143
6.6. Axborot to‘plash usullari
Marketingda axborot to‘plash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: so‘rov,
kuzatuv va ma’lumotlarni avtomatik qayd etish (eksperiment faqat o‘ziga xos
tadqiqot rejani ifodalaydi), panel. Muayyan usulni tanlash o‘rganilayotgan xislat
(odam, predmet) maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu jarayonda so‘raluvchilar va so‘rovchilar tomonidan qo‘yilgan xatoliklar
natijasida to‘plangan ma’lumotlarning to‘laqonliklari ta’minlanmaydi. Chunki
arzimagan xato orqali bir tadqiqot olib borilayotgan ob’ektning bir nechta unsurlariga
ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: