Baholarni shakllantirishda xarajatli yondoshuv metodida XYuSning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish haqiqiy xarajatlari asosiy tayanch nuqta sifatida qabul qilinadi. Baholarni shakllantirishning bu metodi tarixiy jihatdan eng qadimgi (eski) va eng ishonchli hisoblanadi. Uning zaminida XYuS mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining buxgalteriya hujjatlari bilan tasdiqlangan (isbot qilingan) xarajatlaridan iborat bo’lgan haqiqiy asos yotadi. Ma’lum darajada bunday yondoshuvning obro’si baholarni shakllantirishni barcha xarajatlarga normal daromadlarni to’liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovarlar o’rtasida to’g’ri taqsimla-nishining XYuS uchun zarurligini nazarda tutuvchi iqtisodiy nazariya orqali qo’llab-quvvatlanishi bilan belgilanadi. Biroq baholarni shakllantirishning xarajatli metodi ba’zi bir kamchiliklarga ega. Xususan, ko’p hollarda mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajatlarning salmo-g’ini, bu narsa ushbu yondoshuvga ko’ra bahoning asosi bo’lishiga qaramasdan, baho aniqlanganiga qadar uni o’rnatishning iloji yo’q.
Mahsulotni sotishni bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq tashkil etishda bahoning darajasini ishlab chiqarish masshtabi va sotish hajmi aniqlab beradi. Iqtisodiy nazariya va buxgalteriya hisobiga ko’ra, mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning salmog’i ishlab chiqarish masshtabiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ortsa, bir buyumga to’g’ri keluvchi
doimiy xarajatlar summasi va uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning umumiy miqdori kamayadi. Baholarni shakllantirishga yondoshuvlarni taqqoslash quyidagi xulosani chiqarishga imkon beradi: bilimli menejer, bu sohadagi uning qarori haqiqiy xarajatlarni qoplash va faoliyatning tarkib topgan sharoitlarida ko’zda tutilgan foydaning tegishli miqdorini olishning zarurligi bilan belgilangan bir paytda, baholarni shakllantirishning passiv yo’lini tanlamasligi kerak. Bu yerda passiv baholarni shakllantirish deyilganda baholarni qat’iy tarzda xarajatlar metodi asosida yoki raqobatchilarning baho bo’yicha qarorlari ta’siri ostida o’rnatilishi(aniqlanishi) nazarda tutilayapti.
Hozirgi sharoitda baholarni aniqlashdagi eng oqilona yondoshuvlardan biri baholarni faol shakllantirish hisoblanadi. U baholarning belgilanishini sotishni boshqarish siyosati doirasida eng foydali ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarishning o’rtacha xarajatlari va operatsiyalar foydaliligining maqsadli darajasiga erishish maqsadida tashkil etishni ko’zda tutadi. Baholarni boshqarish orqali sotishning kerakli hajmi va unga mos keladigan o’rtacha xarajatlarning miqdoriga erishiladiki, bu narsa oxir oqibatda, XYuSni operatsiyalar foydali-ligining ko’zda tutilgan darajasiga olib chiqadi.
Muammoni hal etishga bunday yondoshuv baholarni shakllantirish xarajatli metodining “kuchsiz” bozorlarda (kon’yunkturasi yomonlashib borayotgan bozorlarda) juda yuqori baholarni yoki “kuchli” bozorlarda (talab o’sib borayotgan bozorlarda) juda past baholarni o’rnatish odatidan qochishga imkon beradi.
Baholarni shakllantirishning xarajatli metodidan voz kechish oson ish emas. Chunki bu narsa XYuSlarning mene-jerlaridan yangi mahsulotni ishlab chiqarishga inve-stitsiyalar boshlangunga qadar baho bo’yicha ularning pozitsiyalarini aniqlashni taqozo etadi. Buning uchun yangi buyumlarni yaratish algoritmini to’liq o’zgartirish, baho-larni shakllantirishning qimmatli (boylikli) yondoshuviga o’tish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |