Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir.
Qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga ko’ra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga ma’lum belgilarga ega bo’lgan pul mablag’lari yoki boshqa buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag’lari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlarni qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. Shartnoma bo’yicha qarz oluvchi davlat yoki uning sub’yektlari, qarz beruvchilar esa fuqarolar yoki yuridik shaxslar hi-soblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy bo’lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat krediti quyidagi bir necha belgilarga ko’ra klasssifikatsiya qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |