T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjeti loyihasini tuzish



Download 1,07 Mb.
bet172/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Davlat byudjeti loyihasini tuzish

Davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat byudjeti jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayonda quyidagi masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi:



  • davlat byudjetininghajmi;

  • navbatdagi (kelgusi) yil uchun soliq va pul-kredit siyosati;

  • davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari va davlat byudjeti defitsitini qoplash usullari;

  • daromadlarni davlat byudjeti tizimining bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash.

  • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari va kelgusi moliya yili uchun mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlari asosida tuziladi.

Davlat byudjetining loyihasini tuzish bo’yicha ishlar yangi davlat byudjeti yilining boshlanishidan, masalan, GFR da – 6 oy, Yaponiyada – 8 oy, Fransiyada – 14 oy, AQShda – 18 oy, O‘zbekistonda – 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiya

hokimiyat organlari, odatda, Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organ-lar quyidagilardir98:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahal-liy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taal-luqli qismi bo’yicha.

Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organ-lar davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyi-halarini tuzish uchun mas’ul organlardir.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini qabul qilish to’g’risida taklif kiritishga haqli.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’arma-lari byudjetlarining loyihasini tuzish99:



  • davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini yuborishni;

  • davlat byudjeti so’rovlarini hamda asosiy makroiq-tisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;

  • davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni;

  • byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Ba’zi bir mamlakatlarda davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat ijroiya hokimiyati boshlig’ining kelgusi yilga mo’ljallangan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatning umumiy yo’nalishlari muammolari bo’yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. Masalan, AQShda Prezident Amerika xalqiga Byudjetnoma bilan murojaat qilib, unda moliya-pul siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi.

Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da quyidagi maqsadlar kun tartibiga qo’yiladi:



    • iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda byudjet-ning faol ta’sirchanligini ta’minlash;

    • moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va ijtimoiy dastur-bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish;






98 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 84 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

99 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 83 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

    • mablag’larni sarflashda zaruriy proportsiyalar va ustuvorliklar o’rnatish;

    • davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib topish.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini:

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti loyihasini tayyorlash uchun — davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga;

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respub-likasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralardan Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflar so’raydi.

Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qora- qalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg’arma-larini taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini olgandan so’ng uch ish kuni ichida tegishli davlat byudjeti so’rovlarini tuzish to’g’risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, vilo-yatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqar-malari qarorlar qabul qilinganidan so’ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tarti-bini:

tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va shahar hokimlariga;

davlat byudjeti so’rovlarini tuzish uchun — Qora-qalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchi-larga yuboradi.

Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini olgandan so’ng uch ish kuni ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish to’g’risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.

Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari qarorlar qabul qilinganidan so’ng uch ish kuni ichida kelgusi davr

uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalash-tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlariga va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarga davlat byudjeti so’rov-larini tuzish uchun yuboradi.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini tuzish jarayonida davlat byudjeti so’rovining juda katta ahamiyati bor.

Davlat byudjeti so’rovi o’z tarkibiga:


  • davlat byudjeti tashkilotining, davlat byudjeti mablag’lari oluvchining va davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatining miqdor va sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi, o’tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy hisobotni;

    • xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo’ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko’rsatilgan reestrini;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog’liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat byudjeti buyurtmasini o’z ichiga oladi.

Tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti so’rovini ko’rib chiqish tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetla-ridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalash-tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari bo’yicha davlat byudjeti so’rovini ko’rib chiqish Qoraqalpog’iston Respub-likasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan, O‘zbe-kiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalash-tiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish esa davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiri-ladi. Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog’iston Respublikasi

byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuning-dek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihalari bo’yicha davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiri-ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralarning Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflarini ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti so’rovlari ko’rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat byudjeti so’rovlari olinganidan keyin o’n ish kuni ichida quyidagilarga yozma bildirishlar yuborish huquqi beriladi:



  • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga — amalga oshirish uchun asoslar mavjud bo’lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo’lgan, davlat byudjeti daromadlarining tegishli o’sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish to’g’risida, shuningdek davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar faoliyatining samaradorlik ko’rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga — tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish to’g’risida.

Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qora- qalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg’ar-malarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko’rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan davlat byudjeti so’rovlarini taqdim etishi shart.

Kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovlari:



    • Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan

moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar tomonidan davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga — joriy yilning 1 iyunigacha;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1 iyuligacha;

    • davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1 iyuligacha taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadla-rining prognozi bo’yicha takliflarni O‘zbekiston Respub-likasi Moliya vazirligiga va davlat maqsadli jamg’ar-malarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 15 iyunigacha taqdim etadi.

Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog’iston Respub-likasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining hamda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari:



    • tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokim-liklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25 iyunidan kechiktirmay;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan:

Davlat byudjeti daromadlari qismi bo’yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspektsiyalari, hokimlik-larning bo’limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar bo’linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirish-ning

makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida, davlat byudjeti xarajatlari qismi bo’yicha tumanlar va shaharlar byudjet-laridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilot-lari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning davlat byudjeti so’rovlari asosida ishlab chiqiladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan davlat byudjetiningdaromadlari qismi bo’yicha Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog’iston Respubli-kasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo’linmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida, davlat byudjetiningxarajatlari qismi bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning davlat byudjeti so’rovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiri-ladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo’l qo’yilmaydi.

Davlat byudjetining loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan:



      • makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;

      • daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha Davlat byudjeti daromadlari prognozi;

      • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning davlat byudjeti so’rovlari va O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;

      • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.

Davlat byudjetining loyihasida xarajatlar daromad-larning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi.

Davlat byudjetining loyihasi:



    • Davlat byudjetining daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari progno-zidan;

    • Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.

    • Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish