tuziga aylantiradi, hosil bo'lgan sariq qon tuzi temir (III) -xlorid bilan suvda yomon eruvchi
К
4
[Fe (CN)
6
+ 4FeCl
3
Fe
4
[Fe (CN)
6
]
3
+ 12 KCl
Sariq qon tuzi berlin zangorisi
Kerakli asbob va reaktivlar:
shtativ, probirkalar, pipetkalar, kaliy ferritsianidning 5%
eritmasi, temir xloridning 1 % eritmasi, na’matak yoki boshqa meva ekstrakti, distillangan suv.
Ishning bajarilishi.
Ikkita probirka olib 2-3 tomchidan 5 % kaliy ferritsianid va 1 tomchi temir (III)- xlorid
eritmasidan tomizamiz. Probirkalarning biriga 5-10 tomchi na’matak yoki boshqa meva
ekstrakti, ikkinchisiga shuncha miqdorda suv tomiziladi. Birinchi probirkadagi suyuqlik
ko‘karadi va berlin zangorisi hosil bo’ladi. Ikkinchi probirkadagi suyuqlik esa o’zgarishsiz
qoladi.
Nazorat uchun savollar
1. A vitaminning kimyoviy nomi nima deb ataladi?
2. A vitaminga xos sifat reaktsiyalari qanday bajariladi?
3. C vitaminga xos sifat reaktsiyalari qanday bajariladi?
4. Sariq qon tuzi temir (III) -xlorid bilan nima hosil qiladi.?
GORMONLAR KIMYOSI
Nazariy tushuncha:
Gormonlar hujayra va organlarni qo’zg’atib, organizmda kechadigan biologik
jarayonlarni boshqarilishini ta‘minlaydi. Gormon grekcha «hormao» so’zdan olingan bo’lib,
tebrataman, qo’zg’ataman degan ma‘noni anglatadi. Gumoral, ya‘ni organizmning suyuqliklar
orqali bo’ladigan o’zaro kelishish munosabatlari asosan gormonlar faoliyatiga bog’liq.
Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining mahsuloti bo’lib, ular to’g’ridan-to’g’ri qonga qo’yiladi.
Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezlari, buyrak
usti bezlari, oshqozon osti bezining alohida qismi, jinsiy bezlar va boshqalar kiradi. Ular
fermentlarni faollab yoki pasaytirib, membranalarni o’tkazuvchanligini o’zgartiradi. Ularning
faoliyati markaziy nerv tizimi orqali boshqarilib turadi. Ayrim gormonlarning qondagi miqdori
kamayib ketsa ularning ishlashiga signal bo’ladi. Ma‘lum gor-monlarning faoliyati gipofiz
tomonidan ishlanadigan trop gormonlar orqali boshqarilib turiladi.
Gormonlar kimyoviy tabiati bo’yicha bir necha guruhga bo’linadi. Ko’pchilik gormonlar
oqsillar, polipeptidlar, ayrimlari aminokislotalarning hosilalari, ayrimlar steroid tuzilishga
egadir. Gormonlar toza holda ajratilib olinmagan. Ayrim oqsil tabiatga ega bo’lmagan gormonlar
oqsillar bilan birikib, ularning turg’unligi, faolligi oshib shu holatda ko’chiriladi. Ularning
faolligi benihoya kattadir. Masalan, adrenalinning 1 kg og’irlikka 0,00001 mg bo’lsa faolligi
bilinadi. Gormonlar qonda ko’pchiligi periferik organlarda (masalan, jigarda) parchalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: