Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo’yicha baholar quyidagicha farqlanadi:
ulgurji baholar;
chakana baholar;
sotib olish baholari;
smeta qiymati;
tariflar.
XYuSlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xo’jaligi yoki boshqa XYuSlarga yoki ta’minot tashkilotlariga sotadigan bahosi ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli uchun kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o’rnatilgan baho chakana baho deb ataladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o’z mahsulotlarini davlatga sotish sotib olish(yoki xarid) baholarida amalga oshiriladi.
Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va b.)ning bahosi to’lanadi.
Yuklarni tashish, elektroenergiya, issiqlik, suv, sog’-liqni saqlash xizmatlari, mehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlarning bahosi tariflar orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |