Tabiiy va aniq fanlar



Download 375,57 Kb.
bet7/14
Sana14.06.2022
Hajmi375,57 Kb.
#670847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
YAFG Amaliy mashg\'ulotlar

Topshiriqlar


1. O’qituvchi komandasi bilan kvadratlar ichiga nuqta qo’ying, o’rtachasini aniqlash va jadval asosida ixtiyoriy harakat foizini hisoblang.



A – o’quvchining o’rtacha natijasi, S–umumiy o’rtacha ko’rsatkich (jadval)










№ 1 nuqtalar soni ________

№ 2 nuqtalar soni ________










№ 3 nuqtalar soni ________

№ 4 nuqtalar soni ________

O’rtacha _________________ Foiz ko’rsatkichi ________

O’rtacha ko’rsatkichingiz ___ Guruhning o’rtacha ko’rsatkichi ____



Yosh




7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

Nuqtalar soni

O’g’il

40

45

52

56

58

60

63

65

67

70

75

80

Qiz

35

38

41

44

47

51

53

55

55

62

66

72



  1. Anfimov jadvali bilan ishlang va olingan natijalar asosida jadvalni to’ldiring.




Ish vaqti

Berilgan harflar

4 daqiqa davomida topilgan harflar soni

Jadvalda mavjud harflar soni

Jami va topilgan harf sonlarining farq




A




160







V




176







E




146







I




202







K




153







N




144







S




175







X




209







  1. Quyidagi formulalar yordamida tajriba natijalari aniqlanadi.

A - aniqlik koefitsienti,



    1. o’chirilgan harflar soni,

    2. –ko’rilgan harflar soni.

R=A×S R – A.I.Q.koefitsienti,
S – ko’rilgan umumiy harflar soni
4-amaliy mashg’uloti
Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ta’sirini o’rganish


Jismoniy harakatning yurak va qon tomir tizimiga ta’sirini o’rganish.
O’ng qo’lning 4 ta barmog’ini tekshiriluvchining bilak arteriyasi sohasiga qo’yib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Shundan so’ng bir daqiqa davomida puls – yurak urushining soni aniqlanadi. Arterial pulsning bir minutlik sonini uch marotaba aniqlanadi va o’rtachasi hisoblanadi (sog’lom odamda pulslar soni bir minutda o’rtacha 72– 85 ta).
Tekshiriluvchi 10 marta o’tirib turgandan so’ng yana puls sanaladi. Tinch holatdagi va jismoniy zo’riqishdan keyingi natijalarni solishtiriladi. Korotkov usulida qon bosimini aniqlash.
Qon bosimini o’lchash uchun qo’lning elka qismiga maxsus rezina halta o’rab, u manometr bilan tutashtiriladi, so’ngra bu halta ichiga rezina nok orqali bilak arteriyasidagi puls yo’qolguncha havo yuboriladi. Keyin vintli klapan yordamida halta ichidagi havo asta-sekin chiqariladi. Shu vaqtda elka arteriyasi tovushi fonendoskop bilan eshitiladi. Elka arteriyasini siqib turgan rezina halta ichidagi bosim kamayib, ma’lum darajaga etganda arteriyadan qon o’ta boshlaydi. Shu vaqtda fonendoskop orqali tovush eshitiladi. Bu moment maksimal bosimni ko’rsatadi. Haltadan havo chiqaversa va bosim ancha pasayadi, keyin tomirda tovush eshitilmay qoladi, bu minimal bosimni ko’rsatadi. Elka arteriyasida sog’lom odamda maksimal qon bosimi o’rtacha 110-115 mm, minimal bosim esa 70-75 mm simob ustunida bo’ladi. Korotkov bo’yicha o’lchanadigan bosimga ketgan vaqt 1 minutdan oshmasligi kerak.
Puls bosimi kattaligi sistolik bosim kattaligidan diastolik bosim kattaligini ayirish bilan hisoblanadi.

Topshiriqlar





  1. 1 minutdagi arterial pulsingizni sanang va jadvalni to’ldiring.




1 minutdagi arterial pulslar soni (normal 72– 85ta)

Jismoniy nagruzkadan so’ng

1- marta

2- marta

3- marta

O’rtacha

Guruh
o’rtachasi

Shaxsiy

Guruh
o’rtachasi

























  1. Ikki kishidan bo’lib Korotkov usulida qon bosimini aniqlash




Tekshirilayotgan shaxs

Maksimal qon bosimi (o’rtacha 110-115 mm)

Minimal qon bosim (o’rtacha 70-75 mm)

1- talaba







2- talaba






5 – amaliy mashg’uloti



Ko’rish o’tkirligi va ko’rish maydonini aniqlash


Maqsad: Ko’rish o’tkirligini Golovin jadvalidan, ko’rish maydonini perimetr asbobi orqali aniqlash texnikasini o’rganish.
O’quv jihozlari: Golovin jadvali, metr, ko’rsatkich, perimetr, yarim sharlar proektsiyasining aksi, qalam, rangli markalar, chizg’ich, qog’oz.


Laboratoriya ishining nazariy qismi:
Ko’z o’tkirligini aniqlash.
Ko’z o’tkirligini aniqlash uchun Golovin jadvali yorug’lik yaxshi tushadigan devorga o’sib qo’yiladi. Tekshiriluvchi odam 5 m nariga o’tiradi yoki o’sha joyda tik turadi. Bir ko’zni berkitib, jadvalning yuqorisidan patsga tomon har bir qatordagi harflarni o’qiy boshlaydi, tekshiruvchi jadval oldida turib, ko’rsatkich bilan har bir qatordagi raqamlarni yuqoridan boshlab ko’rsatadi. Bunda tekshirilayotgan odam o’qiyotganida ma’lum qatorga kelib xato qilsa, o’sha qatordan yuqoridagi qatorni to’g’ri o’qigan bo’ladi. Masalan, 6-qatorda xato qilsa, 5-qatorni to’g’ri o’qigan bo’ladi. Binobarin bunda shu qatorning yonida yozilgan masofaga qarab, 12,5 metrni aniqlaymiz.
Demak, uning ko’z o’tkirligi 5/12,5=0,4 bo’ladi, ya’ni, bu misolda 5 m tekshiriluvchi turgan masofa, 12,5 o’sha qatorning o’qilishi mumkin bo’lgan masofasi. Golovin jadvalidagi birinchi qator harflari normal ko’z bilan 50 m masofadan, oxirgi qatordagi harflar esa 5 m masofadan o’qiladi.
Ko’rish maydonini aniqlash.
Agar ko’rilayotgan buyumning aksi ko’z to’r qavatining dog’iga tushsa, u juda aniq ko’rinadi, chunki bu dog’ to’r qavatdagi yorug’likni juda yaxshi sezadi. Uning atrofi esa aksincha, yorug’likni kam sezadi, shuning uchun buyumning aniqligi kamroq bo’ladi. Buyumlarni to’r qavatining pereferik (chetki) qismi bilan ko’rish pereferik ko’rish deyiladi. Bu ko’rish har tarafdan cheklangan bo’ladi va uning katta-kichikligi ko’rish maydoni deb ataladi. Ko’rish maydonining kattakichikligi sariq dog’ bilan pereferiyada (chetda) joylashgan eng oxirgi nuqta orasidagi burchak bilan aniqlanadi. Bu burchak burun tomonga, pastga va yuqoriga qarab 60 gradusga, tashqari tomondan esa 90° va undan ortiqqa teng bo’ladi.
Odamlarda ko’rish maydoni har xil bo’lib, u ko’z soqqasining shakliga, uning joylanish chuqurligiga, qosh usti yoyi va burunning shakliga hamda to’r qavatning funktsional holatiga bog’liq. Rangli (xromatik) va rangsiz (axromatik) ko’rish maydoni farqlanadi. Axromatik ko’rish maydoni xromatik ko’rish maydonidan katta bo’ladi, chunki axromatik ko’rish to’r qavatining asosan chet (periferik) qismida joylashgan tayoqchalarning faoliyati bilan bog’liq. Har xil ranglar uchun ko’rish maydoni bir xil bo’lmay, balki sariq rang uchun eng katta yashil rang uchun esa eng tor bo’ladi. Axromatik ko’rish maydonining chegarasi quyidagicha: tashqaridan 100° gacha, ichki va yuqoridan 60° va pastdan 65°.
Ko’rish maydonini aniqlash uchun perimetrdan foydalaniladi. Buning uchun tekshiriluvchi odam yorug’ tushayotgan joyga (oynaga orqa o’girib) o’tiradi va uning ro’parasiga perimetr qo’yiladi. Perimetrning harakatchan plastinkasiga avval oq rangli marka qo’yiladi. Tekshiriluvchi odam ko’zini, perimetrning o’rtasiga to’g’rilab, bittasini qo’li bilan bekitadi. Tekshiruvchi harakatchan plastinkani astasekin o’rtaga, to tekshiriluvchi ko’rguncha surib boradi va u ko’rgandan keyin plastinka qaerda turganini yozib oladi. Keyin ikkinchi ko’zning ko’rish maydoni aniqlanadi. Olingan natijalar yarim sharlar proektsiyasiga ko’chiriladi va u erda hosil bo’lgan ko’p burchak normal odamda bo’ladigan ko’p burchak bilan solishtiriladi. Boshqa ranglar uchun ham ko’rish maydoni shu usulda aniqlanadi va olingan natija solishtiriladi. Turli ranglar uchun ko’rish maydoni turlicha bo’ladi.














Download 375,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish