T. Malikov O. Olimjonov moliya


Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaromoliya munosabatlarining tutgan o’rni



Download 1,07 Mb.
bet255/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaromoliya munosabatlarining tutgan o’rni

Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga keladi.

Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori ishtirokchisi bo’lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o’ziga tegishli bo’lgan xorijiy valyutalarning harakat jarayonini tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.

1970 yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi va mazkur o’zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta- moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi o’zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko’p jihatdan trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular tomonidan butun dunyo bo’ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko’p sonli xorijiy filiallarga ega bo’lgan transmilliy banklar muhim rol o’ynadi.

Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o’zgarishi bilan bog’liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo’nalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi ham bo’ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini rivojlantirishni talab etardi. 1970 yillarda xalqaro kreditni to’lov balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.

Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar to’lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning o’sishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga sodir bo’ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi evrovalyuta bozorida keng qo’llanila boshlandi.

1970 yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin o’zgarishiga sabab bo’ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa, jumladan ko’plab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo’yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar, evroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.

Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan boshqa muhim o’zgarishlar ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi. Ushbu o’zgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi o’zgarishlar, valyuta tizimi tamoyillarining o’zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi, transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro’y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.








26.2.1-rasm. Xalqaro moliyaning tuzilmasi


Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy muhitida birlashadi.

Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko’rsatadi hamda jahon moliya bozori o’sishi sharoitini aniqlaydi.

Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:


  • valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shart-larining birxillashuvi;

  • valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta cheklovlarini tartibga solish;

  • xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish;

  • kredit, sug’urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish;

  • mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish.

Xalqaro moliya munosabatlarining sub’yektlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’yektlari o’rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o’rtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o’rtasida yuzaga kelishi mumkin.

Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy sub’yekt hisoblanadi.

Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari bo’lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valyuta kursini tartibga solish, valyuta zahiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan.

Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi organlarga ega bo’lgan holda jahon xo’jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi.

Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari – jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar.

Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi sub’yektlar faol rol o’ynaydi.




    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish