T. Malikov O. Olimjonov moliya


Shaxsiy sug’urta va uning turlari



Download 1,07 Mb.
bet240/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

25.6. Shaxsiy sug’urta va uning turlari

Sug’urta o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijtimoiy himoyaning muhim vositasi hisoblanadi. Masalan, baxtsiz hodisa ro’y berishi natijasida fuqaro tan jarohati olish yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud umrbod yo’qotishi mumkin. Agar, fuqaro baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug’urtalangan bo’lsa, u holda sug’urta tashkiloti fuqaroning boshiga baxtsiz hodisa ro’y berishi oqibatida kulfat tushganda unga moddiy ko’mak beradi, shu fuqaroni oyoqqa turib olishiga imkon beradi. Ayniqsa, tibbiy sug’urtaning fuqarolarni ijtimoiy himoyalanishidagi ahamiyati katta. Fuqaro kasallikka duchor

bo’lganda tibbiy sug’urta shartnomasi bo’yicha davolanish, dori- darmon sotib olish bilan bog’liq xarajatlar sug’urta tashkiloti tomonidan to’lab beriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasidagi qator sug’urta takshilotlari tibbiy sug’urta turlarini amalga oshirmoqdalar.

Shaxsiy sug’urtada insonlarning hayoti, salomatligini saqlash bilan bog’liq manfaatlar sug’urta ob’yekti bo’lib hisoblanadi.

Shaxsiy sug’urta shartnomasi tuzishda sug’urta qildiruvchi bilan sug’urta tashkiloti o’rtasida quyidagilar to’g’risida kelishuvga erishilishi lozim:

sug’urtalangan shaxs to’g’risida;

sug’urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug’urta amalga oshirilayotgan voqea (sug’urta hodisasi)ning xususiyati to’g’risida;

sug’urta puli miqdori to’g’risida;

sug’urta mukofotining miqdori va uni to’lash muddati (muddatlari) to’g’risida;

shartnomaning amal qilish muddati to’g’risida.

Shaxsiy sug’urta deganda insonning sog’ligi, hayotini saqlash bilan bog’liq manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug’urta turlari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta sohasiga oid 1-klassi “Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug’urta qilish” va 2-klassi “Kasallikdan ehtiyoti shart sug’urta qilish” shaxsiy sug’urta tarmog’iga mansub. Shuningdek, hayotni sug’urta qilish sohasining barcha klasslari doirasida amalga oshiriladigan sug’urta turlari ham shaxsiy sug’urta tarkibiga kiradi. Shaxsiy sug’urtaga oid eng ommaviy sug’urta turlariga quyidagilar kiradi:


  • fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish;

  • xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish;

  • tibbiy sug’urta;

  • bonus to’lovli hayot sug’urtasi;

  • ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug’urtalash;

  • nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish.

Shaxsiy sug’urtaning yuqorida keltirilgan dastlabki uchta turini umumiy sug’urta sohasida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkilotlari ham, hayotni sug’urta qilish sohasida faoliyat ko’rsatuvchi sug’urta tashkilotlari ham o’tkazishlari mumkin. Ammo, so’ngi uchta sug’urta turi hayotni sug’urta qilish sohasiga oid bo’lib, ularni faqat shu

sohada faoliyat yuritish uchun tegishli litsenziyaga ega sug’urta tashkilotlari amalga oshirishlari mumkin. 2019 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida hayotni sug’urta qilishga ixtisoslashgan 6 ta sug’urta tashkiloti (“O‘zbekinvest Hayot” va “Alfa life”, “New Life insurance”, “Agros Hayot”, “Evroasia-Life”, “Kafolat Hayot” sug’urta kompaniyalari) faoliyat ko’rsatmoqda.

Inson hayoti quvonch va tashvishlardan iboratligini yaxshi bilasiz. Ayniqsa, inson boshiga tashvish tushganda, aniqroq qilib aytganda baxtsiz hodisa sodir bo’lganda u har doim moddiy ehtiyojlik sezadi. Hayot sug’urtasi fuqarolarning ma’lum bir yoshgacha yashashi yoxud vafot etishi bilan bog’liq xarajatlarni qoplash imokniyatini beradi.

Shu jihatdan ta’kidlash mumkinki, hayot sug’urtasi ijtimoiy himoyaning samarali vositasidir. Aslida, sug’urta qildiruvchi shaxsning sug’urta muddati tamom bo’lgungacha yoki sug’urta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi, sug’urta qildiruvchining vafot etishi holatlarda sug’urta summalarini to’lash bo’yicha sug’urta tashkilotining majburiyatlarini nazarda tutuvchi va sug’urta muddati bir yildan ortiq bo’lgan sug’urta turlariga hayot sug’urtasi deyiladi.

Hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta shartnomalari sug’urta tashkiloti va sug’urta qildiruvchi o’rtasida tuziladi. O‘zbekistonda hayot sug’urtasining keng tarqalgan turlaridan biri hayotni jamg’arib boriladigan tarzda sug’urtalash hisoblanadi. Bu sug’urta turi sug’urta qildirgan shaxsni sug’urta holati yuz bergan taqdirda moddiy yordam bilan ta’minlaydi. Quyidagi holatlarning yuz berishi sug’urta hodisalari deb hisoblanadi: sug’urta qildirgan shaxsning (shartnomada belgilangan muddatgacha) yashashi yoki vafot etishi. Sug’urtalash shartlari: sug’urta qildirgan shaxs har oyda (har chorakda) cyg’ypta mukofotlari to’laydi. Ularning miqdori belgilangan tariflarga muvofiq aniqlanadi. Tariflar ikkita ko’rsatkichga: sug’urta qildirgan shaxsning yoshiga va sug’urtalash davriga bog’liq bo’ladi. Bunda jamg’arilgan resurslardan tashqari har oyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda bonus yozib boriladi.

Shuni aytish kerakki, foiz stavkalari ancha yuqori bo’lgan bank depoziti bu sug’urta bilan raqobatlashadigan mahsulotdir. Depozitning afzalligi shundaki, mijoz shartnoma (talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat) amal kilib turgan davrda daromadning bir qismini olishi mumkin, holbuki, hayotni jamg’arib boriladigan usulda cyg’yptalashda sug’urta shartnomasi tuzilgan

paytdan boshlab mijoz sug’urta davrida o’z mablag’larining bir qismini olish huquqiga ega bo’lmaydi. U shartnoma amal qilish muddati tugaganidan keyin summaning hammasini olishi mumkin.

Hayotni jamg’arib boriladigan usulda sug’urtalashning bank depozitiga nisbatan afzalligi ham bor. Fuqaroning hayoti sug’urtalanganida sug’urta qildirilgan shaxs shartnoma amal qilib turgan har qanday davrda vafot etgan taqdirda sug’urta to’lovlari amalga oshiriladi. Holbuki, depozit bo’yicha bunday to’lovlar yo’q. Merosho’rlar cyg’ypta tashkilotidan butun sug’urta summasini, ya’ni sug’urta qildiruvchi cyg’yptalash davri oxirida olishi kerak bo’lgan summani oladilar.

O‘zbekistonda amalda bo’lgan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning hayotni sug’urta qilish tarmog’iga oid jami 4 ta klass mavjud bo’lib, shu sohaga ixtisoslashgan sug’urta kompaniyalari o’z faoliyatlarini ana shu klasslar doirasida tashkil etadilar. Quyidagi hayotni sug’urta qilish tarmog’iga oid klasslarning tasnifi keltirilgan:
Hayotni sug’urta qilish tarmog’i111



Klass tartib raqami

Klassning nomi

Mazmuni va sug’urta qilish shartlari bo’yicha talablar

I klass

Hayot va annuitetlar

Quyidagi hollarda sug’urta summalari to’lash bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug’urta qilish turlari jami:

  • sug’urta qilinuvchining sug’urta muddati tamom bo’lgungacha yoki sug’urta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;

  • sug’urta qilinuvchining vafot etishi; shuningdek sug’urta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy to’lovlar (annuitetlar), III

klass bundan mustasno

II klass

Nikoh va tug’ilish

Nikohga kirishda yoki bola tug’ilganda sug’urta summasi to’lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi

hayotni sug’urta qilish turlari jami



III klass

Hayotni uzoq muddatli

Umrbod renta to’lanishi bilan birgalikda hayotni sug’urta qilish turlari jami




111 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 413-son qarori asosida tasdiqlangan.




sug’urta qilish




IV klass

Sog’liqni sug’urta qilish

Ko’rsatib o’tilgan sug’urta davri kamida besh yildan kam bo’lmagan muddatga yoki sug’urta qilinuvchining pensiya yoshiga etguniga qadar belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga layoqatlilikni yo’qotganda sug’urta summalari to’lanishini ta’minlovchi hayotni sug’urta qilish turlari jami. Bunda shartnomada ko’rsatilgan sug’urta davri sug’urtalovchi tomonidan bir tomonlama

tartibda bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin emas.


Hayotni sug’urta qilish bo’yicha tarif stavkasi va sug’urta summasini hisoblashda, sug’urta hodisalari sodir bo’lish ehtimolini aniqlashda hayotiylik jadvali muhim o’rin tutadi. Ushbu jadval ilk marta angliyalik olim Galley tomonidan 1693 yilda yaratilgan va e’lon qilingan. Hayotiylik jadvali turli demografik ko’rsatkichlar joylashgan ustunlardan iborat bo’lib, aholi statistikasi ma’lumotlari asosida tuziladi.

Hayotiylik jadvali ma’lumotlari asosida insonlarning qancha yoshgacha yashash ehtimolini aniqlash mumkin. Statistik qonuniyatlar o’lim hodisasi ro’y berish ehtimolini inson yoshiga bog’liqligini tasdiqlaydi. Bola dunyoga kelgandan keyin uning dastlabki yillarida o’lim hodisasi yuz berishi ko’payishi, so’ngra uning kamayib borishi va 10-15 yoshlarda keskin pasayishi aniqlangan. 16 yoshdan oshgandan so’ng o’lim hodisasining sekinlik bilan oshishi va inson keksayishi bilan o’lim hodisasi ro’y berish sur’atining oshishi kuzatilgan. Hayotiylik jadvali asosida sug’urta shartnomasi muddati va sug’urta qildiruvchining yoshi e’tiborga olingan holda hayotni sug’urtalash shartnomalari tuziladi. Bu o’z navbatida, sug’urta tashkilotiga sug’urta qildiruvchi shaxs to’laydigan sug’urta mukofoti miqdorini va shartnoma muddati tugagandan so’ng yoki sug’urta qildiruvchi vafot etganda qancha sug’urta summasi to’lash bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.


    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish