«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


O’.T.I.B.D.O’:-----------------M.Axmedova



Download 0,51 Mb.
bet29/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

O’.T.I.B.D.O’:-----------------M.Axmedova
SANA:12.03.2020-yil Tabiatshunoslik Sinf: 3-“B”
Mavzu:Hayvonot olami va uning xilma-xilligi
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga baliq, baqa va qurbaqa, o‘txo‘r va go‘shtxo‘r hayvonlar, oziq zanjiri haqida ma’lumotlar berish, yovvoyi hay-vonlarning turli xillari bo‘yicha o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: tabiatda tirik organizmlarning oziq zanjiri orqali o‘zaro bogdiqligini tushuntirishda o‘quvchilarda tabiatga to‘g‘ri munosabatda bodish hissini tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchi-larning hayvonlar haqidagi bilimlarini rivojlantirish, oziq zanjiri haqida dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: turli yovvoyi hayvonlar, suvda yashovchi hayvonlar, baqa va qurbaqa tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: suhbatlashish, «Aqliy hujum» interfaol metodi.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, turli yovvoyi hayvonlar, suvda yashovchi hayvonlar, baqa va qurbaqa, oziq zanjiri tasvirlangan rasmlarni osish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Awalgi darsda o‘tilgan «Uy hayvonlari» mavzuyi yakunida berilgan savollar bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. 0‘quvchilar bilan quyidagi qo‘shimcha savollar bo‘yicha ham suhbatlashish davom ettirilishi mumkin:
1. Qoramollar, qo'ylar va otlar qayerda boqiladi?
2. Qoramollar, qo‘ylar va otlar qishda qanday boqiladi?
3. Boshqa uy hayvonlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Qaysi uy hayvonini ko‘proq yaxshi ko‘rasiz? U qanday boqiladi?
Yozib kelgan hikoyalar o‘qitiladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Hayvonlarning xilma-xilligi» mavzuyi boshida keltirilgan quyidagi savollar bo‘yicha suhbatlashiladi:
1. Yovvoyi hayvonlarning uy hayvonlaridan farqi nimadan iborat?
2. Suvda qanday jonivorlar yashaydi?
Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga suvda yashovchi hayvonlar, baliq, suvda ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baqa va qurbaqa, o‘txo‘r va go‘shtxo‘r, oziq zanjiri haqida batafsil so'zlab beriladi. Bundan tashqari o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab boshqa yovvoyi hayvonlar haqida ham so‘zlab berish tavsiya etiladi. Shu maqsadda quyidagi matnlardan foydalaniladi.
Yo'lbars. Yovvoyi hayvonlardan eng yirtqichi yo‘lbarsdir. U daryo bo‘yi va katta ko‘l qirg‘oqlaridagi qamishzor, to‘qayzor hamda changalzorlarda yashaydi.
Yo‘lbars suvda yaxshi suzadi, ammo daraxtga chiqa olmaydi. Terisidagi qora dog’lar yashaydigan yerning umumiy ko‘rinishiga mos keladi. Uning terisi quyosh nurida sarg‘aygan poya va qamishlarning rangiga o‘xshash sariq, ola-bula bodadi.
Yo’lbars suv ichgani kelgan yovvoyi hayvonlarga birdan tashlanib, ularni tutib yeydi. Yodbars yovvoyi cho‘chqa, bug‘u, yovvoyi echki va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi.
Arslon. Arslon sher deb ham ataladi. U barcha yirtqich hayvonlar ichida zo‘ri hisoblanadi. Uni hayvonlar shohi deb bejiz aytmaganlar. Erkak arslonning bo‘yin va ko‘kragini qoplab olgan yoli bodadi. Bunday yol urg‘ochi arslonda va yoshlarida bodmaydi. Dumining uchida chiroyli popugi bor. Arslon chod va dasht singari ochiq yerlarda yashaydi.
Arslon kechasi ovga chiqadi. Kunduzi esa cho’l va dashtdagi chuqurchalarda yotadi. U kiyik, zebra va yovvoyi cho‘chqa kabi hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ko‘pincha qo‘y, echki, ot va sigir kabi uy hayvonlariga ham hujum qiladi.
Ilon. Ilonlar suvda va quruqlikda yashaydi. Ilonlarning oyog’i bo’lmaydi. Shuning uchun ham u sudralib yuradi. Ilonlar vaqt-vaqti bilan po‘st tashlaydi.
Ular sichqon, qushlarning bolasi, kaltakesak, baqa va baliqlar bilan ovqatlanadi.
Ilon toshlar orasiga, sichqon va kalamushlar iniga, yer yoriqlari va kovaklarga, daraxtlarning ildizi ostiga kirib qishki uyquga ketadi. U bitta, bir nechta, ba’zan esa 100 tadan 200 tagacha bodib qishlaydi.
Ilonlar zaharli va zaharsiz bodadi. Zaharli ilonning zahari olinadi. Ilon zaharidan tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi.
Zaharsiz ilonning eng ko‘p tarqalgani suvilonidir. Suvilon mart oyida qishki uyqudan uyg‘onadi. Ular bahorning dastlabki kunlarida suvga bormaydi. Soatlab oftobda isinib yotadi. Aprel oyida suvga tushib oladi.
Suvilon suvda yaxshi suzish bilan birga, quruqlikda ham tez sudralib yura oladi. U ko‘pincha ariq, hovuz va anhorlarga yaqin joyda yashaydi. Baqa va mayda baliqlar bilan ovqatlanadi.
Zaharsiz ilonga bo‘g‘nia ilon ham kiradi. Bu ilon tutib olgan hayvonlarini bo‘g‘ib oddiradi, so‘ngra butunligicha yutib yuboradi. O‘zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlarga qora ilon, charx ilon, ko‘lvor ilon, qalqontumshuq ilon va ko‘zoynakli ilon kiradi.
Zaharli ilon chaqqanda shifokorga borishdan oldin qod-oyoqning ilon chaqqan joyidan yuqori qismi bogdanadi. Ilon chaqqan joydagi qon qod bilan siqib chiqariladi yoki so‘rib tashlanadi. Ilon zahari sodak tekkanda qisman kuchsizlanadi. So‘ngra kaliy per-manganat yoki soda eritmasiga dokani ho‘llab jarohatlangan joyga bosiladi. Ilon chaqqan kishiga suv, limonad, sut va kofe ichirish foydalidir. Dastlabki tadbirlar ko‘rilgach, shifokorga murojaat qilish lozim.
Kaltakesak. U, ayniqsa, chodda ko‘p bodadi. Kaltakesak oyoqlari bodishi bilan ilondan farq qiladi. Sariq ilon ham kaltakesakdir. Kaltakesaklarning 2 juft oyogd bodadi. Faqat sariq ilonning qod-oyogd bodmaydi. Ular juda tez yuguradi.
Kaltakesak qo‘ngdz, o‘rgimchak, chumoli, chigirtka, beshiktervatar va pashshalar bilan ovqatlanadi. U biror daraxt tagiga yoki qum tepalarning yon bag‘riga in quradi. Sovuq tushganda iniga yashirinib, ko‘klamgacha karaxt bodib yotadi.
Toshbaqa. U dala, qir va togdarda ko‘p uchraydi. Toshbaqa tanasining ustida va ostida suyak kosasi bodishi bilan ilon hamda kaltakesakdan farq qiladi. Toshbaqa o‘t bilan oziqlanadi. Chigirtka va qo‘ngdzlarni ham yeydi. Aprel-may oylarida urg‘ochi toshbaqalar qumga uchtadan beshtagacha tuxum qo‘yadi. Avgust oyida tuxumlardan yosh toshbaqalar chiqadi. Ular qum orasiga kirib, kelgusi bahorgacha uyquga kiradi.
Toshbaqa daraxtlar tagiga, past va baland joylarga in qaziydi. U iyun oyida iniga kirib olib, oldin yozgi uyquga, keyin esa qishki uyquga kiradi. Bitta inda ba’zan ikki-uchta va hatto beshta toshbaqa bo’ladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzu bayon qilingandan so‘ng o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan navbatma-navbat murojaat qilinadi:
1. Suvda yashaydigan qaysi hayvonlarni bilasiz?
2. Baqa va qurbaqa qanday hayot kechiradi? Ular bir-biridan qanday farq qiladi?
3. O‘txo‘r hayvonlardan qaysilarini bilasiz?
4. Go‘shtxo‘r hayvonlardan-chi? Jadvalni to’ldiring:


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish