Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab:
garovli;
garovsiz bo’ladi
Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. Xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi. Garovsiz obliga-tsiyalarda aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning ta’minlanish asosi bo’lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari, odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning
ishonchliligi juda yuqori bo’lganligi uchun ular qo’shimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |