Motiv
» so‘zi lotincha «
movere
» so‘zidan olingan bo‘lib, «harakatga
keltirish», «undash», «turtki» ma’nolarini anglatadi.
«
Motiv
» – bu insonni ehtiyojlarini qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan
faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir.
Motivatsiya
– insonni maqsadga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir.
Motivatsiya (yoki ilhomlantirish) – tegishli zarurat va ehtiyojni birlamchi
qondirish uchun amalga oshiriladigan yo‘llar va uslublar hisoblanadi. Nazariy
jihatdan motivatsiya ko‘pgina olimlar tomonidan yetarlicha ta’riflangan va amaliy
yo‘nalishda o‘z aksini topgan. Jumladan, Zigmund Freydning «motivatsiya
nazariyasi», Fredirik Gersbergning «ikki omil» nazariyasi, Devid Makklenandning
70
«ehtiyojlar nazariyasi», Abraxam Maslouning «Ehtiyojlar iyerarxiyasi» nazariyalari
nafaqat menejment sohasida, balki marketing va psixologik tadqiqotlarda o‘zining
amaliy o‘rnini keng topgan. Bu borada ko‘plab maxsus adabiyotlar mavjud va shu
sababli biz asosan A. Maslouning «ehtiyojlar iyerxiyasi» nazariyasi xususida
batafsilroq to‘xtalamiz.
A. Maslou barcha inson ehtiyojlarining qondirilish ketma-ketligiga ko‘ra
ularning 5 ta darajaga bo‘linishi va ular o‘rtasida albatta bosqichma-bosqichlik
mavjudligini asoslangan. Shu sababli, inson dastlabki fiziologik ehtiyojlarini
qondirish uchun intilish vujujdga keladi va bu jarayon uzviy davom etaveradi. Pastki
darajadagi fiziologik va shaxsiy muhofazaga oid ehtiyojlar birlamchi jihatga ega. Har
bir xarid qilinishi kutilayotgan buyum yoki foydalanilayotgan xizmat ma’lum
ehtiyojni qondirishga, shaxsni ilxomlantiradi. Masalan, oilada qizchaning tug‘ilgan
kuniga ota yoki ona tomonidan qilingan e’tibor uni ma’naviy yaqinlik, oilaviy
muhabbat sari ehtiyojlarni qondirishda ilhomlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bevosita xarid jarayonida idrok etish xususiyatini ko‘rib o‘taylik. Idrok etish
o‘z navbatida, xaridorningsh tashqi muhit xususidagi shaxsiy tasavvurini ifodalaydi
va u tegishli tovar bo‘yicha: tasviriy idrok, tanlanma idrok va tasviriy xotirada
o‘rnashadi. Ushbu bosqichlar tovar to‘grisida umumiy mulohazani, muayyan shaklni,
iste’mol qilishdagi tasavvurini shakllantiradi. Keyingi psixologik jihatlar bo‘lmish:
o‘zlashtirish, ishonch, o‘zaro munosabatda yanada qat’iylashadi va xaridning sodir
etilishida yetakchilik qiladi.
Idrok etish va o‘zlashtirish jarayonida xaridorning qat’iyatlilik salohiyati uchun
zamin yaratiladi. Xarid qilish jarayoni uzviy tarzda quyidagi bosqichlardan iborat:
➢
qanday talabning qondirilishini belgilash;
➢
tovar xususida axborot yig‘ish;
➢
tovarlar turi bo‘yicha variantlar baholash;
➢
xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
➢
xarid qilingan buyumga munosabat va shunga o‘xshash jarayonlardir.
Motivatsiyaning turli hil nazariyalari ikki toifaga, ya’ni mazmundor va
jarayonli nazariyalarga ajraladi.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |