T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Download 1,07 Mb.
bet153/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





    • Davlat byudjeti daromadlari deb nimaga aytiladi?

    • Nima uchun davlat byudjeti daromadlari oraliq xarakteriga ega?

    • Davlat byudjeti daromadlari nima uchun zarur?

    • Davlat byudjeti daromadlari qanday jarayonda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi?

    • Davlat byudjeti daromadlari qanday organlarning ixtiyoriga kelib tushadi?

    • Mamlakatlarning davlat tuzilishiga bog’liq ravishda davlat byudjeti daromadlari bir-biridan qanday farq qiladi?

    • Miqdoriy jihatdan qaysi tushuncha katta: davlat daromadlarimi yoki davlat byudjeti daromadlari? Nima uchun?

    • Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlash-gan shaklini nimalar tashkil etadi?

    • Davlat byudjeti daromadlarining asosiy moddiy man-baini nima tashkil etadi?

    • Davlatning ehtiyojlarini qondirishga milliy boylik ham jalb etilishi mumkinmi? Qanday hollarda?

    • Milliy daromadning muayyan qismini davlat ixtiyoriga o’tkazish qanday usullar yordamida amalga oshiriladi?

    • Davlat kreditiga qanday holatlar inobatga olingan holda murojaat qilinadi?

    • Davlat kreditini olishning qanday ikki yo’li mavjud?

    • Qanday vaziyatlarda davlat qog’oz pullar emissiyasiga murojaat qiladi?

    • Davlat byudjeti daromadlari kategoriyasining namoyon bo’lish shakllari nimalardan iborat?

    • Miqdoriy jihatdan davlat byudjetiningdaromadlari o’zida nimani ifodalaydi?

    • Davlat byudjeti daromadlarining absolyut hajmi va salmog’i qanday omillarga bog’liq?

    • Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jara-yonining asosiy printsiplarini bilasizmi?

    • Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi tufayli bu jara-yonda ularga nisbatan qanday printsiplardan foydalani-ladi?

    • Davlat byudjeti daromadlari qanday mezonlar asosida tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin?

    • Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

    • Davlat byudjetiningsoliq daromadlari tarkibini aytib bering.

    • Davlat byudjetiningsoliq xarakteriga ega bo’lmagan daromad-lari tarkibiga nimalar kiradi?

    • Tushumlarning qanday turlari (ko’rinishlari) davlat byudjeti daromadlarining tarkibiga olinishi mumkin?

    • Amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda tasniflanayapti (klassifikatsiya qilinayapti)?

    • To’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib bering.

    • O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjeti daromadlari qanday guruhlarga bo’linishi mumkin?

    • Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari qanday ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin?

    • Yuridik nuqtai nazardan, davlat byudjeti daromadlari qanday guruhlardan tashkil topadi?

    • Davlat byudjeti daromadlariga qanday daromadlar kiritiladi?

    • O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti qanday daromadlarni o’z tarkibiga oladi?

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi mumkin?

    • Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjet-larga biriktirilishiga qarab, qanday guruhlarga bo’linishi mumkin?

    • Davlat byudjeti daromadlari qay tarzda (shaklda) jalb qilinishi mumkin?

    • Qanday metodlarni qo’llash evaziga sub’yektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti?

    • Hozir davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday?

    • Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari tizimining samaradorligi bevosita qanday omillarga bog’liq va u o’z ichiga nimalarni oladi?

    • “Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromad-lari” tushunchalari o’rtasiga tenglik belgisini qo’yish mumkinmi?

    • Soliqning ta’rifi qanday?

    • Soliqlarning ijtimoiy mazmunini bilasizmi?

    • Soliqlarning moddiy asosini nimalar tashkil etadi?

    • Soliqlar qanday xarakterli belgilarga ega?

    • Soliqlar qanday funksiyalarni bajaradi?

    • Soliqlarning fiskal funksiyasining mazmunini ni-mada?

    • Soliqlarning tartibga solish (rag’batlantirish) funk-tsiyasiga xarakteristika bering.

    • Soliqlarning asosiy elementlari tarkibini aytib bering.

    • Soliq sub’yekti nima?

    • Soliq ob’yektini tushuntirib bering.

    • Soliq manbai tarkibini aytib bering.

    • Soliqqa tortish birligi qanday ataladi?

    • Soliq stavkasi nima va uning qanday ko’rinishlari bo’lishi mumkin?

    • Soliq imtiyozlari deyilganda nimalar tushuniladi?

    • Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) nima?

    • Soliq okladi deyilganda nima nazarda tutiladi?

    • Soliq tizimi tushunchasini tushuntirib bering.

    • Soliq mexanizmining ta’rifini aytib bering.

    • Unitar davlatlarda soliq tizimi o’z ichiga qanday soliqlarni oladi?

    • Federativ davlatlarda soliq tizimi necha bo’g’indan tarkib topadi?

    • Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan qanday asosiy soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi?

    • Zamonaviy soliq tizimining vazifalarini aytib bering.

    • O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi qanday belgilar bilan xarakterlanadi?

    • Soliqqa tortish jarayonlari bilan tartibga solina-digan soliq tizimining asosiy printsiplarini aytib bering.

    • Sizningcha, hozirgi sharoitda soliq tizimida qanday nuqsonlar bor?

    • Yangi sharoitda soliq islohotlarini amalga oshirish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini tushun-tirib bering.

    • Mamlakatning soliq tizimi qanday belgilar va omil-larga muvofiq tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi)?

    • Soliqqa tortishning ob’yekti hamda soliq to’lovchi va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga bog’liq ravishda soliqlar qanday guruhlarga bo’linadi?

    • Nega soliqlarning bir guruhi to’g’ri (bevosita) va ik-kinchi guruhi esa egri (bilvosita) soliqlar deb yuritiladi?

    • Qanday soliqlar to’g’ri (bevosita) soliqlarning tarkibiga kiradi?

    • Egri (bilvosita) soliqlarning tarkibi nimalardan iborat?

    • Foydalanilishi bo’yicha soliqlar qanday soliqlardan iborat bo’lishi mumkin?

    • Yig’ilishi va tegishliligi qaysi organga bog’liqligiga qarab, soliqlar qanday soliqlarga bo’linadi?

    • Umumdavlat soliqlari nima va ularning tarkibiga qanday soliqlar kiradi?

    • Qo’shilgan qiymat solig’i deganda nima tushuniladi?

    • Boshqa soliqlarga nisbatan qo’shilgan qiymat solig’i qanday afzalliklarga ega?

    • Kimlar qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar hisob-lanadi?

    • Qo’shilgan qiymat solig’i orqali soliqqa tortishda qanday soliq imtiyozlari ko’zda tutiladi?

    • Odatda, qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashning qanday muddatlari belgilanishi mumkin?

    • Aktsiz solig’i nima va qanday mahsulotlarga aktsiz solig’i solinadi?

    • Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning ahamiyati nimadan iborat va kimlar uning to’lovchilari hisoblanadi?

    • Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq uchun soliqqa tortish ob’yekti bo’lib nima xizmat qiladi va uning tarkibi qanday elementlardan tashkil topgan?

    • Korxonalarga tegishli bo’lgan daromad (foyda)ni soliqqa tortishda qanday soliq imtiyozlari beriladi va soliqni hisoblashda soliqqa tortiladigan baza qanday summalarga kamaytiriladi?

    • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i qanday o’rnatilgan progressiv stavkalarda undiriladi va bu soliq yordamida soliqqa tortishning qanday ikki tizimi mavjud?

    • Kimlar bu soliqning to’lovchilari hisoblanadi va u qanday shakllarda to’lanishi mumkin?

    • Mahalliy soliqlar va yig’imlar nima va ularning tarkibi qanday?

    • Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari vakolatiga, o’zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish davriga qarab mahalliy soliq va yig’imlar qanday guruhlarga bo’linadi va ular har birining tarkibi qanday?

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish