Sug’urta qanday pul munosabatlarining yig’indisi hisoblanadi?
2002 yilning 5 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida sug’urtaga qanday ta’rif berilgan?
Sug’urta iqtisodiy kategoriya sifatida qanday printsiplarga asoslanadi?
Sug’urtaga qanday funksiyalar xos?
Sug’urta qanday shakllarda amalga oshiriladi?
Sug’urtaning maqsad va vazifalari mustaqillik yillarida tom ma’noda qanday o’zgardi?
Sug’urta o’z rivojlanish tarixida qanday bosqichlardan o’tgan?
tijoratga asoslanmagan sug’urtaning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
tijorat sug’urtasi paydo bo’lishining bosqichlari qanday davrlarni o’z ichiga oladi?
Sug’urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar qanday yo’nalishlarda namoyon bo’ladi?
Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qanday turlarga bo’lish mumkin?
«Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunning asosiy mazmuni nimalardan iborat?
Yuridik shaxslarning qanday mol-mulklari bilan bog’liq mulkiy manfaati sug’urta ob’yekti sifatida qabul qilinishi mumkin?
Yuridik shaxslar mol-mulkining sug’urtasida sug’urta ob’yekti bo’lib nima xizmat qiladi?
Yuridik shaxslar mol-mulkini sug’urtalash bo’yicha shartnoma nimalar asosida tuziladi?
Yuridik shaxslarning mol-mulki qanday hodisalarning ro’y berishi natijasida etkazilgan zarardan sug’urta qilinadi?
Mol-mulklarni sug’urta qilish sug’urta faoliyati klassifikatorining qaysi klasslarida ko’rsatilgan?
Yuridik shaxslar mol-mulkini sug’urtasi bo’yicha tuzilgan sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urtalanuvchi qanday huquqlarga ega?
Yuridik shaxslar mol-mulkini sug’urtasi bo’yicha tuzilgan shartnoma qaysi holatlarda bekor etilishi mumkin?
Yuridik shaxslarning mol-mulki sug’urtasida sug’urtachining sug’urta qoplamasini to’lash bo’yicha majburiyati qachon boshlanadi?
Sug’urta hodisasi ro’y berganda korxona qanday chora- tadbirlarni amalga oshiradi?
Sug’urta qoplamasi yuridik shaxsga qaysi hujjatlar asosida to’lanadi?
Yuridik shaxslarning mol-mulki sug’urtasini rivojlantirish muammolari haqida so’zlab bering.
Mulkiy sug’urta shartnomasi bo’yicha nimalar sug’urtalanishi mumkin?
Shaxsiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan sug’urtalovchi o’rtasida nimalar to’g’risida kelishuvga erishilishi lozim?
Shaxsiy sug’urta, odatda, fuqarolarni qanday xavf-xatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi?
Ixtiyoriy shaxsiy sug’urta turlariga nimalar kiradi?
Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug’urtaning turlari nimalardan iborat?
Sug’urta summasini olish uchun sug’urtalangan shaxslar sug’urtalovchiga qanday hujjatlarni taqdim etishi shart?
Javobgarlik sug’urtasi nima?
Javobgarlik sug’urtasi mazmun-mohiyati jihatidan nechtaga bo’linadi?
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik qanday turlardan iborat?
O‘zbekiston sug’urta bozorida javobgarlikni sug’urta qilishning qanday turlari amalga oshirilmoqda?
Sug’urta bozori deganda nima tushuniladi?
Sug’urta bozori qanday ishtirokchilarga bo’linadi?
Sug’urta bozori professional ishtirokchilari tarkibiga yana kimlarni kiritish mumkin?
Sug’urta bozorida sug’urta kompaniyalarining mavqei qanday?
Qayta sug’urta yoki qayta sug’urtalash deyilganda nimalar nazarda tutiladi?
Qayta sug’urta qilish shartnomalari qanday o’ziga xos belgilarga ega?
Tsedent va retrotsedent nima?
Fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug’urtalash deyilganda nimalar tushuniladi?
Sug’urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug’urtalashning qanday shakllari mavjud?