319
15-BOB. MARKETING TADQIQOTLARINING NATIJALARI TO‘G‘RISIDA
HISOBOTLAR TAYYORLASH VA UNING TAQDIMOTI
15.1. Natijalarni taqdim etish
Ushbu bob materiallarini o‘rganib chiqqach, siz quyidagilarni bilib olishingiz
lozim.
1. Hisobot tayyorlashga asosiy talablar, jumladan, uning shakli, yozishning
borishi, grafiklar va jadvallar.
2. Og‘zaki taqdimot strukturasi va ko‘lamini muhokama qilish.
3. Mijozning marketing tadqiqotlari haqida hisobotga talablarini, shuningdek,
hisobotni o‘qish bo‘yicha tavsiyalarni bayon qilish.
4. Xalqaro marketing tadqiqoti hisoboti va taqdimotini tayyorlash jarayonlarini
tushunish.
5. Hisobot va taqdimot tayyorlashda Internet va kompyuterlarning rolini
tushtirib berish.
Marketing tadqiqotlari o‘tkazishga buyurtma bergan firmaning marketing
bo‘yicha vitse-prezidenti natijalar haqida hisobot oldi. Xo‘sh, u nimalardan iborat? 1-
jildga kiradigan hisobotning asosiy qismi titul varag‘i, jadval ko‘rinishidagi
mundarija, rahbariyat uchun annotatsiya, muammoning batafsil tavsifi, muammoga
yondashuv, tadqiqot rejasi, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan
metodologiya, natijalar, loyiha cheklovlari, shuningdek, xulosa va tavsiyalardan
iboratdir. 2-jild titul varag‘i, raqamli ma’lumotlar ro‘yxati, barcha raqamli
ma’lumotlar va grafiklardan (diagrammalardan) iborat. Va nihoyat, barcha statistik
detallar, jumladan, jadvallar 3-jildda keltirilgan.
Hisobot yozish uslubiga marketing bo‘yicha vitse-prezident va boshqa asosiy
rahbarlarning qaysi uslubni afzal ko‘rishi ta’sir qildi. 1-jildda texnik detallar yo‘q
ekanligi sababli u oson o‘qiladi yozma hisobotga qo‘shimcha ravishda butun
loyihaning og‘zaki taqdimoti ham tayyorlanadi. Bu hisobotdagi menejment uchun
ayrim tavsiyalar hayotga tatbiq etilgan.
Misol. Aviakompaniya uchun hisobot
.
Marketing tadqiqotining vazifasi –
rahbariyatning axborotga ehtiyojini baholash, bunday axborot taqdim etish va
320
rahbariyatga to‘g‘ri qaror qabul qilishda yordam berishdir. Shtab-kvartirasi Chikago
shahrida joylashgan United Airlines aviakompaniyasi rahbariyati uning reyslarida
uchadigan mijozlarning qoniqqanligini tadqiq etish davomida buni chuqur anglab
yetdish. Har oy 900 ta aviareysning 192 ming yo‘lovchisiga to‘rt varaqdan iborat
so‘rovnomadan savollar beriladi. Marketologlarni «er usti xizmatlari»dan foydalanish
(aviachiptalarni bron qildirish, aeroportda xizmat ko‘rsatish) ham, «parvoz
davomidgai servis» dan ham (styuardessalar e’tibori, samolet bortida ovqatlanish,
samoletdagi qulayliklar) qoniqqanlik darajasi qiziqtiradi. Yo‘lovchilar anketani
smoletga chiqqan paytida oladi va ularda savollarga parvoz davomida javob berish
uchun vaqt bo‘ladi.
United Airlines kompaniyasining marketing tadqiqotlari bo‘limi har oy
yo‘lovchilarning servisdan qoniqqanlik darajasini oylik tadqiq etishga yakun
yasaydigan hisobot chop etadi. Hisobot shuningdek, Internet dagi saytda ham
joylashtiriladi, shu sababli United kompaniyasi menejerlari uchun dunyoning istalgan
nuqtasidan ochiq bo‘ladi.
Tanlama to‘plam miqdori (1994 yil bilan taqqoslaganda uch baravar katta)
kompaniyaning barcha bo‘linmalari foydalanadigan ma’lumotlar reprezentativligini
asoslab beradi:
➢
marketing bo‘limi strategik rejalashtirish, joylashtirish va maqsadli guruhlar
borasida qarorlar qabul qilish uchun;
➢
moliya bo‘limi investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘lardan olinadigan
samarani aniqlash uchun;
➢
aeroport xizmatlari bo‘limi yer usti servisi, jumladan, ro‘yxatdan o‘tkazish
tezligi va samaradorligini baholash uchun;
➢
oliy rahbariyat United Airlines kompaniyasining ichki va tashqi maqsadlarga
erishishda raqobatchilarga nisbatan samaradorligini baholash uchun.
Yo‘lovchilarning qoniqqanlik darajasi keng miqyosli marketing tadqiqoti
United Airlines barcha bo‘linmalari xodimlarini iste’molchilarning ehtiyojlariga
yo‘naltiradi. Bu kompaniyaga barcha raqobatchilar aynan o‘xshash aviareyslar
ro‘yxatlariga ega bo‘lgan, bir xil xizmatlar taqdim etadigan va bu xizmatlarga bir xil
321
tariflar belgilaydigan sharoitlarda o‘z xizmatlarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.
Masalan, marketing tadqiqoti natijalariga asoslangan holda United Airlines
kompaniyasi parvoz vaqtida ovqatlanish yo‘lovchilarning qoniqqanlik darajasi
muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligini aniqladi va bu servis sifatini yaxshiladi.
Shuningdek, United Airlines oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha ayrim
mashhur kompaniyalar, masalan, naprimer s Starbucks coffai Godiva Chocolates
bilan hamkorlik o‘rnatdi.
Univermag bilan bog‘liq misol marketing tadqiqotlari natijalari haqida
hisobotning asosiy qismi strukturasi marketing tadqiqotlari jarayoni bosqichlariga
qay darajada mos kelishini ko‘rsatadi. United Airlines kompaniyasi bilan bog‘liq
misol o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari haqida muntazam hisobot taqdim etish
muhimligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |