Tadqiqotlari


MISOL. Fokus-guruhlar boshlovchilari uchun kim hisobot yozadi?



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

MISOL. Fokus-guruhlar boshlovchilari uchun kim hisobot yozadi? 
Konnektikut  shtati  Uilton  shahrida  joylashgan,  sifat  marketing  tadqiqotlariga 
ixtisoslashgan  Groups  Plus.  Inc.  kompaniyasi  prezidenti  Tomas  Grikbaum  so‘nggi 
yillarda  fokus-guruhlar  o‘tkazishda  o‘ringa  ega  bo‘laytigan  tendensiyani  ko‘rsatadi. 
Uning  ta’kidlashicha,  ayrim  fokus-guruhlar  boshlovchilari  mijozlarga  axborotni 
buzib  ko‘rsatadi,  chunki  ularning  hisobotlari  amalda  fokus-guruhlar  ishida 
qatnashmagan boshqa odamlar tomonidan yozilgan bo‘ladi. 
Grinbaum  ma’lumotlariga ko‘ra, boshlovchilarning  yarmidan ko‘pi  mijozlarga 
hisobot  tayyorlash  uchun  boshqa  odamlarning  xizmatlaridan  foydalanadi.  Bunday 
yolg‘on  hisobotlar  ko‘pincha  to‘liqsiz  ish  kuni  band  bo‘lgan  xodimlar  yoki  kichik 


 
323 
 
marketolog-tadqiqotchilar tomonidan yoziladi. Grinbaum yolg‘on hisobotlar yozishni 
tanqid  qiladi,  chunki  fokus-guruh  qatnashchilarining  noverbal  reaksiyalari  yoki 
birgalikdagi  guruh  faoliyati  doim  ham  audioyozuvni  tinglayotganlar  yoki  fokus-
guruh  videosini  tomosha  qilayotganlar  tomonidan  aniq  yetkazib  berilmaydi. 
Grinbaum  boshlovchilarni  mijozlar  bilan  fokus-guruhlar  bo‘yicha  hisobot 
muallifligida  halol  bo‘lishga  undaydi,  shuningdek,  mijozlarni  ular  bilan  shartnoma 
bo‘yicha  ishlaydigan  tadqiqotchilik  guruhlari  ishiga  yaanada  talabchan  bo‘lishga 
chaqiradi. 
"Garchi ushbu tarmoqdagi ayrim  mutaxassislar hisobotni  mijozga jo‘natishdan 
oldin  doimo  tekshirib  chiqishini  yoki,  ehtimol,  hisobotning  asosiy  bo‘limlarini  o‘zi 
yozganligini  aytgan  holda  bunday  amaliyotni  himoya  qilsada,  fokus-guruh  o‘tkazish 
yakunlaridan  foydalanadigan  mijozlar  bunday  amaliyotga  ehtiyotkorlik  bilan  
munosabatda  bo‘lishi  lozim,  -  maslahat  beradi  Grinbaum.  –  Agar  mijozlar  ularning 
hisobotini  kimdir  begona  shaxs  yozishini  oldindan  bilsa,  bu  muammoni  qisman  hal 
qiladi,  lekin  bu  maslahatchilardan  olingan  natijalar  eng  yaxshi  bo‘lishiini 
anglatmaydi". 
Grinbaum  hisobot  sifatining  yomonlashuvi  ehtimoliga  qo‘shimcha  ravishda 
qayd etadiki, boshqa odamlar tomonidan hisobot tuzish tizimi yakuniy hisobot taqdim 
etishni sekinlashtiradi. "Hisobotni o‘zi  yozadigan boshlovchilar oxirgi  gurhda so‘rov 
o‘tkazilgan  kundan  7-10  kun  o‘tgach  hisobotni  yakunlashga  harakat  qiladi,  shu 
sababli  olingan  axborot  yangi  bo‘ladi  va  undan  hisobot  yozishda  foydalaniladi,  - 
ta’kidlaydi  Grinbaum.  –  Biroq  hisobot  yozish  uchun  boshqalardan  foydalanadigan 
boshlovchilarning aksariyati mijozlarga oxirgi guruh bilan ish yakunlangandan so‘ng 
uch-to‘rt hafta davomida yakuniy hisobot taqdim etishga qodir bo‘lmaydi ". 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish