Tadqiqotlari



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.1-rasm. Marketing tadqiqotlari o‘tkazishning umumiy sxemasi 
 
Internetda  marketing  tadqiqotlari  o‘tkazishni  an’anaviy  tadqiqotlardan  ajratib 
turuvchi asosiy farqlar axborot to‘plash usullari va ma’lumot manbalari hisoblanadi. 
Ma’lumot manbalari 
Tadqiqot  rejasi  birlamchi  va  ikkilamchi  ma’lumotlardan  foydalanishni  ko‘zda 
tutishi mumkin. Birlamchi ma’lumotlar mazkur loyihani amalga oshirishda muayyan 
maqsadda  to‘planadi.  Ikkilamchi  ma’lumotlar  esa  boshqa  maqsadlar  uchun  olingan, 
ma’lum bir shakldagi axborotlar hisoblanadi. 
Odatda,  tadqiqotlar  vazifani  to‘liq  yoki  qisman  hal  qilish  uchun  to‘g‘ri 
keluvchi  hamda  birlamchi  ma’lumotlar  to‘plash  uchun  xarajatlarni  qisqartirishga 
imkon  beruvchi  ikkilamchi  ma’lumotlar  tahlilidan  boshlanadi.  Ikkilamchi 
ma’lumotlarning asosiy manbalari quyidagilardan iborat: 

 
korxona faoliyati haqidagi ichki ma’lumotlar; 

 
Internet orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Bu holatda web-sahifa 
va  web-saytlar,  ma’lumotlar  to‘plami,  telekonferensiya  va  fayl  serverlari  manba 
vazifasini bajarishi mumkin.  
Vazifalar qo’yish va 
maqsadlarni bеlgilash 
Tadqiqot rеjasini ishlab 
chiqish  
Axborot to’plash  
Axborotni tahlil qilish  
Tadqiqot natijalarini 
taqdim etish  


 
239 
 
Zarur  ma’lumotlarni  ikkilamchi  ma’lumotlar  tarkibidan  topishning  imkoni 
bo‘lmagan  yoki  bu  ma’lumotlar  to‘liq,  aniq  va  yetarli  darajada  ishonchli  bo‘lmagan 
yoki  eskirib  qolgan  hollarda  birlamchi  ma’lmotlarni  to‘plashga  to‘g‘ri  keladi. 
Birlamchi  ma’lumot  to‘plashning  asosiy  usullari  so‘rovlar,  kuzatuv  usuli  va 
eksperimentlar o‘tkazish hisoblanadi. 
Internetda ma’lumot to‘plash usullari 
Ma’lumot  to‘plashda  foydalaniluvchi  usullar  o‘tkazilayotgan  tadqiqot  turiga 
qarab ikki xil – birlamchi yoki ikkilamchi usullarga taqsimlanadi. 
Ikkilamchi  marketing tadqiqotlari o‘tkazishda birinchi o‘ringa Internetda zarur 
axborotlarni qidirish usullari chiqadi. Bugungi kunda asosiy qidiruv vositalari qidiruv 
tizimlari va kataloglar hisoblanadi. Bir qator hollarda, ulardan foydalanish yetarlicha 
samara  bermagan  sharoitlarda  tematik  saytlar,  «sariq  sahifalar»  va  boshqa  resurslar 
bo‘yicha «qo‘lda qidirish» amalga oshiriladi.  
Birlamchi  axborot  to‘plashda  ma’lumot  to‘plashning  asosiy  usuli  sifatida 
Internet-so‘rovlari, kuzatuv va eksperimentlar xizmat qiladi. 
1.  Internet-so‘rovlar  o‘tkazishning  eng  tarqalgan  usuli  anketa  so‘rovlari 
hisoblanadi. Anketa respondentlar fikrini bilish uchun kiritilgan bir qator savollardan 
iborat  bo‘ladi.  Bu  vosita  moslashuvchanligi  va  universalligi  bilan  ajralib  turishi 
sababli u birlamchi ma’lumotlar to‘plashning eng tarqalgan vositasi sanaladi. 
An’anaviy  anketa  so‘rovlari  o‘tkazishda  bo‘lgani  kabi,  har  bir  Internet-
tadqiqoti o‘tkazishdan avval anketada foydalaniluvchi savollarni puxta ishlab chiqish 
va  sinovdan  o‘tkazish  zarur.  Bu  ishga  noprofessional  yondashuv  voqelikni  buzib 
ko‘rsatishga yoki olingan natijalar noto‘g‘ri talqin qilinishi olib kelishi mumkin.  
2.  Kuzatuv  usuli  biror-bir  ob’ekt  yoki  sub’ektning  xulq-atvori  muntazam 
ravishda  o‘rganiluvchi  marketing  tadqiqotlari  shaklini  ifodalaydi.  So‘rov  usulidan 
farqli o‘laroq kuzatuv  usuli kuzatilayotgan ob’ektning axborot  haqida  xabar qilishga 
tayyor ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi hamda uning xulq-atvori bilan bog‘liq voqea va 
hodisalar haqidagi ma’lumotlarni ochiq yoki yashirin to‘plash va qayd etish jarayoni 
hisoblanadi.  Kuzatuv  predmeti,  masalan,  xaridorlar  xulq-atvori  yoki  tavsifnomalari 
bo‘lishi mumkin. 


 
240 
 
Bu  usulga  o‘z  web-serveri  yordamida  firmalar  tomonidan  o‘tkaziluvchi 
marketing  tadqiqotlari  kiradi.  Bu  usul  web-serverning  jurnal  fayllaridan  (log  files) 
yoki  cookie  fayllarini  qo‘llash  asosidagi  texnologiyalardan  foydalangan  holda 
olinuvchi  ma’lumotlarni  to‘plash  va  tahlil  qilishdan  iborat.  Bu  ma’lumotlar    tashrif 
buyuruvchilarning  xulq-atvoriga,  ularning  sahifalar  bo‘ylab  harakatlanish  ketma-
ketligiga  yoki  web-serverga  tashrif  buyurish  tezligiga  taalluqli  bo‘lishi  mumkin. 
Saytda  qidiruv  tizimi  joylashtirilgan  hollarda  foydalanuvchilar  kirituvchi  so‘rovlar 
ham qo‘shimcha ravishda to‘planishi va tahlil qilnishi mumkin. 
Serverga  tashrif  buyurish  statistikasi  tahlili  imkoniyatlari  eng  samarali 
marketing  vositalaridan  biri  sanaladi.  Respondentlarning  faol  ishtirok  etishini  talab 
qiluvchi  so‘rov  o‘tkazishdan  farqli  o‘laroq,  statistika  tahlili  foydalanuvchilarni  faol 
harakatga jalb etmasdan turib qimmatli axborot to‘plashga imkon beradi. 
3. Eksperiment usuli ilmiy nuqtai nazardan eng jiddiy usul bo‘lib, sabab-oqibat 
aloqalarini  aniqlashni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo‘yadi.  Eksperiment  ob’ektlari 
maxsus  tanlab  olinishi  hamda  ularning  reaksiyasi  o‘rtasida  statistik  ahamiyatga  ega 
farqlarni  aniqlash  uchun  tashqi  muhitni  nazorat  qilgan  holda  rejalashtirilgan  ta’sirga 
uchratilishi  lozim.  Ishga  aloqasi  bo‘lmagan  tashqi  omillar  nazorat  ostiga  olingan 
darajada  kuzatilayotgan  samaralar  eksperiment  olib  boruvchilarning  ob’ektga 
ta’siriga  kiritilishi  mumkin.  Shu  tariqa  voqea-hodisalar  o‘rtasida  aniqlanuvchi 
aloqalar  sabab-oqibat  aloqalari,  eksperiment  maqsadlari  esa  erishilgan  deb 
hisoblanishi mumkin. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish