9
Sodda gaplarda shakl va mazmun birligining ifodalanishi
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat bo’ladi. Shu jumladan sodda
gaplar ham. Sodda gapning umuman olganda, gapning barcha turlarida lisoniy
sathdagi shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakliy va mazmuniy
jihatidan farqlanadi.
Gapning eng kichik qurilish qolipi – [WP
m
= fikr ifodalovchi eng kichik birlik]
lisoniy sathda o’rnashgan. Bunda LSQning chap tomoni shakliy va o’ng
tomoni
mazmuniy jihati. Nutqiy sathda esa shakliy va mazmuniy jihat lisoniy sathdagidan
farqliroq. Gapning nutqiy sathdagi shakliy-mazmuniy munosabatini tilshunoslikning
mazmuniy sintaksis yo’nalishi o’rganadi. Mazmuniy sintaksis ma’lum bir sintaktik
birlik nimani ifodalaydi va ma’lum bir voqea qanday ifodalanadi degan muammoni
ochib berish bilan shug’ullanadi.
Sintaktik birlik (SB, gap bolagi, gap)da ifodalangan borliq bo’lagi, voqelik, vaziyat
mazmuniy sintaksisda propozitsiya deb yuritiladi. Masalan,
borliqdagi kitob ustida
harakat bajarildi – kitob o’qildi. Bu propozitsiyadir. Propozitsiya holatini biz
faqatgina so’z birikmalaridagina kuzatmaymiz, gapning barcha turlaruda
kuzatishimiz mumkin. Mana shuning qiyosiy tahlilini keltiramiz. Misol:
kitobning o’qilishi
(so’z birikmasi)
toza havo
(so’z birikmasi)
kitob o’qildi
(sodda gap)
havo toza
(sodda gap)
Lekin turli sintaktik birlikda turlicha – so’z birikmalarida
muayyanlashgan
tushuncha, berilgan sodda gapda esa nisbiy tugal fikr sifatida aks etagan. Bundan
ko’rinadiki, ma’lum bir propozitsiya gap sifatida namoyon bo’lishi uchun unga
boshqa narsalar – so’zlovchining kommunikativ maqsadi,
modallik belgilari ham
qorishadi. Bunday holat esa gapga xos grammatik kategoriyaning nutqiy namoyon
bo’lishini taqozo etadi va tegishli sintaktik birlik (
kitobning o’qilishi)
da propozitsiya
tushuncha tarzida berilib, u so’zlovchining buni hukm sifatida bermaslik maqsadiga
bo’ysundirilgan. Maqsad esa ifodalovchi sintaktik birlikda grammatik shakllar va
ohang bilan ta’minlangan. Ikkinchisida esa so’zlovchi propozitsiyani nisbiy tugal fikr
10
sifatida berishni maqsad qilganligi tufayli u nutqda tegishli grammatik vosita sodda
gapni shakllantiruvchi kesimlik belgisi va maxsus ohang bilan ta’minlangan.
Ma’lum bo’ladiki, mazmun va shakl muvofiq emas. Bir mazmun (propozitsiya)
turli shakl (so’z birikmasi, sodda gap) bilan ifodalangan. Shuningdek bir shakl turli
mazmunlarni ifodalashi mumkin.
Mazmuniy sintaksisda gap mazmuni ikki unsur –
obyektiv va subyektiv
mzmundan iborat deb qaraladi. Obyektiv mazmun gapda aks etgan propozitsiya (u
diktum
ham deyiladi), subyektiv mazmun esa bu voqelikka so’zlovchining
munosabati (u modus deb yuritiladi). Masalan,
Halim keldi, Halim kelmoqchi, Halim
kelsa edi, Halim, balki kelar
gaplarida diktum bir xil, ammo har bir gapda modus
turlicha.
Bir sintaktik
birlik bilan turli mazmunning, bir mazmunning turli sintaktik
birliklar
vositasida
ifodalanishi
sintaktik
birliklarda
mazmuniy-sintaktik
nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi (bunga yuqorida misollarimiz keltirilgan). Bir
propozitsiya sodda gap bilan ham, qo’shma gap bilan ham ifodalanishi mumkin.
Qiyoslash uchun misol keltiramiz: Sharifa kelgach, men ketdim (sodda gap). Sharifa
keldi va men ketdim (qo’shma gap).
Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turida ham mazmuniy-sintaktik
nomuvofiqlik
mavjud bo’ladi. Masalan, gap shaklan so’roq gap (She’rdan bahra olmagan kim bor?)
bo’lsa-da, mazmun darak (She’rdan hamma bahra oladi) yoki gap shaklan so’roq
bo’lsa-da (Oq ayiqlarni ko’rmaysizmi?), mazmunan buyruq (Oq ayiqlarni ko’ring),
mazmunan buyruq gap shaklan darak gap xarakteriga ega bo’lishi mumkin
(Borsangiz bo’lardi).
Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, sintaktik birliklar va ular ifodalayotgan obyektiv
voqelik orasida muvofiqlik ham, nomuvofiqlik ham mavjud bo’ladi. Buni so’z
birikmasida ham, u so’z birikmasining qaysi turiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar,
gap bo’laklarida ham, gapda (gapning tuzilishiga ko’ra ham sodda, ham qo’shma
hamda ularning ichki tuzilishiga ko’ra hamma guruhlarida) ham kuzatish mumkin.