Sotsiolingvistika


- Bilingvizm va uning turlari



Download 2,13 Mb.
bet8/38
Sana20.04.2022
Hajmi2,13 Mb.
#567702
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
fffff

5- Bilingvizm va uning turlari
Ikki tillilik va uning sotsial asoslari
Reja:
1. Bilingvizm-ikki tillilik va uning mohiyati
2. Ikki tillilikning sotsial asoslari


Tayanch so‘zlar: Milliy munosabatlar, milliy tilimiz takdiri, ikki tillilik ijtimoiy hodisa, ikki tilda mulokatda bo‘lish, hududiy chegaralanish, ikki xalq, millat yoki elat, ikki til aloqasi.

Mustakillik tufayli mamlakatimizning siyosiy, iktisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini qayta kurish, demokratlashtirish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi barcha harakat va intilishlar, garchi ancha qiyinchilik bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, davlat tuzilishidan tortib, ishlab chikarish, fan, madaniyat, maorif va ma’naviyatning barcha jabhalarida dastlabki ijobiy natijalari ko‘rina boshladi. Bu butun jamoatchilik vakillariga asrlar osha kalblarida pinhon saklanib kelayotgan orzu-umidlari, kayg‘u-hasratlarini baralla aytish imkonini tug‘di


rdi.
Mustakillik millatimizning o‘z-o‘zini anglash, milliy munosabatlar va ularni hal qilish, shubhasiz, shu bilan bog‘lik ravishda milliy tilimizning takdiri, taraqqiyoti va kelajakdagi istikboli masalalarini hozirgi davr kun tartibining asosiy masalalari sifatida maydonga chikardi.
Ayniksa, o‘zbek tiliga Davlat tili makomi berilishi maktab va oliy o‘kuv yurtlarida ona tili o‘kitishning samaradorligini oshirish bilan birga, o‘zbek tilshunosligi oldiga o‘zbek tili taraqqiyotining muhim muammolarini hal qilish masalalarini ko‘ydi. Ana shunday masalalardan biri o‘zbek va boshqa tillar-ikki tilliligi masalasidir.
1.Ikki tillilik individual (xususiy) hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. Buning ma’nosi shundaki, har qanday ikki xalq yo millat ikki tilliligi haqida gap borganda, ana shu tillarga mansub kishilarning har ikki tilda erkin so‘zlashuv aloqasi mavjudligi nazarda tutilmaydi, balki ikki til vakillarining hammasi uchun umumiylik, ijtimoiylik kasb etishi nazarda tutiladi.
2.Ikki tillilikda har ikkala tilning tengligi, ikki tilda muloqotda bo‘luvchi har ikki xalqning ikki tilni baravar o‘zlashtirish masalasi hal kiluvchi masaladir. Har qanday ikki tillilikni to‘la mavjud deyish uchun shu til vakillari har ikki tilda erkin fikr yuritishlari, har ikki til konuniyatlariga amal qilishlari talab etiladi. Agar tillararo bunday ijtimoiy aloqa to‘la ro‘yobga chikkan bo‘lmasa, hali ikki tillilik haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
3. Ikki tillilikning territorial (hududiy) chegaralanganligi, ikki tillilik mavjud mamlakatning ayrim punkt va regionlarida shakllanishi bu masalalarning asosiy faktorlaridan biridir. Bunday o‘rinlarda ikki xalq, millat yoki elat vakillarining uzoqi tarixiy jarayonda birgalikda hayot kechirishlari, ularning iktisodiy turmush sharoitlari, madaniyati, urf-odatlarida bir xillikning yuzaga kelishi ikki tillikni ro‘yobga chikarishning eng muhim omillaridandir. Masalan, Buxoro, Samarkand, Namanganning Chust, Xo‘jand, Konibodom,Tojikistonning Ko‘rg‘ontepa kabi shahr markazlarida o‘zbek-tojik yoki tojik-o‘zbek ikki tilliligi bunga misol bo‘la oladi.
4.Ikki tillilikning etnik-professional katlamlarga munosabati masalasi ham hal kiluvchi omillardan biridir. O‘zbek tilining boshqa har qanday til bilan ikki tillilikni tashkil qilishi uchun o‘zbek xalqining barcha etnik katlamlari va barcha kasb-hunarga doir kishilarni ko‘zda tutilayotgan ikki tilda aloqa qilish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari lozim. Statistik ma’lumotlarga karaganda, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning katta qismi kishloklarda, dehkonchilik bilan shug‘ullangani holda, ikki tillilikning boshqa vakillari bu sohada juda ozchilikni tashkil etadi.
Bu hakda Ozarbayjon-rus ikkitilliligi haqida to‘xtalib, A. Baskakov juda yaxshi fikr bayon qiladi: Ozarbayjon-rus ikki tilliligi haqida gap borishi uchun bu ikki tilning turli ijtimoiy guruhlarda ko‘llanilishiga nazar tashlash lozim; butun 100 % ozarboyjon dehkonlari, uy sharoitidagi barcha ozarbayjonlar faqat ozarbayjon tilida so‘zlashadi; shunga ko‘ra, kishlok rayonlarida rus aholisi nihoyatda kam bo‘lganligi uchun, bunday joylarda ozarbayjon-rus ikkitilliligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Ikki tillilikning har ikki til ichki kurilishining (fonetika, leksika, morfologiya va sintaksisi) ijtimoiy vazifasiga munosabati muhim ahamiyatga ega.
Ikki tillilik sharoitida tillarning ichki kurilishida transformastiya (o‘zgarish bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish) hodisasi yuz beradi, lekin bunday o‘zgarish ikki tomonlama bo‘lishi kerak. Doim bir til ikkinchisidan turli grammatik hodisalarni olsa-yu, ikkinchisi birinchisidan hech narsa olmasa, bu-transformastiya bo‘lmaydi, bunday holda ikki tillilik yuz bermaydi. Masalan, o‘zbek va tojik ikki tilligida fonetik transformastiya yuz berganda, o‘zbek tili tojik tili fonetikasiga xos ayrim xususiyatlarni o‘ziga kabul kilgani holda, tojik tili ham o‘zbek tilining ba’zi fonetik xususiyatlarini o‘zida aks ettirishi kerak. Shunda har ikki tilda ikki tillilik tomon siljish yuz beradi.
Ikki tillilik sharoitida transformastiya tillarning leksikasida kuchli bo‘ladi, tillar doim biri ikkinchisidan yangi so‘zlar bilan boyib boradi. Odatda tildan-tilga faqat otlar o‘tadi, boshqa turkumlarda ko‘chish deyarli kuzatilmaydi.Chunki, bir xalq boshqa xalqdan biror predmetni ifodalovchi so‘zni ham oladi.Shuning uchun mashhur tilshunos olim J. Vondriyes «Narsa ketidan so‘zlar keladi», deydi.
Morfologiyada ko‘chish kam, sintaksisda so‘z birikmalari va gap modellari ko‘chishi mumkin.
Masalaning ikkinchi tomoni, ikki tillilikning ijtimoiy vazifasi deganda, har ikki tilning bu jihatdan tengligi nazarda tutiladi, tillar o‘rtasidagi funkstional tengsizlik ikkitillilik uchun ziddir.
6. Ikki xalq aralashuv (kontakti) aloqasi ikki til kontaktini-ikki tillilikni keltirib chikarish uchun obyektiv sharoit, obyektiv sabablar mavjud bo‘lishi kerak.
Ikki tillilikni hech qanday buyrukbozlik yoki karorlar asosida vujudga keltirish mumkin emas, faqat uzoqi tarixiy jarayondagi ellararo aloqa, tillararo aloqagina ikki tillilikni keltirib chikarishi mumkin. Ikki tillilik va ko‘p tillilikni bir kancha tillami biladigan shaxslarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Binobarin, bilingvizm (ikki tillilik) deganda, ikki tilda erkin fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallaganlik tushuniladi. Ikki tillilik va ko‘p tillilikdan farqli oiarok, diglossiya ikkita mustaqiltilni yoki bir tilning turli subkodlarini bilishni ifodalaydi. Bu tillar va subkodlar vazifasiga ko‘ra taksimlangan bo’ladi: agar gap ko‘p tilli jamiyatlar haqida borayotgan boisa, unda masalan, rasmiy vaziyatlarda, chunonchi, konunchilik, ish yuritish, daviat tashkilotlari orasidagi yozishmalarda rasmiy til (yoki daviat tili)dan foydalaniladi; maishiy, kundalik hayot va oilaviy muloqot sharoitlarida esa rasmiy makomga ega bo’lmagan boshqa tillar va subkodlardan foydalaniladi. So'zlovchilaming ongli ravishda turli kommunikativ vositalardan birini tanlashi va uni muloqot uchun muvaffakiyatli koilay olishi diglossiyaning muhim sharti hisoblanadi. Bilingvizmning turlari. Individual bilingvizmning uch asosiy turi farqlanadi:
Koordinativ (sof) bilingvizmda ikki til mutlako muxtor boiib, har biri o ‘zining tushunchalar majmuyiga mos keladi, ikki tilning Grammatik kategoriyalari ham mustaqilbo‘ladi:
Masalan, “tana ko‘yib, shox va novdalar chikarib, tomir otib o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik” (daraxt) fizik obyekti uchun ikki tushuncha va ikki xil fonemalar shakli qo’llaniladi: albero “soyabonli italyan karag‘ayi”, tree “daraxt”.
Aralash bilingvizm nutq analizi va sintezining yagona mexanizmini nazarda tutadi, birga mavjud boigan tillar esa faqat ustki struktura darajasida farqlanadi. Masalan, ALBERO va TREE tushunchalari aralashib, ialbero! vaItril akustik obrazlari ko‘shib yoziladigan ALBEROTREE ko‘rinishidagi super tushunchani hosil qiladi:

Subordinativ bilingvizm da so‘zlashuvchilar ikkinchi tilni ona tilining ta’siri vositasida kabul qiladi: tushuncha ona tilining leksik birliklari, qolganlaresa ikkinchi til birliklari bilan o‘zaro munosabatda bo’ladi. Bu turdagi bilingvizmda, odatda, ikkinchi til tarjima qilish usuli bilan o‘rganiladi: Itril shakli /albero/ni ifodalaydi, shutting uchun italyancha ALBERO/alberoning o‘zi belgining belgisi, ya’ni metabelgi hisoblanadi.

Ikki tillilik yoki bilingvizm hodisasi haqida ham ijobiy , ham salbiy hhodisa sifatida karash mumkin. Bilingvizm rivojlangan Yevropa davlatlari uchun odatiy hodisa sifatida karaladi. Buni ikki sabab bilan tushuntirish mumkin:

  1. Geografik jihatda davlat chegaralarining juda yakinligi .

  2. Turli millatga mansub kishilarning oilaviy birikuvi natijasida bilingvizv oilalarning vujudga kelishi.

Bu hodisaning har ikki maqsadda ishlatilishi kishilarning o’zaro muloqot xulqi va salohiyatiga bog’likdir.



Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish