«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi


II. Bob. Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlarining turlari va ularning ahamiyati



Download 2,3 Mb.
bet2/5
Sana27.03.2017
Hajmi2,3 Mb.
#5423
1   2   3   4   5

II. Bob. Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlarining turlari va ularning ahamiyati

II. 1. . Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlar haqida tushuncha va ularning ahamiyati
Gidrotexnik inshoatlar deganda insonning suvdan foydalanish uchun bunyot etgan ja’miki qurilmalari tushuniladi.Ularni shartli ravishda qadimgi, hamda zamonaviy turlarga bo’lib o’rganish mumkin. Gidrotexnik inshoatlarga nisbatan “qadimgi ” ibora yoki tushunchasini fanda V.L.Vyatkin (1927), V.V.Bartold (1965), M.E.Masson (1935), Y.G’ulomov (1957) tomonidan qo’llanilgan bo’lsa, A.Muhammedjonov(1968) bu atamani keng yoyib “Qadimgi gedrotexnik inshootlar”,-deya atay boshladi. Demak qadimgi gidrotexnik inshootlar XX asr boshlariga qadar suvdan foydalanish maqsadida tiklangan qurilmalar ekan. Bu davrda fanga aniq chegara o’nini o’tay olmaydi, chunki texnika rivojlanish asri, ya’ni XX asrning o’rtalari yoki dastlabki choraklarida ham quduq, hovoz kabi ayrim qadimgi usulda qazilgan inshootlar barpo etilgan bo’lib, ularni qadimgi inshootlar sirasiga mansub deb bilamiz. Chunki bu qurilmalarning barpo bo’lishi, ishga tushurilish texnikasi qadimgi qadriyatlar asosida tashkil topgandir.Zamonaviy texnika ta’sirida bunyod etilgan ayrim kanal, suv ombor, burg’u quduqlari kabi yangi barpo etilgan gidrotexnik inshoatlar garchand birmuncha avvalgi namunalariga omuxtalashtirilib qurilgan bo’lsada, ularni qadimgi deya atay olmaymiz.Chunki bu inshootlarning barpo bo’lish texnikasida yangilanish bir muncha kuchaygani holda, qadimgilari ma’lum miqdorda unitilganligi kuzatiladi. Yerik magistral kanal yoki suv omborda suvni iflos qilish va atrof muhitga salbiy ta’sir etish kabi xususiyatlari qadimgilariga o’xshamaydi. Shu boisdan zamonamizda barpo etilgan gidrotexnik inshootlarni qadimgi qurulmalar sirasiga mansub deb bo’lmaydi. Qadimgi gidrotexnik inshoatlar geografiyasi deganda ushbu qurilmalarning nafaqat zamon va makonda tarqalishi balki ushbu inshoatlar faoliyati bilan bog’liq barcha jarayonlar va tavsilotlar tushuniladi.

Jumladan ma’lum inshootning shakillanishida tabiiy sharoitning roli, evolyutsiyaning tizimi, geografik muhit bilan uzviy bog’liqligi, turlari, asosiy va qo’shimcha qismlari, faoliyatining tabiiy muhitga nechog’lik tarizda tasir etishi, qurilgan yili qurilish texnikasi, ishlashining o’ziga xos xususiyatlari, moddiy yoki ma’naviy bahosi, tarixiyligi, amaliy va ilmiy ahamiyati kabi tushunchalar anglashiladi.[ 13 ]

Qadimgi gidrotexnik inshootlarning barchasi, garchand suvdan omilkorlik bilan foydalanish maqsadi uchun xizmat qilsada tuzilishi va vazifalari nuqtai nazaridan turub qaraganda turli xildir. Shu boisdan ularni bajaradigan vazifalariga ko’ra, quydagicha tasniflash maqsadga muvofiq.
Samarqand viloyati qadimgi gidrotexnik inshootlarning bajaradigan vazifalariga ko’ra turlari.

1-jadval



T.N

Guruhlarning nomi

Qadimgi gidrotexnik inshootlarning turlari

Joylashgan o’rni



To’sish ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. band

  2. to’gon




Zarband tog’ida (J. Nurota) Abdullaxon bandi.Oqchaboy

2

To’plash va saqlash ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

a) hovuz

b) qulfakli hovuz

v) doshqoq

g) sardoba

Barcha hududlarda . Jan. Nurota Tim qishlog’i.

Narpay tumani ,Sardoba qishlog’i



3

Yuzalatish ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

a) qaynar

b) koriz



Janubiy Nurota Qaynar qishlog’i,

Janubiy Nurota, Oqtepasoy



4

Ochish ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

a) quduq

b) chirli

v) chog’om


Barcha hududlarda.

_

_



5

Yo’naltirish-eltish ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. ariq

  2. kanal




Barcha hududlarda.

Darg’on.Pastarg’om tumani



6

O’tkazish ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. akveduq

  2. kon-ariq

v) sinnor


Afrosiyob

Qo’shrabod tumani

_


7

Ko’tarib chiqish ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. ko’tarma

  2. chig’ir.

v)Suvni yuqoriga chiqaradigan mexanizimlar


Pastarg’om tumani

Barcha hududlarda.




8

Himoya qilish ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. mash’aldon

  2. himoya-harbiy strategik ahamiyatga ega bo’lgan-to’garak shakildagi xandak



Oqchab qishlog’ida.

Janubiy Nurota

Afrosiyob qo’rg’oni



9

Suv ayirg’ich, oqimni ayirib yuboruvchi ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. suv ayirg’ich-ko’prik

  2. oddiy suv ayirg’ichlar

v)to’qurta

g)suvni o’lchovchi moslamalar



Cho’ponota etagi

Urgut tumani

_

_


10

Istirohat ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. obxona

  2. hovuzak

Afrosiyob qo’rg’oni

Tog’li hududlarda



11

Oqim tezligini mexanik kuchga aylantiruvchi qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. nov

  2. nishtag




Barcha hududlarda.


12

Sanitariya-gigiyena ahamiyatiga ega bo’lgan qadimgi gidrotexnik inshootlar

  1. suvi mo’ri

  2. tazar

v)toshnov

Barcha hududlarda.



II.2 SAMARQAND VILOYATINING QADIMGI GIDROTEXNIK INSHOOTLARINI O’RGANISHNING AHAMIYATI

Samarqand viloyatining qadimgi gidrotexnik inshootlarni geografik jihatdan ikki asosiy yo’nalishga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir.Dastlabkisi uning ilmiy jihatlarini ochib bersa, ikkinchi yo’nalish esa, amaliy tomonlarini ko’rsatadi.SHu boisdan ularni alohida-aloxida holda kurib chiqishni lozim deb bilamiz.
ILMIY AHAMIYATI

Qadimgi gidrotexnik inshootlarni respublikamiz va qisman unga yondosh hududlar bo’ylab o’rganish dastavval ularning geografik tarqalish qonuniyatlari xususida tushuncha beradi. Jumladan cho’l hududlari, tog’ oldi va tog’lik rel’efning barcha tabiiy geografik jihatlari bilan chambarchas bog’lik ushbu qonuniyatlar zamirida yuzaga kelgan o’ziga xoslik o’rganilayotgan inshootlar geo- grafiyasining negizini tashkil etadi. Shu boisdan ularni, ilmiy tasniflash imkoniyatlari ro’y-rost ko’rinish berganligini ham ilg’ash mumkin. O’n ikki toifaga ajratilgan qurilmalar guruhi bir-birlaridan tarqalish hududi, tuzilishi, makon va zamondagi o’rni hamda ahamiyati jihatidan turlicha, vazifalari har xil bo’lsada, yagona maqsad-suvdan tejamli foydalanish, uni asrash, sifati va mivdoriga putur yetkazmaslik, eng asosiysi mavjud suv zaxirasini mahalliy iste’mol me’yoriga tenglashtirishdan iborat teng tarozilik tabiiy muvozanat yo’llarini ochib beradi.[ 17 ]

Ushbu muvozanatning negizini tashkil etuvchi ayrim xalq qadriyatlari ilmiy adabiyotlarda qayd etilmaganligi tufayli unutilishga yuz tutgan, ularni faqat o’rganish ob’ektlaridagina elas-elas ilg’ash imkoniyatlari saklanib qolgan edi.Bu tadqiqot tufayligina ushbu qadriyatlar - aniq bo’y ko’rsata boshladi.Qadimgi gidrotexnik inshootlarning qurilishi uchun geografik nuqtani aniqlash (aslida bu tadbir uning davomli ishlashi, ahamiyatining susaymasligi, ekologik sofligi bo- rasida juda muhimdir), qurilish texnikasi, turlari v. h. shular jumlasidandir.qadimgi gidrotexnik inshootlarni geografik o’rganish kabi komplekslilik-qomu- siylikka suyangan tadqiqotgina bunday murakkab hamda serqirra yumushda qoniqarli ilmiy ko’rsatgichlarga erisha olishi mumkin deb bilamiz. Darhaqiqat ushbu tartiblarga amal qilgan tadqiqotgina o’rganilayotgan ob’ektning o’rni, iqlimi, rel’efi, geologik tuzilishi, gidrologik ham gidrogeologik xususiyatlari, tuprog’i, ona jinsi, o’simlik va hayvonot olamidan tortib barcha so- tsial jihatlarigacha, xalq tili bilan aytganda miridan-sirigacha, ipidan-ignasigacha mukammal o’rganib olish imkoniyatiga ega. SHu boisdan ham ushbu uslub ser- qirra ilmiy ahamiyat kasb etib, quyidagi asosiy yunalishlarda o’z aksini topadi.

Qadimgi gidrotexnik inshootlarni ilmiy o’rganish quyidagi yo’nalishlarda katta ahamiyat kasb etadi.[ 8 ]

1. Geografiya fanining rivojlanishdagi roli.

2. Tarixiy ahamiyati

3. Etnografik ahamiyati.

4. Arxitektura va san’atshunoslikdagi ahamiyati.

5. Toponimik-atamashunoslikdagi ahamiyati.

6. Gidrologik va gidrogeologik ahamiyati.

7. Topografiya va muhandislik ahamiyati.

Qadimgi gidrotexnik inshootlarni tadqiq etishning geografik ahamiyati

Geografiya deb o’zaro chambarchas bog’langan, yer geografik qobig’ini tabiiy va ishlab chiqarish komplekslarini va ularning tarkibiy qismlarini o’rganadigan tabiiy (tabiiy geografiya) va ijtimoiy (iqtisodiy geografiya), hamda mahsus geografik fanlar tizimiga ay- tiladi. Mahsus geografiya fanlari tizimi geografiya fanida shakllangan alohida muammolar bilan shug’ullanadi. Mazkur fanlar tizimiga siyosiy va harbiy geografiya, tibbiy geografiya, rekreatsiya va turizm geografiyasi, injenerlik geografiyasi, geografik bashorat, meliorativ geografiya, xizmat ko’rsatish geografiyasi va boshqalar kiradi (Vahobov, 2004, 14-bet). Qadimgi gidrotexnik inshootlar geografiyasi esa mahsus geografiyaning aynan ushbu tarmoqlarning barchasini ham o’zida mujassam ettira oladi. Ularning barchasi ma’lummikdorda qadimgi gidrotexnik inshootlar geografiyasining shakllanishida ishtirok etishi bilan birgalikda tabiiy va iqtisodiy geografiya tizimidan ham bo’lak holda ajralib qolmaydi. SHu boisdan bir-birlarini boyita ham boradi.Qadimgi gidrotexnik inshootlar geografik o’rganish jarayonida aynan o’sha muammolar bilan bir necha bor bahsga kirishilgan va u shubhasiz katta etnografik ahamiyat kasb etadi, uquvchini fikrlashga chorlaydi. Ba’zan hatto tarixiy faktlarga ham e’tiroz bilan qarashga undaydi. Mazhalliy aholi orasida suvga bo’lgan e’tiqod shunchalar kuchli edi-ki, suvga tomon supurish yoki suvga tupurish tugul hovuz, sardoba kabi suvi turg’un manba’larga qo’l tiqish yoki begona idish (sardobaning suv oladigan alohida idishi-chelak, ko’za v.h. bo’lar edi) botirishi mumkin bo’lmagan bir holda ayrim chet ellik sayohatchi olimlar (A.Vamberi) o’zbek bolalarining sardobada cho’milib, chorvasini sug’orayotganligini bayon qiladi.(Masson,1935,b 32)

Aslida har bir gidrotexnik inshoot o’ziga xos etnografik ob’ekt sifatida xizmat qila oladi. Chunki ularning turlari garchand Osiyoning o’zga xalqlar yashovchi hududlari bo’ylab uchrasada, mahalliy gidrotexnik inshootlarda ma’lum belgilari, xususiyatlari bilan o’ziga xoslik ham mavjud. Tuzilishi, tashqi kurinishi va ayrim xususiyatlaridagi umumiylik bilan birgalikda shu tariqa milliylik yoki ayrim xalqlarning yashash tarzini ifodalovchi muhim ob’ekt sifatida namoyon bo’ladi. Jumladan sardobalar Osiyoning Eron, Afgoniston, Arabiston, Yaman va hakozo mamlakatlarda uchrasada ba’zi xususiyatlari, masalan tuzilishi tufayli bir-biridan farqli ekanligini ko’rish mumkin. Umuman olganda suv qurg’oqchil o’lkada yashovchi har bir xalq uchun asosiy tiriklik manba’i bo’lganligi tufayli, uning manba’lari zamirida turlicha urf-odat elatlar uchun o’ziga xos bo’lgan xususiyatlar ham jamlanganligini ko’ramiz. SHu boisdan ham qadimgi gidrotexnik inshootlarni tadqiq etish muhim etnografik ahamiyatga ham ega. [ 9 ]

ARXITEKTURA VA SAN’ATSHUNOSLIKDAGI AHAMIYATI
Qadimgi gidrotexnik inshootlar qurilishidagi nafislik, tuzilishi, eng asosiysi bunyod etilish maksadiga ko’ra o’ziga xos arxitektura obidasi va san’at namunasidir. Yodgorlik (sardoba, qadimgi quduqlar, xovuzak, hovuz v h.) larning kompozitsiyasi, o’ziga xos jihatlari, hatto X asrlarda bu fanning nihoyatda katta yutuqlarga erishganligidan darak beradi. Aniq geometrik o’lchamlar asosida bunyod etilgan,gumbaz, ravoqlardagi ulug’- vorlik nafaqat tashqi ko’rinishga qaratilmagan, inshootning asosiy vazifasi bilan chuqur uygunlikga kirishgan. G’ishtlarning tayyorlanishi, terilishidagi aniqlik (poydevori 1,6 m gumbazning eng yukori qismida 4-5 sm qalinlikda,A.N.) , binoning zaxga aks ta’sirini oshirish kabi elementlar yuksak arxitektura va san’at namunalaridir. Qadimgi sardoba (Raboti Malik) quduqlar (Buxorodagi CHashmai Ayub, Turkiy Jandiy, Qizbibi kompleks lari), hovuzlar (Sitorai Mohixosa, Labi Xovuz, Naqshbandiy komplekslari) Urgutning yog’och (archali) hovuzlari, Sintobdagi Akko CHiroqchi tumani, Langar kishlogidagi Boshmon chashmasining hovuzagi nafaqat gidrotexnik inshoot, balki yuksak did va san’at bilan qurilgan arxitektura yodgorliklari safida turadi va balki insoniyatga yuksak estetik ruh bag’ishlay oladi. SHu boisdan ularni san’at asarlari namunasi sifatida qabul qilamiz. [ 8 ]
Gidrotexnik inshootlarni o’rganishning toponimik atamashunoslikdagi ahamiyati

Toponimik atamalar va gidrotexnik inshootlar geografiyasini o’rganish orasida uzviy yaqinlik mavjud bo’lib, u ikki xil ahamiyat kasb etadi. Dastlabkisi ma’lum toponimik atamalar ma’lum hududlar buylab qachonlardir gidrotexnik inshootlarning ayrim turlari tarqalganligidan darak bersa, uning ikkinchi ahamiyati o’sha toponimik atamaning asl mazmun mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Masalan: respublikamiz bo’ylab tarqalgan “Qaynar”, “Jo’sh” nomi bilan ataluvchi qishloqlar suvni idishga solib, o’t-olov yordamida qaynatish emas, balki suvni o’z-o’zidan yer yuzasiga ko’tarilib chiqishiga sababchi bo’luvchi “qaynar” gidrotexnik inshooti nomi bilan bog’liqligidan darak beradi. Darhaqiqat o’sha qishloqlarning geografik o’rni yer osti suvi yer yuzasiga o’z bosimi tufayli ko’tarila oladigan artezian havzalari hududiga tug’ri kelishi bilan xususiyatlidir. Ayrim qishloq va joy nomlari (Jizzax viliyatidagi Sardoba, Sardobako’l, Navoiy viloyatidagi Sardoba, Nurotadagi Qushxovuz, Navoli, Kattaqurg’on tumanidagi Koriz va hakozolar, bu yerlarda bir vaqtlari, gidrotexnik inshootlarning ma’lum turlari mavjud bo’lganligidan darak beradi. Shu bilan birgalikdaushbu nuqtada inshootlarning aynan shu turlarini bunyod etish uchun o’ziga xos imkoniyat mavjudligini tasdiqlovchi zamonaviy kursatgich rolini ham o’ynaydi. Respublikamiz bo’ylab hovuz, quduq, koriz, kanal, ariq, tegirmon, band, sardoba kabi birvqancha gidrotexnik inshootlar nomi bilan ataluvchi joy nomlari juda ko’p bo’lib u toponimik atamashunoslikning o’ziga xos qirralarini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir.

Qadimgi gidrotexnik inshootlarni o’rganishning gidrologik va gidrogeologik ahamiyati
Zamonaviy gidrologiya va gidrogeologiya fanida suvning me’yori (harorati, kimyoviy tarkibi, ozayib-ko’payishi), yer ostida harakatlanishi (yunalishi, tezligi, harakat va tarkibining masofalarda o’zgarishi), yemirish kuchini aniqlash va unga qarshi kurash masalalari eng ilgor texnologiyalar asosida o’rganiladigan dolzarb masalalar katoridan o’rin oladi. Aynan shu muammolar o’lkamizning qadimgi korizgorlari, sardoba quruvchi ustalari, quduqsozlari, miroblarini ham qiziqtirgan va ular bu borada asbob-uskunalar, ba’zan ko’z bilan chamalab elektron asbob-uskunalar anqligidagi muvaffaqiyatga erishganlar. SHu boisdan suyuqlik xossalarni o’rganib, suvning bosimi to’g’risidagi qonunni yaratgan XVII asr mashhur frantsuz fizigi Blez Paskal Xonbandini (Nurotadagi band, A.N.)ko’rganda edi, o’z qonunini O’zbekistonning qadimgi irrigatorlar nomi bilan atagan bo’larmidi. CHunki Paskal yaratgan qonun, undan 700 yil muqaddam X asr irrigatorlari tomonidan amalda - Xonbandi inshootini qurishda ishlatilgan (Muxammadjonov. 1968, 19-bet).

Nurota vohasidagi uch yuzdan ortiq koriz tizimlarini o’rganish esa, shuncha nuqtada grunt suvi qanday yo’nalish bo’ylab xarakatlanayotganligi to’g’risida ma’lumot beradi.Koriz,,balki quduq, qaynarlar yerostisuviningzamonamizdaozayibkupayishi, tahmi, qandaychuqurlikdayotishikabimuhimilmiymahlumotlarberuvchio’zigaxoskuzatuvpunktlarirolinio’taganvautamoqda. Balkiinshootjoylashgannuqtaningpaleogidrogeologikko’rsatgichlaritarzida ham qadrlanadi.Band, qulfakli hovuz, suvomborsardobaqurishdanoldinmahalliyirrigatorlarushaxududninggidrologikvagidrogeologikjihatlaribilantanishibchiqqanlarvashuboisdanushbuinshootnamunalarima’lumjoyning qadimgigidrologikvagidrogeologikxususiyatlarinizamonamizdagiko’rsatgichlaribilantaqqoslashdahammuhimrolo’ynaydi. Jumladansuvayirgich, ko’priklarqadimdao’zigaxossuvo’lchagichgidropostlartarzidaxamxizmatqilganbo’lib, ularmavjudbo’lgansuvarteriyalaribo’ylab, qadimgidavrlardaqanchasuvoqibo’tganligito’g’risidaaniq tasavvurlargaegabo’lishimizmumkin.

QADIMGI GIDROTEXNIK INSHOOTLARNING

AMALIY AHAMIYATI

Qadimgi gidrotexnik inshootlarning amaliy ahamyati quyidagi aspektlarda aks etadi: ichimlik suv taminotidagi o’rni; sugorishdagi ahamiyati; chorvachilikni rivojiantirishdagi ahamiyati; tibbiy ahamiyati; rekreatsiya axamiyati; turizmni rivojlantirishdagi axamiyati; yosh avlodni suvga bo’lgan etiqodini uygotishdagi ahamiyati.[ 8 ]


QADIMGI GIDROTEXNIK INSHOOTLARNINGICHIMLIK SUV TA’MINOTIDAGI O’RNI

Planetamizda aholining tez o’sishi va urbanizatsiya jarayoni, sanoatning rivojlanishi, qishloq xo’jalik ekinlari maydonining, asosan sug’oriladigan yerlarning kengayishi ichimlik suvga bo’lgan talabni yanada kuchaytiradi. Iflos suvni tozalamasdan yoki qisman tozalab to’g’ridan-to’g’ritabiiy havzalarga oqizish tufayli jahonning ba’zi hududlarida chuchuk-ichimlik suv tanqisligi boshlandi. SHu sababli kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan ta’minlashning quyidagi qo’shimcha imkoniyatlari bor: 1) yer osti suvlaridan foydalanish; 2) muzliklarning suvidan foydalanish; 3) dengizningsho’r suvini chuchuklashtirib foydalanish; 4) yomgir-qor suvidan foydalanish.

Respublikamiz miqyosida ushbu resurslarning faqat ikkitasi; yer osti suvlaridan va yomg’ir-qor suvlaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Muzlik va dengizning sho’r suvidan foydalanish darajasi respublikamiz uchunjuda arzimas ahamiyat kasb etadi yoki kuzatilmaydi. Aslida biz uchun bu muammolar unchalik katta xavf tug’dirayotgani ham yuq. CHunki garchand yirik suv arteriyalari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, CHirchik, Ohangaron kabi daryolarimizning quyi va o’rta oqimlarida suvning ichimlik darajasi juda past yoki arzimas ko’rsatgichlarga ega bo’lsada yuqori oqimlarida bu raqamlar qoniqarli darajalarga ega.

Yer osti suvlaridan foydalanish ko’rsatgichi respublikamiz bo’yicha 6%ni tashkil etadi (Baratov, 1996, b. 107). Ammo ba’zi hududlarda burg’u quduqlarini me’yoridan ortik; darajada qazish Qo’shrabot tumanidagi Buloqboshi, Kattakqo’rg’on tumanidagi Qahnabota kabi yirik buloqlarning qurib qolishligiga sabab bo’lmoqda.Demak yer osti suvining sathi haddan ziyod pastlab ketmoqda, bu holat bizni sergaklantirmog’i lozim.Demak yer osti suvidan xam keragidan ortiqcha foydalanib bo’lmaydi.Undan tejamkorlik bilan foydalanish lozim degan tushuncha kelib chiqadi.Bu borada aynan qadimgi gidrotexnik inshoot vakilla r i - qayna r. chog’om, quduq, koriz, yer osti suv omborlariga murojaat qilish maqsadga muvo- fiqdir.Yomgir-qor suvidan ichimlik maqsadida foydalanish sharq xalqlariiing qadimgi an’analariga o’zak bo’la oladi.Shu boisdan ham qadimda cho’l, dasht, tog’ yon bag’ri, shahar-qishloqlar bo’ylab sardoba, chirli, doshqoq kabi gidrotexnik inshootlar bunyod etilgan. Ma’lumotlarga kura Shom, Qaysariya (Falastinda), Iskan- dariya (Misr) aholi faqat yomg’ir suvidan iste’mol qiladi. Xar bir hovlida hovuz bo’lib, unga yomg’ir suvini tuplab zaxira qilib qo’yishadi (Nosir Xisrav, 2003, 25-45-bet). Zamonamizda ham chuchuk suv taqchil bo’lib qolgan hududlar bo’ylab aholi yomg’ir suvidan ichimlik tarzida foydalanmoada.AQSHning suv taqchil rayonlarida pastro yerlarni asfal’tlab, to’plangan yog’in suvlaridan foydalanilmoqda.Yoqqan yog’inning 60%ini bu usul bilan saqlab qolish mumkin. Urtacha yillik yog’in mikqdori 370 mm bo’lgan va hajmi 9,6x14,4 km maydon asfal’tlansa yiliga 30 mlrd. l yogin suvini to’plash va u bilan 100000 kishini chuchuk suvga bo’lgan talabiniqondirish mumkin. U rta Osiyo, xususan O’zbekistonning 300-350 mm yog’in tushadigan tog’ oldi vacho’l hududlarida maydonni asfal’tlash uchun hojat yo’q. Tabiiy taqirlar markazida qurilgan doshqoq yoki chirlilar bemalol shuncha chu-chuk suv zaxirasini tuplay oladi. CHunki bir gektar taqir yerida 15-20 ming m3 yog’in suvini to’plash mumkin (Baratov, 1996, b. 107). Sardobalar o’rtacha hisobda 200 m3 yog’in suvini to’plash imkoniyatiga ega.Bu ko’rsatgich cho’l hududlarda tengsiz boylik, tuganmas xazinadan, ham qimmatliroqdir. Chunki oqar suv kuzatilmagan va yer osti suvi sho’r hududlarda u yagona suvloqlar o’rnini o’taydi .[ 9 ]

Koriz suvi bilan garchand dehonchilik talablari qondirilsada aholini ichimlik suv bilan ta’minlashdagi o’rni ham juda muhimdir.Shu boisdan Eron, Turkiya, Arabiston, Afganistan vax. k. kabi qurg’oqchil o’lkalardagi yirik shaharlarning millionlab aholisi ichimlik suvga bo’lgan talablarini koriz tizimlari orqali qon- dirishadi. Agar har bir yirik koriz tizimining sekundiga bir necha kubometr suv berishini hisoblasak, bu gidrotexnik inshootlarning ichimlik suv ta’minotidagi o’rni nihoyatda muhim ekanligi ma’lum bo’ladi.Chunki birgina Nurota atrofidagi mavjud 360 dan ziyod koriz tizimlari 360 arikq toza ichimlik suv demakdir.Aytganday ota--bobolarimiz ariq va anhorlardagi oqar suvni istehmol qilishardi. Chunki o’zanlardan ichishga yaraydigan toza suv oqardi.Sardoba, koriz kabi inshootlar mavjudbo’lmagan hududlarda chirli, quduq, doshqoq, hovuz, qulfakli hovuz kabi inshootlar ichimlik suv ta’minotida yuz berishi mumkin bo’lgan taqchillikka barham berganlar. Ular ulashayotgan suv miqdorining ko’rsatgichi qishida dastlab arzimasdek taassurot uyg’otsa-da, yurtimizning har bir qishloq, mahalla xatto xonadonlarda ham alohida hovuz, quduq kabiqurilmalar mavjud bo’lganligini hisobga olar bo’lsak, qadimgi gidrotexnik inshootlarning aholini ichimlik suv bilan ta’minlashdagi roli naqadar ulkan ekanligini tasavvur etish qiyin emas. Bunday ahamiyat zamonamizda ham o’z dolzarbligini yuqotganicha yo’q, aksincha ayrim hududlarda tabora keskinlasha bormokda.Bu muammoni asrlar mobaynida yaratilgan xalqona an’analarni tiklash orqali yechish imkoniyatlari mavjud. Mintaqamizda yashaydigan tub-joy aholining urf-odatlari kabi yaratgan qadimgi gidrotexnik inshootlari kabi qadriyatlari ham suvni tejab-tergash va uni bebaho boylik sifatida e’zozlash tamoyillari asosida shakllan- gan. Ushaan’analarimizga amal etilsa suv tanqisligi yurtimiz bo’ylab kuzatilmaydi. [13 ]

QADIMGI GIDROTEXNIK INSHOOTLARNING SUG’ORISHDAGI AHAMIYATI

Markaziy Osiyo xalqlari tarixiy an’analari orqali suv qadrini juda yaxshi biladilar.Bu hol O’zbekistonda yanada yaqqol aks etadi.Chunki shudgor qilinadigan barcha yerlarning 98 foizini obikor maydonlar tashkil etib, suv hosildorlikning yagona manba’i hisoblanadi.Biroq, keyingi vaqtlari amalda suvdan foydalanish tekin bo’lganligi bois aholi o’rtasida unga nisbatan yomon ma’nodagi iste’molchilik munosabati shakllanib qolgan.Aslida esa bu hududda qadimgi gidrotexnik inshootlar sug’orish tizimlarining me’yoriy jihatlarini belgilab beruvchi etalon sifatida ham xizmatxizmat qilar edi.Demak sug’orishda qadimiy an’analar asosida tejamkorlik bilan foydalanilsa respublikamizda sug’orish uchun chuchuk suv taqisligi muammo da- rajasiga kutarila olmaydi.Chunki har bir hududdagi mavjud gidrotexnik inshootlar o’sha hududning tabiiy geografik sharoiti asosida bunyod etilgan bo’lib, o’sha inshoot quvvatidan yuqori darajada suv miqdori sug’orishga jalb etilmagan.Cho’l hududlarda bog’ vadaraxtzorlarni sug’orish uchun Misr yoki Qashqadaryo cho’llari- dagi tokzorlar kabi quduq suvi bilan sug’orilgan. Suv tanqisligi tufayli Qarshi ch’'lida yerning bir tomonda

1,5 arshin kenglikdaqudutq qazib, uning atrofiga pishgan g’isht teribchiqishadi. Quduq tepasiga chig’ir moslamasi o’rnatilib, echki terisidan mesh (paqir)lar yasab, ot yordamida quduqlardan suv olishadi; shundan keyin dehqon o’z ekinini sug’oradi. Tomorqadagi mevalar, poliz ekinlarini va tamakilarni quduq suvi bilan sug’orish keng tarqalgan (Jabborov, 1994, 95-bet). Agar o’sha hududlarda sug’orish uchun suv hozirgidek kanallar orqali olib kelinib mo’lko’l sarflana boshlanganda edi sho’rlanish darajasi oshib, ba’zan esa ikkilamchi sho’rlanish ham yuz berar va hosildorlik darajasi keskin pasayib tuproq tarkibidagi mikroelementlar darajasi o’zgarib, maxsulot tannarxi kutarilib ketgan bo’lar edi. O’rtacha chuqurlikdagi (20 m) quduqdan sekundiga 5-40 l suvni ekin maydonlariga zamonaviy suv surg’ich elektr qurilmalar yordamida ko’tarib berish mumkin.Qadimda bu yumush jonivorlar kuchidan foydalanilgan holda bajarilganligini hisobga olsak, oqimning yuqoriga ko’tarilayotgan miqdor kursatgichi biroz kamchilikni tashkil etishini tasavvur etamiz. Ammo bu holat quduq tubida butun vegetatsiya davri bo’ylab suvning uzilmasligini ta’minlashda juda muhimdir.Darhaqiqat ayrim quduqlardan suvni kuchli elektrqurilmalar yordamida so’rib olish tufayli yer ostida yetarli darajada nam to’plana olmay qolishi tez-tez sodir bo’lib turadi. Shu boisdan ham qadimgi gidrotexnik inshootlarning yana bir ijobiy tarafi, ya’ni tabiiylikni sof holicha saklash ahamiyati takror bo’rtib ko’rinadi. Ko’pchilikda qadimgi gidrotexnik iishootlarning sug’orish ishlaridagi ahamiyati arzimasdek taassurot uyg’otadi.Aslida esa bu raqam anchagina jiddiy ko’rsatgichlarga ega ekanligini ko’ramiz. Masalan, III asrda qazilgan Xorazm- ning Qiyot kanali va bir qancha ariqlar evaziga sug’orilgan obikor yerlarning umumiy maydoni 1,3 mln. gatashkil etar ekan. Bu xozirgi Xorazm viloyatidagi sugo- rilib dexqonchilik qilinadigan yer maydonlaridan to’rt barobar ko’p demakdir.Zarafshon vohasida Buxoro amirligi davrida 30 ta kanal 545 desyatina maydonni sug’organ. Fargona vodiysida XIX asrning o’rtalarida kanal- arqlar orqali 243 desyatina yer sug’orilgan vax-k. (Irrigatsiya Uzbekistana, 1975, b. 157).

Sug’orish ishlarida korizlarning ahamiyati ham ancha salmoqdor edi. Ayrim o’lkalarda nafakat qadimda balki zamonamizda ham korizlarning dehqonchilikdagi o’rni nihoyatda yuksak ekanligini ko’ramiz.Masalan, Afgonistonning 20% sug’oriladigan maydoni koriz tizimlari yetkazib berayotgan suv evaziga hosil beradi.Bu raqam Tarnoq G’azna daryolarining vohasida hatto 40% gacha ko’tariladi (Usmanov, 1984, b. 84).Respublikamizda bu ko’rsatgich ancha past bo’lsada uning ayrim hududlarida sezilarlik ahamiyat kasb etadi. Masalan: faqat Nurota shahri atrofida manba’lardagi ko’rsatgichlarga ko’ra (Muhammadjonov, 1968, 12-bet) 366 koriz tizimi mavjud edi. Bu ko’rsatgichni butun Nurota tog’i etaklari misolida ko’rsak yanada kattaroq ko’rsatgichga ega bo’lamiz.Demak birgina shu hudud bo'ylab 400 dan ortiq koriz yoki 400 dan ortiq ariq dalalarni sug’organ deya olamiz.Ularning ba’zilari hanuz faoliyatini tuxtatganichayo’q. Aynan sug’orish uchun muljallangan gidrotexnik inshootlar ichida qulfakli hovuz va suv omborlarning ahamiyatini ko’rsatib o’tish joizdir. Ayniksa qulfakli hovuzlarni qurish katta sarf-xarajatlarsiz yoki mahsus qurilish materiallari sarf etilmasdan mahalliy aholi tomonidan, tosh, chim, paxsadan barpo etiladi.Xar birqulfakli hovuz o’rtacha 2000 m3 atrofida suv yig’a olgan va 7-8 soat mobaynida yig’ilgan suv hisobiga bir xo’jalik, o’rtacha 2 ga maydondagi ekinlarini sug’ora bilganlar. Demak bir oy mobaynida oddiy qulfakli hovuz 60 gektar maydonni sug’orib bergan.

Suv omborlarning sug’orishdagi ahamiyati yanada salmoqli edi. Birgina Xonbandi suv omborida 1.600000 kubometr suv to’plangan va 1500 ga yerni sug’ora olgan. G’ishtband suv ombori 300000 m3 suv to’plab, 250-300 ga. Abdullaxon bandi suv ombori esa 1200000 m3suv to’plab 1000-1200 ga maydonni sug’organ (Muhammadjonov, 1969, 23-bet). To’sinsoy suv ombori ularning har uchchalasidan ham yirikroq bbo’lgan bo’lishi mumkin, chunki soyning hozirgi davrdagi o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 900 l/s ni tashkil etadi.

Umuman olganda qadimgi gidrotexnik inshootlarning aksariyat turlari, jumladan tusish ahamiyatiga, yo’naltirish, o’tkazish, xullas suv ayirish inshootlaridan tortib to ko’tarib chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan chigirgacha aynan sug’orish ishlari uchun mo’ljallangan qurilmalardir.Olaylik bitta chigir bilan bir sutkada 2 ga yerni sug’orish imkoni bo’lgan holda, yerni shurlanishdan ham himoya qilgan. Ma’lumotlarga ko’ra Xorazm vohasida 1917 yilgacha 80 mingdan ziyod shundaymoslama mavjud edi va ular bir kecha-kunduz davomida160000 ga yerni sifatli sug’orish imkoniyatiga ega bo’lgan (Irrigatsiya Uzbekistana, 1975). Mana shu ma’- lumotlarning o’ziyoq, qadimgi gidrotexnik inshootlarning sug’orish ishlaridagi ahamiyati nechog’lik katta ekanligidan darak beradi.[ 12 ]

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish