Tadqiqotlari


Marketing tadqiqotlaridaaxborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanish



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Marketing tadqiqotlaridaaxborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanish 
prinsiplari 
Marketing tadqiqotlarida 
qo‘llaniladigan 
prinsiplarning nomlari 
 
Marketing tadqiqotlarida qo‘llaniladigan prinsiplarning 
mazmuni
 
Dolzarblilik 
Marketing  tadqiqotlari  uchun  to‘planadigan  axborotlar  ayni  zarur 
bo‘lgan, 
faoliyat 
samaradorligini 
oshirishga 
qaratilgan 
ma’lumotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. 
Ishonchlilik 
Marketing  tadqiqotlari  uchun  to‘planadigan  axborotlar  ishonchli 
dalillarga  asoslangan  bo‘lib,  turli  o‘zgartirishlar  va  manfaatdan 
kelib chiqib, soxtalashtirishlardan xoli bo‘lmog‘i lozim. 
Keng qamrovlilik 
Marketing  tadqiqotlari  uchun  to‘planadigan  axborotlar  birorta 
qarorni  qabul  qilish  uchun  hamma  omillarni  hisobga  oladigan,  
yetarli darajada to‘liq bo‘lishi lozim. 
Muvofiqlashtiril-ganlik 
Marketing 
tadqiqotlari 
uchun 
to‘planadigan 
axborotlar 
solishtiriladigan,  bir-birini  to‘ldiradigan,  bir  xil  ko‘rsatkichlarni 
o‘zida ifoda etadigan ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim. 
Uzluksizlik 
Marketing tadqiqotlari uchun to‘planadigan axborotlar tizimlilikni 
va  kompleks  tadqiqotni  ta’minlash  uchun  bir  maromda  uzluksiz 
shakllantirilib turiladigan ma’lumotlardan iborat bo‘lmog‘i lozim. 
Maqsadga muvofiqlik 
Marketing  tadqiqotlari  uchun  to‘planadigan  axborotlar  ulardan 
foydalanuvchilarning  maqsadini  to‘liq  o‘zida  ifoda  etadigan 
bo‘lishi lozim. 
Tushunarlilik 
Marketing 
tadqiqotlari 
uchun 
to‘planadigan 
axborotlar 
foydalanuvchilar 
uchun 
tushunarli, 
ochiq-oydin 
ko‘rinib 
turadigan,  har  qanday  vaziyatda  foydalanish  mumkin  bo‘ladigan 
bo‘lmog‘i lozim. 
Ko‘paytiriladi-ganlik 
Marketing  tadqiqotlari  uchun  to‘planadigan  axborotlar  ko‘p 
foydalanuvchilar  tomonidan  ishlatishga  va  bitta  foydalanuvchi 
uchun  ko‘p  marta  foydalanish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishi  uchun 
ular ko‘paytiriladigan bo‘lishi lozim. 
Tejamkorlik 
Marketing 
tadqiqotlari 
uchun 
to‘planadigan  axborotlarga 
ketadigan xarajatlar, ularni ishlatishdan olinadigan natijadan oshib 
ketmasligi,  ma’lum  darajada  foydani  ta’minlaydigan  darajada 
tejamkor bo‘lishi lozim.  


 
136 
 
Marketing  tadqiqotlari  tizimi  –  firma 
oldida  turgan  marketing  vaziyati  bilan  bog‘liq 
ma’lumotlar  doirasini  sistematik  aniqlash, 
ularni  to‘plash,  tahlil  qilish  va  natijalar  haqida 
hisobot 
tuzishdir. 
Firma 
marketing 
tadqiqotlarini 
o‘z 
kuchi 
bilan 
yoki 
ixtisoslashgan  tashkilotlar  yordamida  amalga 
oshiradi. 
Yuqorida 
ta’kidlanganimizdek, 
marketing  tadqiqotchilarining  eng  tarqalgan 
vazifalari  quyidagilar  hisoblanadi:  bozor  tavsifnomasini  o‘rganish,  bozorning 
potensial 
imkoniyatlarini  o‘lchash,  firmalar  o‘rtasida  bozor 
ulushlarining 
taqsimlanishini  tahlil  qilish,  sotuv  tahlili,  ishbilarmonlik  faolligi  tendensiyalarini 
o‘rganish,  raqobatchilar  tovarlarini  o‘rganish,  qisqa  muddatli  bashoratlash,  yangi 
tovar  va  uning  hajmiga  reaksiya  ni  o‘rganish,  uzoq  muddatli  bashoratlash,  narx 
siyosatini o‘rganishdan iborat. 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish