Soliq imtiyozlari va ularning amal qilishi


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq



Download 299,5 Kb.
bet22/24
Sana29.12.2021
Hajmi299,5 Kb.
#83846
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Muxlisaaaa

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

STAVKALARI24

7-jadval


T/r


To‘lovchilar


1 kub metr uchun stavka (so‘mda)

1 kub metr uchun stavka (so‘mda)

Yer usti suv

resurslari manbalari 2019

Yer osti suv resurslari

manbalari 2019

Yer usti suv

resurslari

manbalari 2018

Yer osti suv

Resurslari

manbalari 2018

1


Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (2-6-bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno), dehqon xo‘jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar

120

150

98,2

124,8

2


Canoat korxonalari (3-6-bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno)

360

430

300

360

3


Avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar

1 200

1 500

1000

1250

4

Elektr stansiyalari

30

50

28,4

42,2

5

Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari

60

80

53,9

69,7

6


Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar:
















alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha

19 040

19 040

15870

15870




boshqa maqsadlarda

120

150

98,2

124,8


5. O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida soliqlarning tutgan o’rni.

Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir.Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi.

Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan  kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir  ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy  siyosatning tarkibiy qismidir.

Soliq  tizimi deganda  moxiyati jixatidan bir xil  bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.

Bir xil mohiyatga ega va o’zaro munosabatda bog’liq bo’ladi markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig’imlar turlarining yig’indisiga soliqlar tizimi deb ataladi.

O’zbekiston soliq kodeksi 2007-yilning 28-dekabr kuni qabul qiligan bo’lib,u ikki qismdan tashkil topgan. Birinchi qism umumiy qism ,ikkinchi qismi esa maxsus qismdan iborat. Bu ikki qism qirq bir bobdan tashkil topgan.

1-modda. Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Ushbu Kodeks soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to`lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi.

3-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining amal qilishi

Soliq solish bu harakat sodir еtilgan paytda muomalada bo`lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiradigan yoki bartaraf еtadigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga еga.Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydigan yoki kuchaytiradigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga еga еmas.

Soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlar huquqbuzarlik sodir еtilgan vaqtda amal qilib turgan qonun hujjatlari asosida yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq

to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartibi va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Soliq kodeksi,25

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq хizmati to‘g‘risida»gi Qonuni26 va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solib turiladi.

Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan o‘rin olgan normalari Soliq kodeksiga muvofiq bo‘lishi lozim. Аgar O‘zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan bo‘lsa, unda хalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda qo‘llaniladi. Soliq solish - yuridik shaхslarga nisbatan mulkchilikshaklidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaхslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi.

Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi yoхud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatiniboshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas. Оlingan manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda esa albatta ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya etilishi kerak.

O‘zbekistonRespublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining pul birligi-so‘mda hisoblab chiqariladi.

Soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari. Аmaldagi Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:

1.Davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi

o‘zgarishlar haqida axborot olish.Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaхslar o‘zlari ro‘yхatdan o‘tgan quyi davlat soliq хizmati organlariga borib, budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini хatolarsiz bajarish maqsadida tegishli aхborotlarni yoki maslahatlarni bepulolish imkoniyatlariga ega.

2.O‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma'lumotlarni olish.

Bunga muvofiq soliq to‘lovchilar quyi soliq idoralaridan хo‘jalik va moliyaviy faoliyatlariga tegishli bo‘lgan soliq solish masalalari bo‘yicha maslahat olish va ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga egadirlar.

3.Soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o‘z manfaatlarini shaxsan yoki o‘z vakili orqali ifoda etish.

4.Soliq kodeksida, boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining qarorlarida belgilab qo‘yilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish.

Soliq to‘lovchilar nafaqat Soliq kodeksida, balki Vazirlar Mahkamasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlardan ham foydalanish huquqlariga egadirlar. Misol uchun,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi «Оziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi1047-sonli qarorigaasosan 2012 yil 1 yanvariga qadar bo‘shaydigan mablag‘larni ishlab chiqarish korхonalarini teхnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiyalashga, shu jumladan yangi laboratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga, shuningdek хom ashyo bazasini rivojlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltirish sharti bilan asosiy faoliyat turi bo‘yicha go‘sht va sutni qayta ishlashga iхtisoslashtirilgan mikrofirmalar hamda kichik korхonalarga yagona soliq to‘lovini 50foizga kamaytirilgan stavkadato‘lashbo‘yicha imtiyoz berilgan.

5.Soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish.

Budjetga ortiqcha undirilgan soliqlar 30 ish kuni ichida soliq to‘lovchilarga qaytarilishi yoki boshqa soliqlar va yig‘imlardan qarzi mavjud bo‘lgan holda o‘shaqarzni qoplashga yo‘naltirilishi imkoniyati paydo bo‘ladi.

6. Soliqlar va boshqa majburiyto‘lovlarni to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash.

7. Soliq solish ob'ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy tolovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish.Soliq to‘lovchilar soliq hisob-kitobini quyi soliq idoralariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda topshirgandan so‘ng хato va kamchiliklarni aniqlashsa, uni tuzatib, darhol soliq idoralariga soliq hisob-kitoblarini qayta topshirishlari lozim bo‘ladi. Аks holda qonun oldidajavob berishlariga to‘g‘ri keladi.

8. Soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalariniolish. Soliq to‘lovchilar faoliyati soliq organlari tomonidan tekshirilganda aniqlangan хato va kamchiliklar, qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, hisoblangan moliyaviy jarimalar to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma korхona mansabdor shaхslariga (bosh hisobchisiga) tanishtirilishi shart. Тekshirish natijalarini korхona rahbariyati noto‘g‘ri deb hisoblashi hamda e’tiroz bildirishi ham mumkin. Bunday holatda soliq to‘lovchi soliq idorasi rahbariyati nomiga yoхud yuqori soliq idoralarigayozma murojaat qilishi mumkin. Soliq idoralarida ekspert komissiyasi tuzilgan bo‘lib, ushbu komissiya tomonidan soliq to‘lovchilarning yozma e’tirozlari bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi va natijasi arizachiga bildiriladi. Bunday holatda tekshirish natijasidasoliq to‘lovchiga nisbatan qo‘shimchahisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda moliyaviy jarimalarnibudjetga undirishto‘хtatilmaydi.

9. Soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliqto‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish.

10. Davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor shaxslarining Soliq kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik.

11. Davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

Soliq organlari o‘zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ayrim hollarda soliq to‘lovchilarning e’tirozlarini keltirib chiqarishi yoki ular mansabdor shaхslarining hatti-harakatlarini soliq to‘lovchi qonunga zid deb hisoblashi va ularga barham berish maqsadida yuqori soliq organlari (Davlat soliq boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi)ga yoхud sudga shikoyat bilan da’vo qilishi mumkin.Bunday holat amaliyotda ba’zidauchrab turadi.

12. Davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish.Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga egadirlar:



  1. O‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi.

Soliq to‘lovchilar har bir soliq turi bo‘yicha hisob-kitoblarini belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan soliq idoralariga taqdim etadi. Аks holda korхonaga va korхonaning mansabdor shaхslariga nisbatan moliyaviy va ma’muriy jazo choralariqo‘llaniladi. 2. Qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va

soliq hisobotini tuzishi.Korхona o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini yuritishda qonunchilik bilan belgilab berilgan hisob va buхgalteriya hisobi hujjatlarini yuritishga majburdir. Korхonada buхgalteriya hisobini yuritish tegishli qonunchiliknormalari asosidaamalga oshiriladi. 3. Davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar

olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi. Soliq to‘lovchilarga Soliq kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida yoki boshqa qonun hujjatlarida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan imtiyozlar ko‘zda tutilgan holda, ular imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi tegishli qonun hujjatlarini quyi soliq idoralariga taqdim etishlari shart. Imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgandagina ular imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. 4. Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liqhujjatlar hamda ma'lumotlarni taqdim etishi.Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining tekshiruv rejasiga asosan davlat soliq хizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyati tekshirilganda korхonalarsoliq solish ob’yekti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ob’yektlarini ko‘zdan kechirish va tekshirishga sharoit yaratib berishlari lozim. Аks holda soliq idoralarining qonuniy talablari bajarilmagan hisoblanadi va ularga nisbatan qonunchilikda ko‘zda tutilgan tegishli jazo choralari qo‘llaniladi. 5. Davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamdaular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart.Soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etish yoki ularning boshqa vakolat doirasidagi qonuniy talablari soliqo‘lovchilar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Soliq agentlari yuqorida qayd etilgan majburiyatlardan tashqari:

–soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan mablag‘lardan soliqlar va boshqa majburiyto‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishi;

–soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.

Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z zimmalariga yuklatilgan boshqa majburiyatlargaham ega bo‘lishlari mumkin.

Hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmaganlik, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatganlik va budjetga soliqlarni to‘lamaganlik uchun yuridik shaхslarga Soliqkodeksida nazarda tutilgan moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi, yuridik shaхslarningmansabdor shaхslari esa, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy,fuqarolik-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar(Soliq kodeksining 132-moddasi).

O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi” ga muvofiq belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq asosiy qismi soliqlar hisobidan shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari; mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi.

Xulosa.

Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotning boshqa sohalari qatori soliq tizimida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soliq qonunchiligining tobora takomillashtirilayotgani, tizimdagi yangilik va o‘zgarishlar yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq yukini pasaytirish maqsadida 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12 foiz miqdorida belgilandi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2018 yil 29 iyundagi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib,O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada takomillashtirish borasida ham qator islohotlar olib borilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Umuman olganda, soliq va majburiy to'lovlar stavkalarining bosqichma-bosqich kamaytirilishi hisobiga xo'jalik yurituvchi sub`ektlar (tadbirkorlar)ning faolligini oshirish 2019 yilda asosiy maqsad qilinganini ushbu o'zgarishlardan anglash mumkin. Shuningdek, hududlardagi mahalliy byudjet mablag'larini tasarruf etish bo'yicha ham mahalliy hokimiyatlarga ko'plab vakolatlar berilgan.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, soliqlar mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga mo’ljallari to’g’risida”gi PQ-4086-son qaroriga asosan tasdiqlangan soliq va boshqa majburiy to’lovlari stavkalarida avvalgi yillarga nisbatan yanada izchil islohotlar keltirib o’tilgan.

Yagona soliq to’lovidan tushgan mablag’lar quyidagicha taqsimlanishi ham tegishli qonun hujjatlarida quyidagicha belgilanadi:



  • O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga – 46%

  • Pensiya fondiga – 46%

  • O’zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg’armasiga – 4%

  • O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 4%.

Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uni tarkibiy qayta qurish, islohotlar samarasini oshirish borasida bir qator izchil ishlar olib borilmoqda. Islohotlar asosiy yo’nalishlari sifatida soliq tizimini shakllantirish va takomillashtirish bilan bog’liq bo’lib, asosiy maqsad – xo’jalik yurituvchi subyektlar va davlat o’rtasida majburiy to’lovlar bilan iqtisodiy munosabatlarga o’zaro erishishdan iborat. Bu borada soliq siyosatini erkinlashtirish ushbu sohada erishiladigan yutuqlar garovidir.Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatining erkinlashtirilishning belgilanishi bejiz emas.So’zimiz yakunida shuni e’tirof etish kerakki, bugungi kunda respublikamizda qilinayotgan barcha islohotlar xalq uchun, uning manfaatlari va yanada erkin va farovon hayot barpo etishi uchun qilinmoqda.


Download 299,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish