M
Mahalliy byudjet – Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Mahalliy soliqlar va yig’imlar – mahalliy byudjetlarga olinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to’lovlari. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig’i, yer solig’i, reklama solig’i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im, avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im, obodonchilik ishlari uchun yig’im va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |