T. Malikov O. Olimjonov moliya


bob. Uy xo’jaliklari moliyasi



Download 1,07 Mb.
bet245/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

bob. Uy xo’jaliklari moliyasi





    1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo’jaliklari moliyasi

Uy-xo’jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabat-lari tizimida uy xo’jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan qanday maqsadlarni bajarishga mo’ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo’jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o’zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo’jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini aniqlab beradi. Bir vaqtning o’zida, uy xo’jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg’aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to’lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fond-larini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.

Odatda, “uy xo’jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar to’plamidan) iborat bo’lgan institutsi-onal birlikni ifodalash uchun foydalaniladi. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo’jaligini yagona yashash maydonida birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o’zlarining daromadlari va boyliklarini to’liq yoki qisman berayotgan va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo’lmagan guruhi, deb ta’riflaydi130.

Ayrim hollarda o’zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo’jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yo’l qo’yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo’jaligi moliyasi” iborasining o’rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda131. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo’jaligi”dan farq qilish






130 Bu to’g’rida batafsil qarang: Finansovo-kreditniy entsiklopedicheskiy slovar / Pod obshch. red. A.G.Gryaznovoy. – M.: 2002. s. 299.

131 Ming afsuski, bunday holatlarda o’zbek tilining boyligi, uning rang-barangligi va serqirraligi, asossiz ravishda, suiiste’mol qilinmoqda. Ona tilimizda turli shakl va mazmunda ishlatilishi lozim bo’lgan hamda shunga mos ravishda turli ma’no va mohiyatlarni anglatishga xizmat qiluvchi so’z, ibora, atama va tushunchalar mohiyatini chuqur o’rganmasdan ishlatilayotganligi turli chalkashlik va noaniqliklarni keltirib chiqarib, fanimizning, jumladan, moliya fanining rivojlanishiga ham zarar etkazmoqda, o’quvchilarni adashtirmoqda.

lozim. Eng avvalo, “uy xo’jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekan-ligini qayd etib o’tmoq kerak. Masalan, o’zlarining o’g’il-lariga tegishli bo’lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo’jaligining a’zolari bo’lsalar-da, uning oilasi bo’la olmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo’jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo’jaligi qarindosh bo’lmaganlarni ham o’z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo’lishi mumkin.

Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xo’jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda oilaviy aloqalar asosiy omil bo’la olmaydi. Buning ustiga, uy xo’jaligining miqdoriy tarkibi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo’jalikni yuritayotgan shaxslar guruhi ham va bir vaqtning o’zida, o’zining iste’molini mustaqil ravishda ta’min- layotgan yagona bir shaxs ham uy xo’jaligi bo’lib hisoblanishi mumkin. Uy xo’jaligini xo’jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog’i lozim:


  • birgalikda (bir joyda) yashash;

  • umumiy byudjetning mavjudligi;

  • iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.

Uy xo’jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli bo’lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xo’jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg’arish uchun pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bo’lgan iqti-sodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui uy xo’jaliklari moliyasi deyiladi (1).

Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umum e’tirof etilgan. Bu o’rinda gap “uy xo’jaliklari moliyasi” katego-riyasining sotsial-iqtisodiy mazmuni to’g’risida ketayotir. Ana shuni inobatga olgan holda uy xo’jaliklari moliyasiga quyidagicha



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish