T. Malikov O. Olimjonov moliya


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudje-tidan



Download 1,07 Mb.
bet156/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

O‘zbekiston Respublikasining respublika byudje-tidan


quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi76:

      1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini axborot- uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston




76 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 70 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;



  • respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respu-blika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashki-lotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliya-lashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to’lash xarajatlari;

  • qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqa-rolarga tibbiy xizmatlar ko’rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o’rnini qoplash (subsidiyalar);

  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqaro-larning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  • respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar ta’minoti va ularga haq to’lash, hukumatning alohida qarorlariga ko’ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar yaratish, madaniy meros ob’ektlarida restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo’yicha qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo’yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy ob’ektlarni va fanga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini o’tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;

  • davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;

  • respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan

moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi munosabati bilan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to’lash xara-jatlari;

  • bolalikdan nogironlarga va bola tug’ilganda berila-digan nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish xarajatlari;

  • Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish;

      1. davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomo-nidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

      2. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o’rmon xo’jaligi xarajatlari, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish muassasalarining xizmatlariga haq to’lash va ularni saqlab turish xarajatlari;

  • hosildorligi past erlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab- quvvatlash xarajatlari;

  • qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to’lanadigan yagona yer solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va O‘zbekiston Respu-blikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag’lar;

  • qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajat-lari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan foydalanish to’lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  • atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma- xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar;

  • «Sof ichimlik suvi» jamg’armasi orqali ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog’liq xarajatlar.

      1. respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari buyurtmachi bo’lgan markazlashtirilgan investitsiya-larni moliyalashtirish xarajatlari;

      2. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komis-siyasini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini;

  • qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining res-publika byudjeti mablag’laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini;

  • O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasa-larini saqlab turish xarajatlari;

  • adliya va prokuratura organlarini.

      1. sudlarni saqlab turish xarajatlari;

      2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasini shakllantirish xarajatlari;

      3. boshqa xarajatlar:

  • siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag’lar;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo’shilgan qiymat solig’ining o’rnini qoplash;

  • O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo’lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to’lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish xarajatlari;

  • davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatish va O‘zbekiston Respublikasining kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq xarajatlar;

  • davlat buyurtmasi bo’yicha statistika ishlariga haq to’lash;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiya-sining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko’rish hamda ularni

o’tkazish bo’yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;

  • xo’jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo’yicha davlat ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to’lash;

  • davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab va yangilab turish bilan bog’liq xarajatlar;

  • mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga, bojxona organlariga ajratiladigan mablag’lar, shu jumladan harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni o’tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyati O‘zbekiston Respublikasining respublika byudje-tidan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan mablag’lar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar;

  • davlat maqsadli jamg’armalariga davlat byudjeti ssudalari va dotatsiyalar;

  • yuridik shaxslarga davlat byudjeti ssudalari va kredit liniyalari hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin.

Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi77:


  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  • bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog’iston Respubli-kasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi-dagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi fili-alini, ko’p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini,




77 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 71 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug’ruqxonalar va akusherlik majmua-larini, tibbiy tashxis qo’yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti fili- alini, hududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasa-lari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuning-dek qonun hujjatlarida Qoraqalpog’iston Respublika-sining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to’lash xarajatlari;



  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqaro-larning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  • hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni bosh-qarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismo-niy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufi-dagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarru-fidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni rea-bilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasa-larni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijti- moiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • shahar yo’lovchilar transporti tashuvchilarining yo’lov-chilarni va bagajni cheklangan tariflar bo’yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq zarar-larning o’rnini qoplash xarajatlari;

  • kam ta’minlangan oilalarga to’lanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam.

  1. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • qishloq xo’jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to’lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;

  • uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

  • suv yo’llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;

  • aholi punktlarini obodonlashtirish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o’rmon xo’jaligini saqlab turish xarajatlari;

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo’lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish xarajatlari;

  2. mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organ-larini, shu jumladan:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesini;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo’limlarini saqlab turish xarajatlari;

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudje-tining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari;

  2. davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchast-kalarining olib qo’yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o’rnini qoplash xarajatlari;

  3. harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.

  4. Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudje-tining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag’lari hisobidan moliyalashtiri-ladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudje-tidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga davlat byudjeti ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar o’tkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin.

Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi78:


  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:






78 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 72 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.

    • tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim bo’limlarini, shuningdek ular tasar-rufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjet-laridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;

    • tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish xarajatlari;

    • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

    • tumanlar (shaharlar) madaniyat bo’limlari tasarru-fidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo’limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

    • uyda ijtimoiy yordam ko’rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  1. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • tumanlar va shaharlar davlat veterinariya bo’lim-lari, laboratoriyalarni saqlab turish;

  • shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko’chalarni, shuningdek xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini ta’mirlash;

  • uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

  • aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;

  1. tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo’limlarini saqlab turish xarajatlari;

  2. fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

  3. tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari;

  4. boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjat-larida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashti-rilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlar-ning xarajatlari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti xarajatlarining hajmi davlat byudjeti daromadlarining miqdori bilan cheklanadi. O‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari darajasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda davlat byudjeti xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’jalikda pul fondlarini shakllantirishda davlat byudjeti mablag’la- ridan foydalanishning shunday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib, maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’si-shiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo’jalikdagi nisbatlarni optimallashtirish orqali davlat byudjetiningxarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni juda dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo’lgan daro- madlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bu yerda, bir vaqtning o’zi-da, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo’ja-likning yakuniy natijasi davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan to’g’ri, iqtisod qilib va samarali foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor berish lozim.

Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri ham davlat byudjetining xarajat-laridir. Bu yerda, odatda, moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xo’jalikdagi oqilona proportsiyalarni ta’minlash maqsadida davlat byudjeti mablag’larini tarmoqlar va hududlar bo’yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va usullari majmui tushuniladi. Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning ob’yektiv zarurligi katta o’zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan uning murakkab organizmi bo’lgan turli qismlarida

moliyaviy resurslarni jamg’arish sur’atlari-ning turli-chaligi bilan izohlanadi. Davlat byudjeti resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag’larini taqsimlashda vujudga kelgan proportsiyalarni o’zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivoj-lanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojla- nishini rag’batlantirmasdan, milliy xo’jalikning rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Davlat byudjeti mab-lag’larining katta qismini muhim ishlab chiqarish-hududiy komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasining o’zgarishiga olib keladi.

Mamlakatning milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish davlat byudjeti daromadlarini rejalash-tirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizon-taliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarish-larning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliya-lashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalash-tirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Mablag’larni aniq taqsimlovchilarga davlat byudjeti kreditlarini ochish, davlat byudjeti mablag’larini berish va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilib, iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan moliya organlari diqqat bilan kuzatuvni amalga oshiradilar va zarur hollarda taqsimlanayotgan davlat byudjeti mablag’larining nisbat-larini o’zgartiradilar.

Byudjetda daromadlarni xarajatlarning konkret turlari va yo’nalishlari bo’yicha biriktirilishi printsipi bo’lmaganligi uchun bu yerda davlat byudjeti resurslari bilan keng manyovr qilish va shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’laridan har qanday zarur yo’nalishda foydalanilishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda davlat byudjeti mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi keyingi yillarda quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko’prog’ini (56,55%) ijtimoiy soha va aholini

ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari tashkil etmoqda. Bu xarajatlarning tarkibida asosiy o’rinni maorif (32,65%), sog’liqni saqlash (11,82%) va oilalarga ijtimoiy nafaqalar (9,56%) egallamoqda. Umumiy holda esa ana shu uch guruhdagi xarajatlar Davlat byudjetidan ijti-moiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan mablag’larning 95,02%ga teng bo’lmoqda79.

Umuman olganda, davlat byudjetining bu guruhga kiruvchi xarajatlari yosh avlodni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlarni berish, milliy xo’jalik uchun zarur bo’lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, aholiga malakali tibbiyot xizmati ko’rsatish, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’mi-notni yanada yaxshilash, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish va uni har tomonlama qo’llab-quvvatlash masala-lariga O‘zbekistonda qanday e’tibor berila-yotganligini yaqqol ko’rsatmoqda.

Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investi-tsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari o’zlarining salmo-g’iga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari tarkibiy tuzilmasida keyingi o’rinni egallab, ularning har biriga, mos ravishda, davlat byudjeti xarajatlarining 11,97% va 7,51% qismlari to’g’ri kela-yapti80. Bu raqamlar davlat byudjeti mablag’lari hisobidan mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlash, uning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va o’zgartirish, milliy xo’jalik sektorlarida iqtisodiy samaradorlikning o’sishini ta’minlash, ilmiy-texnika taraqqiyotining o’sish sur’atlarini tezlashtirish, yagona texnikaviy siyosatni yurgizishga jiddiy e’tibor berilayotganligidan darak beradi.


    1. Download 1,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish