T. Malikov O. Olimjonov moliya


-bob. Davlat byudjeti xarajatlari



Download 1,07 Mb.
bet154/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

18-bob. Davlat byudjeti xarajatlari


    1. Davlat byudjeti xarajatlari: mazmun-mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va tasniflanishi


Davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun sarflanadigan mablag’lar davlat byudjeti xarajat-lari deyiladi. Bu xarajatlar davlatning markazlashti-rilgan pul fondlari mablag’laridan turli yo’nalishlar bo’yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.

Davlat byudjeti xarajatlari umumiy moliyaviy kate-goriya bo’lgan davlat byudjetining ko’rinishlaridan (tarkibiy qismlaridan) biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjeti xarajat-lari bir butunning o’ziga xos qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’la-ridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo’naltirilayotgan davlat byudjeti mablag’larining harakatidan iborat.

Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy mazmun- mohiyati uning turli-tuman ko’rinishlari (turlari) orqali namoyon bo’ladi. Xarajatlarning har bir turi o’zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, davlat byudjeti xarajatlarining mo’ljallan-ganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning miqdorini aniqlashga imkon beradi.

Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjetiningmilliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqti-sodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; davlat byudjeti mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k. Bu omillarning qo’shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat davlat byudjeti xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi.

Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xara-jatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra tasniflash (klassifikatsiya qilish) maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda davlat byudjeti xarajatlarini tasniflashning bir necha belgilari mavjud. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, funktsionalligi,

ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.

Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjeti xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ifodalaydi.

Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va inve-stitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajat-larning tarkibiga:



      1. tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq hara-katdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar;

      2. yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar;

v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar;

g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk miqdorini ko’paytirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;



  1. davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnif-lanishiga muvofiq davlat byudjetiningkapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.

Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish