Tadqiqotlari


 Tajribaning (eksperiment) ishonchliligi va unga ta’sir etuvchi omillar



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

13.2. Tajribaning (eksperiment) ishonchliligi va unga ta’sir etuvchi omillar 
Eksperiment(tajriba)  deb  bitta  yoki  bir  nechta  mustaqil  o‘zgaruvchilarning 
o‘zgarishi  boshqa  bog‘liq  bo‘lgan  o‘zgaruvchilarga  qanday  ta’sir  ko‘rsatishi 
aniqlanadigan tadqiqotga aytiladi. Ushbu usulning o‘ziga xos belgilari:
 
 

 
izolyatsiya  qilinuvchi  o‘zgarishlar  (ayrim  kattaliklar  tadqiqotchi  tomonidan 
variatsiyalanadi, boshqalari iloji boricha doimiy bo‘lishi lozim); 

 
tadqiqotchi ma’lumotlarning paydo bo‘lish jarayoniga faol aralashadi; 

 
sabab-oqibat  aloqalari  tekshiriladi  (masalan,  mahsulot  o‘rovi  rangining  sotuv 
hajmiga ta’siri).  
Tajriba odatda hodisa bilan sabab-
oqibat  munonasabatlarini  aniqlashtirish 
uchun qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, 
eksperiment 
deb, 
mustaqil 
o‘zgaruvchilarning 
o‘rganilmayotgan 
boshqa  ko‘rsatkichlarga  ta’sir  ustidan 
nazoratni  saqlagan  holda  bog‘liq  bo‘lgan  ko‘rsatkichlarga  ko‘rsatuvchi  ta’sir 
darajasini  aniqlash  maqsadida  ular  bilan  ishlash  tushuniladi.          Mustaqil 
o‘zgaruvchilar  (narx,  reklama  harajatlari  va  hokazo)  eksperiment  o‘tkazuvchining 
istagi  bo‘yicha  o‘zgartirilishi  mumkin  bo‘lgan  bir  paytda  bog‘liq  bo‘lgan 
o‘zgaruvchilar  (sotuv  hajmi,  bozor  ulushi  ko‘rsatkichi)  uning  beovsita  boshqaruv 
sohasida  bo‘lmaydi.  Ularni  mustaqil  o‘zgaruvchilar  kabi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
almashtirib bo‘lmaydi.  


 
280 
 
Eksperimentlarning  ikki  xil  turi  mavjud:  laboratoriya  va  dala  tajribalari. 
Ulardan  birinchisini  o‘tkazishda  qo‘shimcha  omillarning  ta’sirini  yo‘qqa  chiqarish 
maqsadida  sun’iy  sharoitlar  yaratiladi.  Masalan,  reklamaning  har  xil  turlariga 
xaridorlarning  reaksiyasini baholashda shunday  xaridorlarni taklif etish kerakki, ular 
jinsi,  yoshi,  ijtimoiy  holati  bo‘yicha  reprezentativ  bo‘lsin.  Laboratoriya 
eksperimentlari qo‘shimcha omillar ta’sirini nazorat qilishdan tashqari nisbatan arzon 
hisoblanadi va ularni o‘tkazish uchun kamroq vaqt talab qilinadi.
 
 
Oxirgi  yillarda  laboratoriya  eksperimentlarini  o‘tkazishda  kompyuter 
texnikasidan  toboro  keng  foydalanilmoqda.  Kompyuterlashtirilgan  dastur-savollar 
mavjud bo‘lib, iste’molchilarni supermarketga 
virtual  tashrif  buyurish  va  xarid  uchun  tovar 
tanlashga  imkon  beradi.  Kompyuter  ular 
qilgan  xaridlarni  qayd  etadi  va  ularning 
marketing  majmui  ma’lum  bir  elementlarini 
(narx,  tovar  o‘rovi  rangi  va  shakli,  do‘kon 
ichida 
tovarni 
harakatlantirish 
usullari) 
qo‘llashga reaksiyasini baholaydi. 
Dala 
eksperimentlari 
real 
sharoitlarda: 
do‘konlarda, iste’molchilarning uylarida va boshqa 
joylarda o‘tkaziladi. Garchi bunday eksperimentlar 
natijalari  laboratoriya  eksperimenti  natijalariga 
nisbatan  ko‘proq  ishonchga  loyiq  bo‘lsada,  ularni 
o‘tkazishda  qo‘shimcha  omillar  ta’sirini  aniq 
hisobga  olish  qiyin,  ular  amalga  oshirish  uchun 
ko‘proq vaqt va xarajatlar talab qiladi.
 
 
Marketingda  dala  eksperimenti  xarakteriga 
ega eksperiment o‘tkazishning ko‘plab  usullari  «sinov tariqasidagi  marketing»  noma 
ostida ma’lum. Kompaniyalar bunday eksperimentlarni bitta yoki bir nechta shaharda 
o‘tkazishi mumkin. Eksperiment o‘tkazishda odatda ikkita maqsad ko‘zlanadi: yangi 


 
281 
 
mahsulotning  potensial  sotuv  hajmini  aniqlash  va  yangi  mahsulotni  sotishda 
marketing majmuining ayrim elementlarini qo‘llash samaradorligini topish. 
Bunday sinov marketingini o‘tkazishda turli bozorlar tadqiqot ob’ekti sanaladi, 
shuning  uchun  eksperiment  faoliyati  ko‘pincha 
bozorni sinovdan o‘tkazish deb ham ataladi. 
Bozorni  sinovdan  o‘tkazish  standart, 
nazorat  qilinuvchi,  elektron  va  imitatsion 
turlarga tasniflanadi. 
Standart  turini  qo‘llashda  firma  mahsulot 
va  marketing  majmuining  boshqa  elementlarini 
mazkur  firma  tomonidan  foydalaniluvchi  odatiy  sotuv  kanallari  orqali  sinab  ko‘radi. 
Bu  usul  juda  qimmat  bo‘lib,  uni  o‘tkazish  uchun  ko‘p  vaqt  talab  qilinadi.  bundan 
tashqari, u konfidensial sanaladi. 
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish