T. Malikov O. Olimjonov moliya


Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati



Download 1,07 Mb.
bet256/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati

Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligining shakllanishi jarayonida alohida o’rin tutadi.

Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo’ja-ligining tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya munosabatlarini jahon xo’jaligining rivoj-lanishi natijasida shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.

Jahon xo’jaligi – bozor iqtisodiyotining ob’yektiv qonuniyatlariga bo’ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali o’zaro bog’liq milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi global iqtisodiy tizimdir.

Jahon xo’jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan milliy iqtisodiyotlar holati muhim o’rin tutadi. Chunki, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub’yekti hisoblanadi.

Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi. Mamlakat-ning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda tashkil etish bilan uzviy bog’liqdir.

Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti ikkita muhim tarkibiy qismni o’ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi. Ma’lumki, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro tashkilotlar tomonidan belgi-langan me’yoriy normalar, davlatlararo darajadagi shart-noma va bitimlar, mamlakatlar o’rtasida o’zaro qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.

Xalqaro moliya munosabatlari mexanizmiga huquqiy normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’l-yo’riqlarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi.

Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’yektlari, alohida tashkilotlar o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi.

Xalqaro moliya munosabatlari tuzilmaviy jihatdan quyidagilarni o’rganishni taqozo etadi:



  • xalqaro valyuta munosabatlari;

  • xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar;

  • xalqaro savdo munosabatlari;

  • investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati;

  • mamlakatlar to’lov balanslarini boshqarish;

  • xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;

  • xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq.

Xalqaro moliya munosabatlarining ob’yektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtisodiy tizim bo’lib, bozor iqtisodiyotining ob’yektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o’zgarib boradi.

Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo’ladi:



      • Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o’zgarishlarni o’z ichiga qamrab oladi:

  • mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish;

  • ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish;

  • jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzil-masini yaratish;

  • xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtiso-diyotning qoidalarini universallashtirish;

  • yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish.

      • Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi.

      • Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi.

      • Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi.

      • Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi.

      • Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart- sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o’rin tutadi.

      • Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi.

      • Mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi.

Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko’rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin:

– eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi;



  • import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi;

  • tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.

Mazkur ko’rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin.

Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan o’zgarishlar xalqaro moliya munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tenden-tsiyalarini belgilab berdi:



  • xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish;

  • jahon xo’jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;

  • xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanib borishi;

Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapital-ning xalqaro harakati, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko’rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir ko’rsatmoqda.

Jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migra-tsiyasi xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadal-lashuviga imkon yaratdi

Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:


  • milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini ta’minlash;

  • xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish;

  • milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o’zgarishlarga moslashtirish;

  • mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuriti-shida tavsiyalar berish.

Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni

rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo’llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi:

Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o’zaro hamkorlikka;

Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan o’zaro munosabatlariga;

Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga.

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida xalqaro moliya munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bunda, avvalo mamlakatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarining taraqqiy etishi alohida o’rin tutmoqda. Ushbu holat o’z navbatida xalqaro valyuta munosabatlari va xalqaro xisob-kitoblarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.




    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish