Suhbat turlari. Suhbat qismlari. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o’tkazishi


Ma'ruza-2: Hikoya qilib berish turlari va metodlari



Download 36,31 Kb.
bet2/4
Sana27.03.2022
Hajmi36,31 Kb.
#513392
1   2   3   4
Bog'liq
нутк устириш

Ma'ruza-2: Hikoya qilib berish turlari va metodlari


Done

ma'ruza


Hikoya qilib berish turlari va metodlari
Reja:
1. Hikoyalar turlari va ulami о ‘rgatishning izchilligi.
2. Bolalarni hikoya tuzishga о ‘rgatish.
3. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari.
Tayanch tushunchalar: Hikoya, о ‘quv materiali, qurilish materiallari, uy maketlari, mashg ‘ulot uchun ко‘rgazmali qurollar.
1. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi. Hikoya -o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog‘cham», «Mening oilam», «Mening sevimli o‘yinchog‘im>i va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazrouniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materiallami (narsa-buyumlar, ulaming tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasawurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordamida fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasawumi rivojlantirish lozim.
Hikoya - biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya - bu biror predmet yoki voqeaning о‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir.
Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi.
Hikoya - biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir.
2. Bolalarni hikoya tuzishga о‘rgatish. Hikoya tuzish - hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalaming uchta turini ko‘rsatish mumkin:
- qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya);
- xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalami qabul qilganligi haqida hikoya);
- iasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar faktlami bayon qiladilar.
Tasr vvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yanf i vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg‘ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yincl oqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini
(xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
Masalan, tarbiyachi to‘tiqushlar haqida mashg‘ulot o‘tkazib, bolalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida savollar beradi:
- To‘tiqushning patlari qanaqa rangda?
- To‘tiqush patlari uning hamma yerida bir xil ko‘rinishdami? Dumi, boshidagi patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq?
- Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi, cho‘miladimi, uchadimi?
- Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‘qiydi, nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi?
- Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz.
To‘tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‘rib yeydi?
Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o‘rganadilar, savollar natijasida vakuzatishlar asosida «Men qushlarga donberdixn» mavzusida hikoya tuzish topshiriladi.
So‘ng 5-6 boladan hikoyani so‘zlab berish so‘raladi.
Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi:
«Dadam menga bozordan ikkita to‘ti sotib olib berdilar. To‘tilar kichkina qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to‘tilami unga qo‘yib yubordilar. To‘tilar keng qafasga kirgandan so'ng sayray boshladilar, ham yayrab o‘ynay boshladilar.
To‘tilaming pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‘lib, tovlanib turar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladi. To‘tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun, kichik-kichik xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek.
Hikoya tugagandan so‘ng tarbiyachi hikoyalami tahlil etib, eng yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: masalan, to‘tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi.;
«To‘tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi?» degan savolga Dilbar: «To‘tiqushlar;mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi ko‘radi», - dedi.
Sarvar esa: «To‘tiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi, sabzi, olma bersak ham yeydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», - deydi.
Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi.
Masalan, «Bizning oila», «Mening do‘stlarim», «Alla», «Do‘kon», «Bizning doktor», «Mening ko‘cham», «Ko‘cha harakati qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimida», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzulardagi hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hikoyalami tuzishda bolalaming nimalarga e’tibor berishi tushuntiriladi.
Начало формы
ma'ruza yakunlandi

Download 36,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish