Frederik Gersbergning ikki omilli nazariyasi
Frederik
Gersberg
tomonidan
ishlab
chiqilgan
motivatsiya modeli ham inson ehtiyojlariga asoslanib,
ikki omilli nazariya nomini olgan.
➢
Birinchi guruh gigiyena omillarini o‘z ichiga oladi.
Ular ish faoliyati amalga oshirilayotgan atrof-muhit
bilan bog‘liqdir. Agar ushbu omillarga e’tibor berilmasa,
odamlar ishdan norozi bo‘ladilar.
➢
Ikkinchi guruh esa motivatorlar hisoblanib, ishning mazmuni va mohiyatiga
bog‘liq motivlarni o‘z ichiga oladi.
3.7 – rasm. F. Gersbergning gigiyenik omillar
i
Gigiyenik omillar ish
faoliyati amalga
oshirilayotgan atrof-muhit
bilan bogʻliq.
Gersbergning fikricha,
gigiyenik omillarning
boʻlmasligi yoki qisman
boʻlishi (yetishmasligi)
insonda oʻz ishidan
qoniqmaslik hissini keltirib
chiqaradi.
75
Z. Freydning e’tirofi bo‘yicha motivatsiya nazariyasida motivatsiya manbalari
2 ga bo‘linadi: boshqariladigan va boshqarilmaydigan. Z.Freydning mulohazalari
bo‘yicha shaxs uchta kuchning ta’siri ostida bo‘ladi:
•
id (u) – hamma xoxish-istaklar va orzu-niyatlarning amalga oshishini
istaydi.
•
ego (men) - id harakatini nazorat qiladigan va boshqaradigan kuch.
•
superego (oliy-men) – shaxs axloqini ijtimoiy qonun-qoida va qadriyatlarga
moslashtirishga harakat qiladigan kuch.
Bular motivatsiyaning asosi va manbai hisoblanadi.
•
id (u) – ruhiy holatning eng kuchli tomoni bo‘lib, u zaruratni kamaytirish,
qoniqishni ta’minlash tamoyili asosida ish tutadi.
•
id o‘zida insonning xohishlari va ehtiroslari, barcha instiktlarni saqlaydi, ular
o‘z navbatida nazoratdan chiqib turadi hamda xudbinlikni keltirib chiqaradi.
•
ego (men) – chaqaloqlar asosan id ta’siri ostida bo‘ladi, lekin o‘sgan sayin
ular ovqat yoki e’tiborni ma’lum bir usullar bilan oladilar. Insonning “ego” si uni
yaxshi yo‘ldan boshlab boradi, aqlli fikrlar va xatti-harakatlarni amalga oshiradi. “id”
ning harakatlarini bostirib, jamiyatga xos xulqqa boshlaydi.
•
“oliy men” – Z.Freydning ta’kidlashi bo‘yicha uchinchi kuch – superego
bo‘lib, u doimiy ravishda “id” bilan nizoda va “id” boshqarilmay qolganda “ego” ni
afsuslanish, aybini his etish kabi usullar bilan jazolaydi. Shu bilan birga “id”
boshqarilgan holda “ego” o‘z – o‘zini baholash darajasini oshirish usulida taqdirlaydi.
“superego” doimo bekamu-ko‘stlikka, takomillashuvga intiladi.
Quyidagi suratda yosh bolaning odati bilan katta yigitning odati tasvirlangan.
Z. Freydning fikricha, yosh bola qanday ushbu yoqtirgan odatidan chiqolmasa, katta
odam ham o‘zini sevgan mashg‘ulotini yoki odatiy holini tashash qiyin bo‘ladi.
Buning uchun ichki ruhiy “ego” o‘z – o‘zini boshqara olishiga tayyorgarlik ko‘rish
kerak.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |