UMUMIY HULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bitiruv malakaviy ishimizni tadbiq qilish davomida, sifatning gapda predikativ vazifasida ishlatilishini, hamda sintaktik va simantik xususiyatlarini xar tomonlama amaliy va nazariy jihatdan о‘rganib chiqdik. Izlanishlar davomida kо‘pgina professor olimlarimizning fikrlaridan foydalanib, ularni kengroq qilib yoritishga harakat qildik.
Shu bilan birga gapda sifatning predikativ funksiyasini yasashda, sifat va bog‘lovchi fe’llarning bir-birlariga uzviy bog‘liqligini, hamda ular bir – birlarini inkor etmasliklarini kuzatdik. Shu о‘rinda umumiy akademik kitoblarida “link verb” (bog‘lovchi fe’l) tushunchasi haqida, u nafaqat bog‘lashi balki unga qо‘shimcha qancha-qancha ma’no berishi haqida aytib о‘tiladi.
Bundan tashqari biz ishimizda sifatning aniqlovchi vazifasida kelishi tо‘g‘risida ham tо‘htalib о‘tdik.
Bularni amaliy jihatdan tadbiq qilishda asosan R. A. Slose, Geoffrey Luch, M. A. Galishina, Belyayeva va K. N. Kachalovalarnng ilmiy adabiyotlaridan foydalandik. Shuningdek sifatning yana bir gapdagi asosiy vazifasi sо‘z birikmalari bilan kelishidir. Biz ishimish davomida ularning 3 turini о‘rgandik. Aksariyat sifatlar predlogli iboralartbilan ifodalanib ayrimlarini tushurib qoldirishi trasformatsiyasidan foydalangan holda ma’no mohiyatini belgiladik.
Ishimizni nazariy jihatdan о‘rganishda esa kо‘proq L. L. Iofik, B. A. Ilshi va A. M. Muxin asarlariga tayangan holda nazariy fikrlarning xususiyatlarini kо‘rsatib berishga urindik. Sintaktik aloqalarni belgilash turlari va ularning prinsiplarini aniqlashda, sintaktik va simantik bog‘lanishlarni qaysi gapda qanday komponent bilan ishlatilishini belgilashda tilga chuqurroq kirib borib, isbotlash maqsadida manbalardan misollar oldik.
Sintaksemani ajratishda biz lingvistik metoddan foydalandik. U gapni va uning bо‘laklarini turli yо‘l bilan transformatsiyalashdan iborat. Ular tushurib qoldirish transformatsiyasi, almashtirish transformatsiyasi va xokazolar.
Predikativ funksiyasidagi sifatlarni tadbiq qilishda temporal, lokativ, stativ, kauzal sintaksemalaridan foydalandik.
Xulosaning yakunida shuni aytish kerakki, ingliz sifati haqida kо‘p narsa aytilmagan bо‘lsada, olimlarning sifat haqidagi muaamoga qiziqishi ancha katta. Hali tilshunoslarning kо‘plab xal qilinmagan vazifalarni bajarish zarurligini kо‘rsatsada zamonaviy amerikan va ingliz mualliflarining badiiy asarlarida sifat va predikativ funksiyali sifatlardan keng foydalanilgan. Shuningdek u о‘zining leksik ma’nodorligi bilan, kо‘pincha ma’no nozikliklarini bо‘rttirib ifodalash orqali kо‘tarinkilik ruhini berish uchun zarur bо‘lganligini kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |