61
3-BOB. MARKETING TADQIQOTLARINI O‘TKAZISH JARAYONLARI VA
REJALASHTIRISH
3.1. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda umumiy bosqichlar tavsifi
Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu
uchun aniq va samarali qaror qabul qilish uchun quyidagi bilimlar zarur: bozorning
salohiyati, resurs bilan ta’minlanganligi, xaridor talabi, ularning hoxish va istaklari,
imkoniyatlari, raqobatdoshlarning niyatlari va harakatlari haqidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lish zarur. Bozorni bilish va undagi jarayonlarga baho bera olish tijorat risklarini,
qolaversa, noto‘g‘ri qaror qabul qilish natijasidagi yo‘qotish imkoniyatini
kamaytiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni (marketing research process) maqsadga
erishish uchun bosib o‘tiladigan bosqichlar majmuasidan iboratdir. Ularda amalda
olti turdan iborat bo‘lib: muammoni aniqlash; muammoni hal etishga yondashuvni
tanlash; tadqiqot rejasini ishlab chiqish; dala tadqiqotlari yoki ma’lumotlarni to‘plash;
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish;
hisobotni tayyorlash va uning taqdimotidir.
Odatda
marketing
tadqiqotlari
bosqichlari quyidagilarni qamrab oladi:
I.
Muammoni
belgilash,
tadqiqot
budjetini hisob-kitob qilish.
II.
Axborot manbalarini tanlab olish.
III. Axborot to‘plash va qayta ishlash.
IV. Axborotni tahlili qilish va bashorat
qilish.
V.
Xulosa va tavsiyalar, marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash.
Marketing tadqiqotlari jarayonining rejasi
(research desing) – marketing
tahlilini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarurdir. Marketing tahlili muammosini hal
etish, yoki uning uchun zaruriy axborotlarni to‘plash modellarini aniqlashtirish
muhim o‘rin tutadi. Shu sababdan marketing rejasi ushbu tadqiqotlarni samarali
o‘tkazish jarayonida o‘ziga xos ahamiyatga ega. O‘z vazifasini samarali va yuqori
62
sifatda bajarishda marketolog birinchi navbatda aniq o‘ylangan marketing tahlil
rejasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, marketing tahlilining rejasi zaruriy axborotga ega
bo‘lib, marketing tahlili muammosini hal etishda foydalaniladigan metodlar
(uslublar)ni aniqlashtiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni rejasi o‘z tarkibiga quyidagi vazifa yoki
komponetlarni kiritadi:
1.
Zaruriy axborotlarni aniqlash.
2.
Tadqiqot izlanish, deskriptiv yoki sabab-oqibat fazalarini ishlab chiqish.
3.
O‘lchash va shkalalashtirish jarayonlarini aniqlashtirish.
4.
Anketa (so‘rovnoma)ni shakllantirish yoki axborot to‘plashning boshqa
uslubini aniqlash.
5.
Tanlash jarayonini aniqlash va uning hajmini belgilash.
6.
Ma’lumotlar tahlilini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish.
Albatta, birinchi navbatda tadqiqot rejasining turli hil ko‘rinishlarini tahlil
qilishga harakat qilamiz.
Korxonaning marketing faoliyatini strategiyasi va taktikasini tanlash va amalga
oshirishda tadqiqotchilarning konkret yo‘nalishidan foydalanishini taqazo etadi. 3.1-
rasmda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish bosqichlari keltirilgan. Bozorni
o‘rganmasdan turib barcha axborotni tizimli ravishda to‘plash, tahlil etish va
solishtirish imkoniyati bo‘lmaydi.
Har bir bosqichda o‘ziga xususiyat mavjud. Masalan, 1 –bosqichni ko‘rib
chiqadigan bo‘lsak, marketing tadqiqotlari konsepsiiyasini ishlab chiqishda, avvalom
bor korxona oldiga qo‘ygan maqsadni belgilab oladi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |