Axborot tizimi funktsiyalarini amalga oshirishni unga yunaltirilgan axborot
axborotni o`zgartirish jarayonlari haqidagi zamonaviy tasavvurlarni aks ettiruvchi
32
ancha keng tushuncha. Axborot tizimlari ishining muvaffaqiyat garovi – boshqaruv
va komp`yuter axborot texnologiyalaridan oqilona uyg`unlikda foydalanishda.
Axborotni markazlashgan holda qayta ishlash EHM hisoblash markazlarida
tarixan dastlab yuzaga kelgan texnologiyadir. Katta EHM bilan jixozlangan
jamoaviy foydalanuvchi yirik HM (VTS)lari yaratildi. Bunday EHMlarni qo`llash
katta miqdorda kirib kelayotgan axborotni qayta ishlash va bu asosida
foydalanuvchiga beriladigan axborot mahsulotlarining xilma-xil turlarini olish
imkonini beradi. Bunday texnologik jarayon 60-70 yillar korxona va tashkilotlar
hisoblash texnikasi bilan etarli jihozlanmaganligiga bog`liq. Markazlashtirilgan
texnologiya uslubiyatining afzalliklari:
foydalanuvchining ma`lumotlar bazasi ko`rinishidagi katta axborot oqimiga
va keng nomenklaturadagi axborot mahsulotlariga murojaat etish imkoniyatlari;
markazlashtirilgan qabul qilinishi tufayli axborot texnologiyalarini
rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha uslubiy qarorlarni tadbiq etishning
nisbatan engilligi. Bunday uslubiyatning kamchiliklari kuyidagilar:
a) foydalanuvchi tezkor axborot olishiga qulaylik yaratmaydigan quyi
xodimlarning cheklangan mas`uliyati, bu hol boshqaruv qarorlarini to`g`ri ishlab
chiqishga to`sqinlik qiladi;
b) axborotni
olish
va
undan
foydalanish
jarayonida
foydalanuvchi
imkoniyatlarining cheklanganligi.
Axborotning nomarkazlashtirilgan holda qayta ishlashi 80-yillarda shaxsiy
komp`yuterlarning
paydo
bo`lishi
va
telekommunikatsiya
vositalarining
rivojlanishi bilan bog`liq. U avvalgi texnologiyani jiddiy siqib chiqardi, chunki u
foydalanuvchiga axborot bilan ishlashda keng imkoniyatlar berdi va uning
tashshabbusini cheklamaydi.
Bunday uslubiyatning afzalliklari quyidagilardir:
foydalanuvchi
tashabbuslariga
keng
sharoit
ta`minlovchi
tuzilmaningmoslashuvchanligi;
33
xodimlar quyi bo`g`ini mas`uliyatining kuchayishi:
markaziy komp`yuterdan foydalanish ehtiyoji va tegishlicha HM tomonidan
nazorat qilinishi;
komp`yuter aloqa vositalaridan foydalanish tufayli foydalanuvchi ijodiy
imkoniyatining ancha to`liq amalga oshishi. Biroq bu uslubiyat o`z kamchiliklariga
ega: ko`p sonli noyob ishlanmalar tufayli standartlashtirishning murakkabligi;
IM tavsiya etadigan standartlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni
foydalanuvchi psixologik tomondan qabul qilmasligi;
Mahalliy joylarda axborot texnologiyasi darajasining rivojlanishi bir tekis
emasligi.
Markazlashgan va nomarkazlashgan axborot texnologiyalarining bayon etilgan
afzallik va kamchiliklari ham bu yondashuvni oqilona qo`llash zaruriyatiga olib
keladi. Bunday yondashuvni oqilona uslubiyat deb nomlaymiz. Bu holda
majburiyat quyidagicha taqsimlanadi:
HM axborot texnologiyalaridan foydalanishning strategiyalarini ishlab
chiqish, foydalanuvchilarga ishda ham,o`qishda ham yordam berish;
Axborot texnologiyasidan foydalanuvchi xodim HM ko`rsatmalariga
bo`ysunishi, o`zining mahalliy tizim va texnologiyalarini tashkilotning umumiy
rejasiga muvofiq holda ishlab chiqishni amalga oshirmog`i lozim.
Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot
texnologiyasi tizimdagi ma`lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amalga
oshiradi. Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo`lib, qarorlar qabul qilish uchun
asos bo`lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo`lgan vazifaga muvofiq va
ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: