T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjetini muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)



Download 1,07 Mb.
bet174/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Davlat byudjetini muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-nidan taqdim etilgan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun Davlat

byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini hamda soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi.

Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi.

Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular davlat byudjeti loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zarur hollarda o’zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda davlat byudjetiningloyihasiga xulosa beradilar.

Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul qilinganidan so’ng, har ikki palata o’rtasida davlat byudjeti loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud bo’lmasa, mamlakat parlamentining davlat byudjeti to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida davlat byudjeti loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak.

Parlamentda davlat byudjeti loyihasini muhokama etish (ko’rib chiqish) da davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Davlat byudjeti tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan taqdim etilgan davlat byudjeti loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish huquqi nazarda tutiladi100.

Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi.

Davlat byudjetiga muvofiq:



  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy mak- roiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga doir qaroriga muvofiq, qaror qabul qilingandan so’ng bir haftalik muddatda tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan





100 Masalan, ba’zi bir mamlakatlarda (Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarda) hukumat a’zosi bo’lmagan parlament a’zolari davlat byudjeti loyihasida ko’zda tutilgan xarajatlarni oshirish yoki yangi soliqlarni joriy etish bo’yicha takliflar kiritish huquqiga ega emas. Bunday tartibning o’rnatilganligi mamlakatdagi tez o’zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatga hukumatning ta’sir etish imkoniyatlarini kengaytiradi. AQShda esa Kongressning davlat byudjeti huquqi ancha kengdir. Parlament davlat byudjeti huquqining cheklanganligi yana shunda ko’rinadiki, qonunchilik hokimiyati byudjetni yaxlit hujjat sifatida qabul qilmasdan, faqat davlat byudjeti yo’llanmalari to’g’risida har yillik qarorlarni qabul qilish bilan cheklanadi. Bunda mamlakat prezidentiga ma’lum maqsadlarga mablag’larni sarf qilish vakolati yuqori chegarani belgilagan holda taqdim etiladi. Davlat byudjetiningayrim moddalari esa, umuman, ko’rib chiqilmasdan, avtomatik ravishda tasdiqlanadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, vilo-yatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qabul qilgan qarorlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o’n ish kuni ichida:


  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat-lar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning cheklangan miqdorlarini;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlariga umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalarning normativlarini. Umumdav-lat soliqlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarki-biga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajrat-malarning normativlari ayni shu soliqlardan Qoraqal-pog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratmalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan normativlaridan ortiq bo’lmagan miqdorlarda belgilanadi;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari miqdorlarini;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlari aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlarini tasdiqlash bo’yicha qarorlar qabul qiladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash to’g’risidagi qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar

va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo’yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi.



Davlat byudjeti qabul qilingandan so’ng uning mablag’lari byudjetdan mablag’ oluvchilarga o’rnatilgan tartibga muvofiq ravishda etkazilishi kerak. Unga ko’ra O‘zbekiston Respub-likasi Moliya vazirligi:

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan beriladigan sub-ventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini Qoraqal-pog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajm-larini ularning e’tiboriga — o’n ish kuni ichida etkazadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:

    • tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan beriladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokim-liklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini — bir haftalik muddatda etkazadi.

Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tumanlar va

shaharlar byudjetlaridan moliya-lashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’larning hajmlarini bir haftalik muddatda etkazadi.




    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish