Ta’lim qoraqalpoq tili. Baymenova K



Download 451,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/64
Sana31.12.2021
Hajmi451,46 Kb.
#214156
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64
Bog'liq
talim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda ozbek tilini oqitishning ilmiy-metodik asoslari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

43 


III BОB.  O‘ZBEK TILINI O‘QITISHNING USULIY VA LINGVО-

DIDAKTIK ОMILLARI  

 

2006-2007  o‘quv  yilidan  amaliyotda  bo‘lgan  5-9-sinflar  uchun  o‘zbеk 

tilidan yangi dastur lisоniy tizim printsipida emas, balki nutqiy mavzular tizimida 

tuzilgan.  Bu  asоsda  o‘sha  nutqiy  mavzu  dоirasida  muayyan  mazmun  va  ma’nоni 

ifоdalash uchun  zarur  bo‘lgan  lisоniy  bilimlar:    so‘z  birikmalari,  gap  qurilmalari-

nutq  namunalari  o‘rgatiladi.  Grammatik  bilimlar  nutqiy  mavzu  taqоzоsida  fikr 

ifоdalash vоsitasi bo‘lib, asоsiy maqsadning amalga оshishiga lingvо-didaktik оmil 

sifatida  хizmat qiladi. 

Ta'lim  qoraqalpoq  tilida  olib  boriladigan  maktablarning 

birinchi bo‘g‘inida davlat tili - o‘zbek tilining o‘qitilishi juda katta 

ijtimoiy,  ma'naviy  ahamiyatga  molik  masalalardan  biri  sanaladi. 

Uning  ijtimoiy,  ma'naviy  ahamiyati  shundaki,  o‘zbek  tilini  bilgan 

qoraqalpoq  o‘quvchisi  ertangi  mustaqil  turmushga  dadil  qadam 

tashlaydi,  ayni  vaqtda  muloqot  chegarasi  kengayadi;  jamiyatda 

o‘zining  munosib  o‘rnini  egallaydi,  uning  ma'naviy  olami 

kengayadi. U nafaqat qoraqalpoq xalqining o‘tmishi, urf- odatlari, 

an‘analari,  badiiy  adabiyoti  namunalari  bilan  tanishadi,  balki 

o‘zbek  xalqi,  uning  boy  tarixiy  o‘tmishi,  badiiy  adabiyotini 

hambilish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Natijada,  har  ikki  qardosh 

xalqning  do‘stlik  rishtalari  mustahkamroq  bog‘lanadi,  ularning  o‘tmishi,  urf-

odatlari, an‘analari orasida juda ko‘p mushtarakliklar va o‘ziga xosliklar borligini 

bilib  oladi.  Ta'lim  qoraqalpoq  tilida  olib  boriladigan  maktablarning  ikkinchi 

bo‘g‘inida  "O‘zbek  tili"  o‘quv  fanini  o‘qitishdan  ko‘zlanadigan  asosiy  maqsad 

o‘quvchilarni qoraqalpoq tili bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining davlat 

tili - o‘zbek tilida muloqot qilish, ish yuritishga tayyorlashdir. 

Ta'lim  boshqa  tilda  olib  boriladigan  o‘rta  umuiy  ta'lim 

maktablarida  o‘zbek  tili  va  adabiyotini  o‘qitish  ijtimoiy  fanlar 



 

44 


ichida  muhim  o‘rin  tutadi.  Boshqa  millat  vakillarining  davlat  tili 

hisoblangan  o‘zbek  tilini  puxta  egallashlari,  milliy,  madaniy 

qadriyatlarni  o‘rganish  va  ularga  hurmat  bilan  munosabatda 

bo‘lishlari  taqozo  etiladi

23

.  O‘zbekistonda  yasha  o‘qish  va  ishlash 



jarayonida  mahalliy  millat  vakillari  bilan  teng  munosabatda 

bo‘lib,  barcha  sohalarda  erkin  fikr  alamashish  uchun  o‘zbek  tilini 

yetarli darajada egallashlari ko‘zda tutiladi. 

Umumiy  o‘rta  ta'lim  davlat  ta'lim  standartida  ta'lim  boshqa 

tilda  olib  boriladigan  maktablarning  1-4-sinflarida    davlat  tili 

ta'limidan  o‘quvchilar  quyidagi  zaruriy  bilim,  malaka  va 

ko‘nikmalarni egallshalari belgilangan: 

-o‘zbek tilidagi 700 ta so‘zni  o‘z nutqlarida qo‘llay olish; 

-mamlakatimiz  mustaqilligi,  ramzlari  va    bayramlari  haqida 

so‘zlab berish; 

-yozma va og‘zaki nutq malakalariga ega bo‘lish; 

-fikr  bayon  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan  ayrim  grammatik 

vositalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish; 

-bog‘lanishli  nutq  elementlaridan  to‘g‘ri  foydalangan  holda 

sodda matn tuza olish; 

-xalq  og‘zaki  ijodi  hamda  bolalar  adabiyoti  namunalaridan 

olingan parchalarni o‘qib tushuna olish.

24

 



 SHu  maqsadda  ta'lim  qoraqalpoq  tilida  olib  boriladigan 

maktablarning  boshlang‘ich  sinflarida  ushbu  o‘quv  fanining 

asosiy mazmunida  quyidagi talablar ko‘zda tutiladi. 

1. O‘rganilayotgan tila muloqot malakasini egallash;  

2.Til  materiallari  va  vositalarini  nutqda  qo‘llay  bilish  uchun 

yetarli bilimlarni o‘zlashtirish; 

                                                 

23

 Umumiy o’rta ta’limning DTS va o’quv dasturi. O’zbek tili (Ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar 



uchun)dan dastur. Ta’lim taraqqiyoti 1-maxsus son. Toshkent 1999, 246-b. 

24

 Ko’rsatilgan adabiyot. 16-bet. 




 

45 


3.Milliy.  madaniy  umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  tanishtirish 

orqali hosil qilinadigan tarbiya. 

Bu  mazmun  asosan,  nutqiy  kommunikativ  malakani  egallash 

orqali o‘zbek tilini o‘rgatishning umumta'limiy maqsadini,  milliy 

madaniyatni egallash malakasi esa tarbiyaviy maqsadni ko‘zlaydi. 

Ta'lim 


boshqa 

tilda 


olib 

boriladigan 

maktablarning 

boshlang‘ich  sinflarida  o‘zbek  tili  bo‘yicha    egallanadigan  nutqiy 

faoliyatning  asosiy  4  turi:  Gapirish,  nutqni  tinglab  tushunish, 

o‘qish  va  yozish  amallari  bo‘yicha    har  bir  ta'lim  bosqichida 

taqozo  etiladigan  malaka  va  ko‘nikmalar  me'yorini  belgilab 

beradi.  Bunda  o‘qishda,  mehnat  jarayonida  va  oilada,        jamoat 

joylarida  yuzaga  keladigan  turli  nutqiy  vaziyatlarda  mustaqil 

ravishda  fikr  almasha  olish  va  fikrni  bayon  eta  bilish,  eshitilgan 

materialni  idrok  etish,  shuningdek,  yozma  manbalarni  o‘qish 

orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish 

tarzida  muloqotga  kirish  malakasini  egallab  borish  dinamikasi 

nazarda tutiladi. 

Ta'lim  qoraqalpoq  tilida  olib  boriladigan  maktablarda  o‘zbek 

tilini  o‘qitishning  umumiy  va  xususiy  maqsadlari  bor.  Umumiy 

maqsad-qoraqalpoq  o‘quvchilarini  o‘zbek  tilida  muloqot  qilishga, 

davlat  tilida  ish  yuritishga  tayyorlashdir.  Xususiy  maqsad  esa 

boshlang‘ich  sinflarda  "O‘zbek  tili"ni  o‘quv  fani  sifatida  o‘qitish 

o‘quvchilarni  tovush  va  harf,  leksika,  grammatika,  imlo,  gapda 

so‘zlarni  grammatik  jihatdan  aloqaga  kiritish,  kichik,  bolalarbop 

nasriy va nazmiy asarlarni ifodali o‘qiy olish, ularning mazmunini 

o‘z so‘zlari bilan qayta hikoyalash singarilarda namoyon bo‘ladi

25

 



DTS  talabiga  ko‘ra  o‘zbek  tili  ta'limi  adabiy  o‘qish  va  milliy 

ma'naviyatga oid bir qator zaruriy malaka va ko‘nikmalarni tarkib 

                                                 

25

 Sh. Bo’ranova. . Ko’rsatilgan adabiyot. 13 bet. 




 

46 


toptirishni  ham  talab  etadi.  CHunonchi,  o‘quvchilarni  o‘zbek  va 

qoraqalpoq xalqlarining boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari 

va  ularning  o‘ziga  xos  boy  adabiy,  badiiy  merosi  bilan 

tanishtirish,  uni  o‘qib  o‘rganish,  ular  asosida  har  bir  o‘quvchiga 

milliy 

madaniyat 

an‘analarini, 

shuningdek, 

umuminsoniy 

qadriyatlarni  singdirishni,  insonparvarlik  his-tuyg‘ularini  kamol 

toptirishni taqozo etadi.  

Ta'lim  qoaraqpoq  tilida  olib  boriladigan  maktablarning  2-4-

sinflarida  o‘zbek  tilidan  har  bir  sinfda  68  soatdan  vaqt  ajratilgan 

bo‘lib,    bu  o‘zbek  alifbosini  o‘rganishga  qadar  bo‘lgan  davr, 

o‘zbek  alifbosini  o‘rganish  davri  va  alifbodan  keyingi  davrlarni 

o‘z ichiga oladi. 




Download 451,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish