Statik biokimyо



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/176
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407609
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

 

QSILLAR  KIMYOSI 

Nazariy tushuncha: 

Tirik  organizmlarning  tashkil  topishida  va  ularda  hayotiy  jarayonlar  amalga  oshishida 

oqsillarning  roli  katta.  Ular  barcha  tirik  organizmlar,  bir  hujayrali  suv  o‘simliklari  va 

bakteriyalar,  ko‘p  hujayrali  hayvonlar  hamda  odam  organizmi,  tirik  organizmlar  bilan  jonsiz 

tabiat chegarasida turuvchi viruslar tarkibining ajralmas qismini tashkil qiladilar. Hujayrada yuz 

beradigan  har  qanday  kimyoviy  o‘zgarish  oqsillar  ishtirokisiz  amalga  oshmaydi.  Umuman 

olganda oqsillar hujayrada boshqa kimyoviy komponentlarga qaraganda ancha ko‘p jarayonlarda 

xilma-xil funktsiyalarni bajaradi.   



1.  

Katalitik funktsiyasi- shu vaqtgacha kashf etilgan barcha biologik katalizatorlar ya’ni 

fermentlar  oqsillardir.  Нozirgi  vaqtda  2000  dan  ortiq  fermentlar  ishtirokida  boradigan 

reaktsiyalar ma’lum.  



2. 

Oqsillar  zahira  oziq  manbai  vazifasini  ham  bajaradi.  Masalan,  tuxumdagi-albumin, 

sutdagi-kazein,  bug‘doydagi-gliadin,  makkajo‘xoridagi-zein    oqsillari  tirik  organizmlarning 

rivojlanishi uchun zarur oziq bo‘ladi. 



3. 

Transport  funktsiyasi.    Gemoglobin,  gemotsianin  oqsillari  qonda  O

2

  va  CO


2

  ni 


tashiydi. Qon plazmasi oqsillari, albumin va ba’zi globulinlar, yog‘ kislotalar, lipidlar, temir, mis 

kabi metal ionlarini tashiydi. 



4. 

Нimoya funktsiyasi. Organizmning immunologik tizimi tanaga kirgan bakteriya, toksin 

va  viruslarga  qarshi  javob  reaktsiyasi  sifatida  oqsil  tabiatli  antitelalar  ishlab  chiqaradi  hamda 

ularni  parchalab  zararsizlantiradi.  Masalan,  qondagi  fibrinogen  va  trombin  oqsillari  qon 

quyuqlashishida ishtirok etadi. 

 5. 

Qisqarish funktsiyasi. Muskullarning qisqarishi oqsillar ishtirokida kechadi. Masalan, 

aktin  va  miozin  oqsillari  muskullar  qisqarishida  ishtirok  etsa,  diyenin  oqsili  eng  sodda 

organizmlar  xivchinlarning  harakatlanishida  ishtirok  etadi.  Bundan  tashqari  miozin  yana 

fermentlik faoliyatiga ham ega. 

 6. 

Struktura funktsiyasi. Teri, suyak, tirnoq, soch, tuyoqlar asosan (

-keratin va kollagen 



oqsillaridan, hashoratlar skeleti sklerotindan, pilla ipagi fibroindan tashkil topgan. 

7. 

Oqsil  gormonlar.  Bir  qator  ichki  sekretsiya  bezlarining  mahsulotlari  peptid  va  oqsil 

tabiatiga  ega.  Masalan,  insulin,  o‘sish  gormoni  va  boshqalar.  Ular  organizmda  moddalar 

almashinuvini  rostlab  turadilar.  Bundan  tashqari  oqsillar  yana  juda  ko‘p  biologik  faol 

strukturalarning  tuzilishida  va  funktsiyasida  ishtirok  etadilar.  Masalan,  hayvon  zahiralarining 

aksari  oqsil  tabiatiga  ega,  ko‘rish  pigmenti  rodopsin,  informatsiyani  hujayra  ichiga  uzatadigan 




membrana  yuzasidagi  maxsus  tuzilma  retseptorlar  oqsillarni  boshqa  molekulalar  bilan  bergan 

kompleksidir. Oqsillar asosan uglerod (50-55 %), kislorod (21-24 %), vodorod (6,5-7,3 %), azot 

(15-18 %), oltingugurt (0-2,5%) elementlaridan tashkil topgan. Ana shu elementlardan birontasi 

yetishmasa,  oqsillar  mutlaqo  sintezlanmaydi.  Bu  elementlar  ichida  eng  xarakterli  narsa  azot 

miqdori, uning o‘rtacha miqdori 16 % ni tashkil qiladi. Shunga muvofiq, oqsil tarkibidagi azot 

miqdori  asosida  ayni  biologik  ob’ektdagi  oqsil  miqdorini  aniqlash  mumkin.  Ayrim  oqsillar 

tarkibida fosfor, yod, temir, rux, marganets va boshqa elementlar ham uchraydi. Oqsillar kislota 

yoki  ishqor  ishtirokida  100-110

0

  atrofida  24  soat  qaynatilsa,  to‘liq  gidrolizga  uchraydi.  Нosil 



bo‘lgan mahsulotlar aminokislotalardir. Umuman olganda tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar 

ma’lum  bo‘lib,  shulardan  20  xili  oqsillar  tarkibida  doim,  ba’zilari  ayrim  hollarda  uchraydi. 

Ularni 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish