Tadqiqotlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

13.3. Tashqi omillar nazorati 
Tashqi  omillar  nazoratini  o‘rganadigan  bo‘lsak,  eng  avvalo  bozor 
tadqiqotlaridan  boshlaymiz.  Chunki  har  qanday  firma  yoki  korxona  tadqiqotlari 
bozorda  ro‘y  beradigan  tendensiyalarga  borib  taqaladi  va  bozorda  sinab  ko‘rish 
usullarnini o‘rganishni taqozo etadi.  
 Bozorni  sinab  ko‘rishning  nazorat  qilinuvchi  usuli  tovarlarni  sotishni 
eksperimentdagi  ishtiroki  uchun  rag‘batlantiriluvchi  distribyutorlar  orqali  amalga 
oshiruvchi  ixtisoslashgan  tadqiqot  firmalari  tomonidan  o‘tkaziladi.  Ushbu  usulning 
afzalliklari  va  kamchiliklari  mavjud.  Mazkur  usulning  kamchiligi  shundaki, 
distribyutorlarning  sotuv  kanallari  firma  tomonidan  amalda  qo‘llanuvchi  kanallarga 
mos  kelmasligi  mumkin.  Ushbu  usulning  tadqiqot  natijalari  ma’lumotlarini  elektron 
tizimda namoyon bo‘lishi mumkin. 
Bozorni  sinab  ko‘rishning  elektron  usuli  shunda  namoyon  bo‘ladiki,  iste’mol 
paneli ishtirokchilari tovarni xarid qilishda taqdim etish uchun maxsus identifikatsiya 
kartochkalari  oladi.  Sinovdan  o‘tkazilayotgan  va  boshqa  tovarlarni  xarid  qilishda 
xaridorning  demografik  belgilari  avtomatik  ravishda  qayd  etiladi.  Bunday  sinovlar 


 
282 
 
faqat  chakana  savdo  korxonasi  bunday  eksperimentda  qatnashishga  rozilik  bergan 
shaharlarda  o‘tkaziladi.  Elektron  usul  eksperiment  o‘tkazishning  tez  va  arzon 
o‘tkazilishi, 
olingan 
natijalarning 
maxfiyligini ta’minlaydi. Biroq bu usul 
real bozorga mos kelmasligi mumkin. 
Amaliyotda 
elektron 
sinov 
usulidan  kabel  televideniyesi  orqali 
foydalanish 
kuzatilmoqda. 
ularni 
birgalikda 
qo‘llash  kompaniyaning 
panel  a’zolariga  ma’lum  bir  reklamani 
namoyish  etish  imkonini  yaratadi, 
bunda bitta panel tarkibijagi turli guruhlarga har xil reklama ko‘rsatiladi. Bu guruhlar 
a’zolari  bitta  tumanda  istiqomat  qiladi  va  xaridni  ham  bitta  do‘konda  amalga 
oshiradi.  Xaridlar  hajmining  reklama  xarajatlari  bilan  aloqasi  o‘rganiladi.  Bunday 
eksperimentlarni  o‘tkazish  qattiq  nazorat  ostida  bo‘ladi.  Do‘konlarda  tovarlarning 
ochiqligi  kafolatlanadi,  eksperiment  o‘tkazish  haqidagi  axborot  maxfiy  saqlanadi, 
reklama  faoliyati aniq tartibga solinadi. Dastlabki  va takroriy  xaridlar, ularni amalga 
oshirish payti aniq qayd etib boriladi.
 
 
Imitatsion 
usul 
real 
sharoitlarga 
yaqinlashtirilgan 
sharoitlarda 
iste’molchilarning  yangi  mahsulotga  reaksiyasini  o‘rganishni  nazarda  tutadi.  Tanlab 
olingan  iste’molchilarga  ayrim  tovarlarni  sotib  olish  maqsadida  pul  beriladi,  bu 
tovarlar  orasida  sinovdan  o‘tkazilayotgan  tovar  ham  bo‘ladi.  Bunda  turli  tovarlarga, 
jumladan sinovdan o‘tkazilayotgan tovarlarga yo‘naltirilgan reklama va tovarni ilgari 
surishning  boshqa  usullari  namunalari  sinovdan  o‘tkazilishi  mumkin.  Olingan 
natijalar  tahlili  yangi  tovarni  baholash  va  uni  ilgari  surishning  samarali  usullarini 
tanlashga imkon beradi. 
Bozorni  sinovdan  o‘tkazish  iste’mol  tovarlari  uchun  ham,  ishlab  chiqarish-
texnika yo‘nalishidagi tovarlar uchun ham amalga oshiriladi. 


 
283 
 
Bozorni  sinovdan  o‘tkazish  usullarinnig  asosiy  kamchiliklardan  biri  ularning 
bir  nechta  shaharda  yoki  juda  cheklangan  dastur  doirasida  o‘tkazilishida  ancha 
qimmat 
bo‘lishidir.  Bundan  tashqari,  sinovdan  o‘tkazilayotgan  mahsulot 
raqobatchilarga  ma’lum  bo‘lib  qoladi.  Ular  esa  tezlik  bilan  xuddi  shunday  mahsulot 
yaratishi  va  bozorga  birinchi  bo‘lib  chiqishi  mumkin.  Eksperiment  o‘tkazish  va 
marketing  qarorlari  qabul  qilish  orasidagi  vaqt  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki 
aynan vaqt omili ko‘pincha hal qiluvchi omil bo‘lib chiqadi. Eksperimentatorlar ikki 
alanga  o‘rtasida  qoladi.  Bir  tomondan,  ishonchli  natijalar  olish  uz
 
oq  muddatli 
eksperiment  o‘tkazishni  talab  qiladi.  Boshqa  tomondan  esa,  bu  holatda  xarajatlar 
ortadi, eksperiment o‘tkazishni boshlash va marketing qarorlari qabul qilish orasidagi 
vaqt  uzayadi,  eksperimentni  o‘tkazish  sharoitlari  o‘zgarishi  mumkin.  Bozor 
eksperimentlari  hech  qachon  laboratoriya  eksperimentlari  kabi  yaxshi  nazorat 
qilinmaydi.  Masalan,  tovar  ishlab  chiqaruvchi  reklama  xarajatlarini  pasaytirgan 
eksperimental  mintaqadagi  distribyutorlar  va  chakana  savdogarlarning  o‘zlari 
intensiv  reklama  kampaniyasi  o‘tkazishni  boshlashi  mumkin.  Raqobatchilar  ongli 
ravishda  eksperiment  natijalarini  buzib  ko‘rsatishi,  o‘z  reklama  va  narx  siyosatini 
o‘zgartirishi,  eksperiment  natijalarini  buzib  ko‘rsatish  maqsadida  katta  hajmda 
eksperimental tovarni xarid qilishi mumkin. 
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish