligining, fundamental fanning va tatbiqiy fanning bir tarmog’i deb ko’rish mumkin.

O’z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmog’i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi.

Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan bo’lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo’lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to’plami bo’lib hisoblanadi.

Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri - iqtisodiy axborot. Uning farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va shu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir.

Iqtisodiy axborot - bu ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalardagi, odamlar jamoasidagi ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni aks ettiruvchi va ularni boshqarish uchun xizmat qiluvchi ma’lumotlar to’plamidir.

Ko’p hollarda axborot jumlasi o’rniga berilganlar degan ancha farq qiluvchi jumla ishlatiladi.

Axborot bu - aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilganlar esa - bu xabarlar, kuzatishlarni o’z ichiga oladi. Biror zarurat bo’yicha imkoniyat tug’ilganda, masalan, narsa to’g’risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.

Axborotning amalda qo’llanilishi zarur sharti uning o’z vaqtidaligi va adekvatligidir. Adekvatlik bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy obyektga qanchalik mosligini beradi va u uchta formada ifodalanadi:


  • Sintaktik adekvatlilik - bu axborotni uzatish tezligi, aniqligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat.

  • Semantik adekvatliligi - uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, obyekt obraziga va haqiqiy ko’rinishiga mos kelishligi hisobga olinadi.

  • Pragmatik adekvatliligi - olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi.

Bularni yanada yaxshiroq tasavvur etish uchun hayotiy bir misol olamiz. Faraz qilaylik, siz avtomobil bozorida ishlovchi firmada menedjer bo’lib ishlaysiz va avtomobil texnikasini namoyish etuvchi ko’rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnomada ko’rgazma bo’ladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Agar ko’rgazma yopilgandan so’ng bu taklifnomani olganingizda, u sizga kerak bo’lmay qolardi. O’z vaqtida emasligi sababli foydalanib bo’lmaydi.

Sintaktik adekvatlik talablarini bajarish uchun taklifnoma varaqasi butun bo’lishi, qattiq qog’ozdan tayyorlanganligi, shriftlarning oson o’qiladiganligini ta’minlaymiz. Ya’ni bu yyerda biz faqat axborotni uzatish jarayoni to’g’risida bosh qotiramiz va unda nima yozilganligi bizni qiziqtirmaydi. Semantik adekvatlik bizdan taklifnomadagi xabarning haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Bu ma’noda pavilyon tartib raqamlari, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bo’lish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi.

Pragmatik adekvatlik taklifnomadagi ma’lumotlarning foydaliligi bilan aniqlanadi. Ya’ni, taklifnomadan foydalanib, kerakli ko’rgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz - o’z vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan bo’lasiz.

Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bo’lib kelgan. Tinch hayot davrida xom-ashyoni qayta ishlash, inshootlarni puxta qilib yaratish, tabiat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og’izdan-og’izga ko’chuvchi ma’lumot, oila, qabila va millat-elatlarni mavqeini belgilovchi manba va boylik sifatida qadrlangan. Urush yoki tahlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma’lumot hayot-mamot masalasi bo’lgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to’g’ri tahlil qilish kabi masalalar dalzarb bo’lib kelgan. Masalan, ma’lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog’oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf telefon, radio, televideniye ixtiro qilingan. To’g’ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro qilingan deyish mumkin.

Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari hamda fan-texnika yuqori cho’qqilarga ko’tarilgan zamonida ham ma’lumot yoki axborot o’ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida namoyon bo’ladi. Endi yangi ma’lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o’z vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga bog’liq desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu mutaxassislarni kuch-qudrati bir tomondan o’z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan hisoblash mashinalari (kompyuterlar) zamonaviy informatsion texnalogiyalarni o’zlashtirganliklarida namoyon bo’ladi. Haqiqatan ham kompyuter, aniqrog’i u va unga ulanadigan nihoyatda va uning imkoniyatlarini kengaytiradigan yordamchi qurilmalar majmuasi, quyidagi tuzimga ko’ra ma’lumotni qayta ishlaydi: axborot-kompyuter-axborot.

Ko’p hollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki ma’lumotlar bazasi sifatida namoyon bo’ladi, unda hosil qilingan axborot esa o’z iste’molchisiga ega bo’lgan yuqori baholarga ega tovar sifatida qadrlanadi.

Xulosa qilib aytganda, bir tomondan eng xaridorgir tovar yangi ma’lumotni yaratish, qayta ishlash va uzatish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib yetishish, talablarga bo’lgan mutaxassislarni shakllantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan bu maqsadga erishishda ularga murabbiylikni va sharoitlarni ta’minlash olimlarning vazifasidir.

Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini informatika fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o’qitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko’nikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo qiladi. Bu yo’sindagi majburiylik; kompyuter unga ulanadigan qurilmalar majmuasi hamda mavjud amaliy dastur katta bo’lgani uchun bir kishi tomonidan to’laqonli o’zlashtirishi nihoyatda mos bilimlar jonli mushkul masala ekanligidan kelib chiqadi. Shu bois biz informatika fani dasturini mutaxassisliklarga ko’ra uch turga ajratishni taklif etamiz: fizika-matematik, mexanika va muhandislik kasblari, tabiiy fanlar, jumladan tibbiyot va iqtisodiyot fanlari hamda gumanitar fanlar uchun alohida.



I.2-§. “Elektron jadvallar tayyorlash dasturi Microsoft Excel” mavzusi bo‘yicha keys

I.1.1. Korxona biznes rejani amalga oshirishi uchun qaysi bankdan kredit olishi maqsadga muvofiq?

1. Keysning maqsadi:

Keysning ta’lim maqsadi: o‘quvchilarga MS Excel elektron jadvalining asosiy imkoniyatlari haqida tushuncha berish, iqtisodiy masalalarni yechishda MS Excel ning funksional va grafik imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.



Rejalashtirilgan o‘quv natijalari: o‘quvchilar MS Excel elektron jadvali haqida umumiy tushunchaga ega bo‘ladilar, MS Excel ning funksional va grafik imkoniyatlaridan iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanishni o‘rganadilar.

2. O‘quvchilar keysni muvaffaqiyatli yechishlari uchun quyidagi tayanch bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim:

a) iqtisodiyot nazariyasi, informatika, oliy matematika, algoritm asoslari va algoritmik tillar, axborot texnologiyalari va tizimlari fanlaridan yetarli bilimlarga ega bo‘lishlari kerak;

b) obyektni iqtisodiy tahlil qilish va matematik ta’minotni ishlab chiqish;

v) komyuter, amaliy dasturlarning funksional imkoniyatlarini bilishi lozim;

g) MS Excel elektron dasturining imkoniyatlarini bilishilari kerak;

3. Keysning tipologik belgilari: ushbu keys xonali keyslar turkumiga mansub: u korxona ma’lumotlari asosida tuzilgan, ish haqi va xodimlar to‘g‘risidagi meyoriy hujjatlarga asoslangan.

Keys syujetsiz, keysdagi holat hozirgi zamonga to‘g‘ri keladi.

Keys obyekti: korxona buxgalteriya hisobi bo‘limi ish haqi hisoblovchi buxgalterning ishi.

Keys qisqa, strukturalashgan. O‘quv topshiriqni keys-topshiriq yordamida tasvirlanadi.

Keysning didaktik maqsadi o‘quvchilarga MS Excel elektron jadvali haqida umumiy tushuncha berish, MS Excel ning funksional va grafik imkoniyatlaridan iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanishni o‘rgatishdan iborat.

4. Keys uchun axborot yig‘ish yo‘llari: muloqat, hujjatlarni o‘rganish,.

5. Axborot yig‘ish vositalari: hujjatlar, jadvallar, ma’lumotno-malar, meyoriy huquqiy xujjatlar.

6. Axborot manbalari:

1. Banklarning kredit berish bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlari.

Kirish. O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, rivojlanishning yangi, yuqori bosqichiga ko‘tarildi. Shu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalarining ishlab chiqarishga, iqtisodga, biznesga va o‘qitish jarayoniga tadbiqi tobora kengaymoqda. Hozirgi vaqtga kelib har bir mutahassis o‘z mehnat faoliyatida kompyuterlardan unumli foydalana bilishi zarur bo‘lib qoldi.

Microsoft Excel – universal jadval muxarriri bulib, unda jadvallar kiritish, ular bilan ishlash uchun kulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu jadval muharririda boshka formatda yaratilgan fayllarni import qilish imkoni bilan bir qatorda o‘zida yaratilgan jadvallarni Office ning boshqa muhxarrirlariga, Web sahifa ko‘rinishida va boshqa ko‘rinishlarga eksport qilish imkoni ham mavjud.

Vaziyat. Korxona biznes reja ishlab chiqdi. Biznes rejani amalga oshirish uchun korxonaga qo‘shimcha mablag‘ talab etiladi. Muammo shundan iboratki, mavjud banklarning kredit berish shartlari asosida eng maqbul bankni tanlash lozim.

Vazifa. Boshlang‘ich ma’lumotlar asosida Microsoft Excel dasturida tahlil qilinib, kredit olish bo‘yicha eng maqbul bank tanlansin.

Muhokama uchun savollar:

MS Excel nima maqsadda ishlatiladi?

MS Excel dasturi yordamida jadvallar ustida qanday amallarni bajarish mumkin?

Jadvalni formatlash deganda nimani tushunish lozim?

Funksiyalar bilan ishlashni tavsiflab bering?

Formulalar yaratishni namoyish qiling?

Mavjud banklarning kredit berish shartlari to‘g‘risida ma’lumot jadvali.



Bank

nomi

Berish foizi

Rasmiylashtirish to‘lovi (so‘m)

Stavka (yillik)

Muddat (oy)

1

1-bank

96%

20000

21%

12

2

2-bank

95%

25000

19%

12

3

3-bank

94%

20000

16%

12

4

4-bank

93%

30000

15%

12

I.1.2. O‘quvchi uchun uslubiy ko‘rsatma

Muammo: Boshlang‘ich ma’lumotlar asosida topshiriq Microsoft Excel dasturida tahlil qilinib, kredit olish bo‘yicha eng maqbul bankni tanlash.

Vazifa:


Barcha banklar bo‘yicha kredit olishni baholovchi ko‘rsatkichlar aniqlansin va maqbul bank tanlansin.;

Barcha banklar bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkichlar diagrammalar ko‘rinishida ifodalansin;

Maqbul bankdan 10 mln. so‘m kredit olinishi uchun qancha miqdorda kredit hajmi rasmiylashtirilishi lozim.

Yuqoridagi vaziyatda aniqlangan kreditni oylar bo‘yicha qaytarish jadvali tayyorlansin.

Yechish algoritmi

Aniqlanishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar quyidagi jadvalda keltirilgan.

1-jadval(ming so‘mda)



Bank nomi

Kredit hajmi

Berish foizi

Rasm-sh

to‘lovi

Stavka

(yillik)

Muddat

(oy)

Olin-di

Oylik to‘lov

To‘lash foizi

1

1-bank

15000

96%

20

21%

12










2

2-bank

15000

95%

25

19%

12










3

3-bank

15000

94%

20

16%

12










4

4-bank

15000

93%

30

15%

12










Olindi ko‘rsatkichi quyidagicha topiladi.

Olindi = Kredit hajmi * Berish foizi - Rasmiy-sh to‘lovi

Oylik to‘lov ko‘rsatkichini topish uchun Excel ning PLT funksiyasidan foydalanamiz.

Oylik to‘lov = PLT(Oylik stavka; Muddat; Kredit hajmi)

To‘lash foizi ko‘rsatkichini topish uchun to‘lanadigan Oylik to‘lov ni Olindi ga bo‘lamiz. Bu olingan pulga nisbatan qancha pul to‘lashni bildiradi. Bu foiz qaysi bankda kichik bo‘lsa, shu bank omaqbul bank hisoblanadi.

Yuqoridagi jadvalning barcha ko‘rsatkichlari hisoblangandan keyin Bank nomi va To‘lash foizi ko‘rsatkichlariga ustunli diagramma tuziladi.

Maqbul bank tanlangandan keyin, shu bank bo‘yicha Olindi 10 mln. bo‘lishini aniqlash uchun Excel ning Poisk resheniy... protsedurasidan foydalaniladi.

Aniqlangan Kredit hajmi bo‘yicha oylar kesimida kreditni qaytarish jadvali tayyorlanadi.

2-jadval


Oylar

Asosiy to‘lov

Foiz

Qoldiq

Yanvar







Fevral







Mart







Aprel







May







Iyun







Iyul







Avgust







Sentabr







Oktabr







Noyabr







Dekabr






Asosiy to‘lov Kredit hajmini 12 ga bo‘lib topiladi.

Har bir oy uchun Foiz oldingi oyning Qoldiq summasi bo‘yicha hisoblanadi.

Har bir oy kesimida qoldiq oldingi oydagi qoldiqdan asosiy to‘lovni ayirib tashlab hisoblanadi.


I.1.3.Vaziyatni tahlil qilish varaqasi


Tahlil bosqichining nomi

Tahlil bosqichining mazmuni

Baholash mezonlari

1. Joriy vaziyatni tahlil qilish

1.Vaziyatning aniq holatini anglagan holda zaruriy ma’lumotlarni to‘play olish.

2. Vujudga kelgan vaziyatni hal etish uchun nazariy bilimlarga tayanib, qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni bir tizimga keltirish.



5 ball
5 ball

2. Muammoning shakllanishi

  • Muammoning asosiy xususiyatlar:

  • Korxonani rivojlantirish maqsadida biznes reja tuzilishi.

  • Biznes rejaga asosan kredit olish uchun bank tanlash muammosi.

  • Bank tanlangandan keyin kreditni qaytarilish hisobini yuritish



3. Vaziyatda nazarda tutilgan holatlarning tahliliy ko‘rinishi

  1. Barcha banklar bo‘yicha kredit olishni baholovchi ko‘rsatkichlar aniqlansin va maqbul bank tanlansin.;

  2. Barcha banklar bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkichlar diagrammalar ko‘rinishida ifodalansin;

  3. Maqbul bankdan 10 mln. so‘m kredit olinishi uchun, qancha miqdorda kredit hajmi rasmiylashtirilishi lozim.

  4. Yuqoridagi vaziyatda aniqlangan kreditni oylar bo‘yicha qaytarish jadvali tayyorlansin

30 ball


I.1.4. Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari


Guruh

Baho (ball)

Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari

Ma’lumotni to‘liq yoritishi

1 b.

Guruh ishtirokchi larining

Faolligi

0,5b.

Ma’lumotni

taqdim etilishi

0,5b.

Jami

2b.

1
















2
















3
















Guruh ishlarini umumlashtiruvchi baho


Guruh

1

2

3

Jami ball

Baho

1
















2
















3















1,5 – 2 ball - «a’lo»; 1,0 – 1,4 ball - «yaxshi»; 0,5-0,9 ball - «qoniqarli»; 0 – 0,4 ball - «qoniqarsiz».



I. 3-§. O‘quvchi uchun o‘quv uslubiy ma’lumot

  • MS Excel da formula yozish. Excelda formula “=” belgisini yozish bilan boshlanadi.

  • Formula yozishga misollar:

  • C7 katagi B1 katagida yozilgan qiymatga teng bo‘lsa, uni ikkinchi marta kiritib o‘tirmasdan C7 katagiga kursorni o‘rnatib, “=B1” deb kiritsak, Excel C7 katagi B1 katagi qiymatiga tengligini tushunadi va B1 katagidagi yozuvni takrorlaydi.

  • C10 katagida B10 katagining 25 foizini yozish kerak. C10 katagiga kursorni o‘rnatib, “=B10*25/100” ni kiritsak, u B10 ning 25 foizini C10 katagiga yozadi. Keyinchalik B10 ning qiymatini o‘zgartirganda, avtomatik C10 ning qiymati ham mos ravishda o‘zgaradi. Shu tartibda ixtiyoriy matematik amallarni bajarish mumkin.

  • Yuqoridagi misolda C10 katagida B10 katagidagining 25 foizini yozdik deylik. Endi, C11 ga B11 ning, C12 ga B12 ning to C20 ga B20 ning 25 foizini yozish kerak bo‘lsa, yukorida bir marta birinchisi uchun “=B10*25/100” deb yozish yetarli. Keyingilarini shu tartibda davom ettirish uchun C10 katagining tagidagi Q belgichasini sichqoncha orqali ushlab C20 gacha tortish yetarli (2.2- rasmga qarang).

2.2-расм.



Excel ning standart funksiyalarini ishlatish. Excelning o‘zida standart matematik, moliyaviy, statistik va boshqa formulalar o‘rnatib qo‘yilgan. Ulardan foydalanish tartibi quyidagicha: «Стандартная» panelidan tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

2.3-расм.



Bu oynaning «Категория» bandidan kerakli mavzu tanlanadi, Funksiya bandidan esa, kerakli funsiyani tanlab OK tugmasi bosiladi. Masalan, «Категория» bandidan «Матемачитеские» qismi, «Функция» bandidan esa «COS» funsiyasi tanlanib, Ok tugmasi bosilsa, quyidagi oyna hosil bo‘ladi.

2.4-rasm.


Bu oynaning «число» qismiga xohlagan sonning kosinusini hisoblash kerakligini yozamiz yoki tugmachani bosib, qaysi katakda yozilgan son kosinusi hisoblanishi kerakligini ko‘rsatamiz.

Joriy (kursor o‘rnatilgan) katakda yuqoridagi funksiya javobi hisoblab yoziladi. Katakda funksiya javobi ko‘rinadi.

MS Excel dasturining yaxlitlash funksiyasi:


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish