Maxsus bojxona bojlari – bojxona bojlarining ko’rinishlaridan biri bo’lib, agar mamlakatga olib kirilayotgan mahsulotlar shunga o’xshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatning o’zidagilarga zarar etkazadigan bo’lsa, himoya vositasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqa mamlakatlarning diskriminatsion harakatlariga nisbatan javob tariqasida ham qo’llanilishi mumkin.
Maqsadli soliq imtiyozlari – xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli ravishda o’zaro manfaatdorlik (o’zaro foydalilik) asosida mintaqaviy byudjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |