T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi(klassifikatsiyasi)



Download 1,07 Mb.
bet169/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi(klassifikatsiyasi)


Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar majmui (uning ichki bo’linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funk-tsional cheklanganligi, o’zaro bo’ysunuvchanligi, o’zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomon-larini inobatga olgan holda) davlat byudjeti tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning davlat byudjeti tuzilmasi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti:



    • Respublika byudjetini;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg’armalari ham jamlanadi.

O‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda shu respublikaga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. Shuningdek, tumanlarga bo’linadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo’ysu-nuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.

Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o’zlarining manbalari, ma’lum maqsadlarga mo’ljallan-ganligi va boshqa belgilariga ko’ra xilma-xildir. Bir vaqtning o’zida ular umumiy belgilarga ham ega. Butun mamlakat miqyosida davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining to’g’ri rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular tasniflanadi (klassi-fikatsiya qilinadi).

Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o’ynaydi. Undan davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida davlat byudjeti ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foyda-laniladi va davlat byudjeti klassifikatsiyasi davlat byudjeti ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, ma’lum bir tizimga kelti-rilgan va o’rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining bir xil belgilari bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishidavlat byudjeti tasnifi (klassifika-tsiyasi) deyiladi.

Odatda, davlat byudjeti klassifikatsiyasining asosida daromadlar bo’yicha ularning manbalari, xarajatlar bo’yicha esa mablag’larning maqsadli sarflanish yo’nalishlari yotadi.

Davlat byudjeti klassifikatsiyasi o’zining keng yo’nalishi bilan ajralib turadi. Uning bo’linmalariga qat’iy rioya etgan holda davlat byudjeti rejalashtirilishi amalga oshiriladi, davlat byudjeti tashkilotlarining individual va umumiy hamda yig’ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.

Davlat byudjetiningmamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalari, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori tashkilotlarini moliyaviy rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, bir turdagi davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlari va alohida ma’muriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ij-timoiy- madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini aniqlashda davlat byudjeti klassi-fikatsiyasi muhim rol o’ynaydi.

Davlat byudjeti ijrosi jarayonida ham davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiq-langan davlat byudjeti va davlat byudjeti tashkilot-larining xarajatlar smetasida ko’zda tuzilgan tadbirlar-ning maqsadli moliyalashtirilishini ta’min-lashda u zaruriy shart hisoblanadi. Davlat byudjeti klassifi-katsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat byudjeti

tash-kilotlarida va boshqa muassasalarda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun ham zarurdir.

Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruh-lashdan iborat bo’lib, davlat byudjeti tizimi byudjet-larini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlash-tirish uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tas-diqlanadi91.

Davlat byudjeti tasnifining asosiy printsiplari to’liqlik, yagonalik va o’zaro muvofiqlikdan iboratdir92.

Davlat byudjeti tasnifining to’liqlik printsipi dav-lat byudjeti jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.

Davlat byudjeti tasnifining yagonalik printsipi dav-lat byudjeti jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat byudjeti tasnifi qo’llanilishini anglatadi.

Davlat byudjeti tasnifining o’zaro muvofiqligi printsipi davlat byudjeti tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida davlat byudjeti jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qo’llanilmasligini anglatadi.



Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi)da belgi-langan daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.

Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, bu uning bo’linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo’ladi. Bu yana shu narsa orqali ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so’ng barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti daromadlari tushumining to’liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi klassifika-tsiyaning bo’linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir.





91 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 18 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

92 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 20 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo’lgan-ligi va uning ko’rsatkichlarini barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar aniq va to’liq bajarishga majbur bo’lganligi uchun davlat byudjeti klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.

Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) o’z ichiga quyidagilarni oladi93:


  • davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;

  • davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;

  • Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari tasnifini o’z ichiga oladi.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat94:

  • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;

  • daromadlarning turlari;

  • tashkiliy tasnif;

  • hududiy tasnif.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag’lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Daromadlarning turi bo’lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo’limi daromad- larni ularni olish manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, shuningdek soliq bo’lmagan to’lovlarni ularni undirish bazasi bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Daromad tipi davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo’ladi. Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi. Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o’tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identi-fikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi va ularning yo’nalishini aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat95:





93 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 19 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 94 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 21 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 95 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 22 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

  • davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi;

  • vazifa jihatidan tasnif;

  • tashkiliy tasnif;

  • iqtisodiy tasnif;

  • hududiy tasnif.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag’lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag’lar yo’nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’larini taqsimlovchilar bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni iqtisodiy yo’nalishiga ko’ra kodlashdan iborat bo’ladi. Hududiy tasnif davlat byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi96:

birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;

ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;

uchinchi guruh — kapital qo’yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo’naltirilgan ro’yxatlarga muvofiq);

to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.

Xarajatlar guruhlari bo’yicha aniq moddalar davlat byudjeti tasnifiga muvofiq belgilanadi.

Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirish manbalari klassifikatsiyasi (tasnifi) defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish