Soch ham husn. Soch



Download 1,49 Mb.
bet3/4
Sana18.01.2020
Hajmi1,49 Mb.
#35377
1   2   3   4
Bog'liq
Tadbirlar


Ona tilim __ joni dilim !

Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratganning insonlarga  bergan ne’matidir. Har qanday millatning iftixori, bebaho boyligi uning o‘z ona tilidir.

Turkiy tillar oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tili ham biz o‘zbeklarning eng qimmatli boyligimizdir. Tilimizning go‘zalligi, ma’no jilolari Navoiy davridayoq o‘z ifodasini topgan, bu tilda bir-biridan ajoyib asarlar bitilgan.

Shu tilnining sofligini asramoq, uni yanada boyitib avlodlarga etkazmoq bizning zimmamizdadir.

O‘zbek tilining qonuniy muhofazasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq.

Ma’lumki, 1989 yil 21-oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida respublikamizda keng nishonlanadi.

Jumladan, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialiada ham joriy yilning 21-oktyabr kuni “Ona tilim-jonu dilim” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o‘zbek tili fani o‘qituvchisi N.Samandarova, ingliz tili fani o‘qituvchilari Sh.Raximova, N.Adambaevalar tomonidan filialning 142 -A guruhi talabalari bilan tayyorlangan dastur milliy tilga bo‘lgan hurmatni yana bir bora namoyish etdi.

Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, monologlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Til bayramida qatnashib, so‘zga chiqqan kafedra mudiri, dotsent D.Sh.Olimova, Pediatriya fakulteti dekani, dotsent Sh.R.Yusupov, Davolash ishi fakulteti dekani, dotsent O.O.Masharipov, dekan muovini J.N.Jumaniyazov, “Yoshlar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i E.N.Alimov, filial ARM rahbari Sh. Sultonovalar talabalarni bayram bilan qutlab, ona tilimizning tarixi,buguni va kelajagi haqida talabalarga ma’lumot berib, bundan keyingi o‘qish va ishlariga zafarlar tilashdi.

Har bir millatning o‘z milliyligini, xosligini namoyon qiluvchi vosita va manbalari mavjud. Til ana shunday jihatlarning eng munosibi va mukammalidir. Millatning millatligini tayin etuvchi, farqlovchi muhim omillardan biri til hisoblanadi. Har bir millat vakillarining o‘zigagina xos bo‘lgan so‘zlashuv tili mavjud. Chunonchi, o‘zbek millati o‘zbek tilida, tojik millati tojik tilida, qozoq millati qozoq tilida, rus millati rus tilida, yapon millati yapon tilida, koreys millati koreys tilida so‘zlashadi. E’tibor qaratilsa, millat va uning tili deyarli bir xil nom bilan yuritiladi. Demak, millatni tilsiz, tilni millatsiz tasavvur ham, tahlil ham etib bo‘lmaydi. Millat deganda, shu millatga xos so‘zlashuv tili, til deganda, shu millat vakillari ko‘z oldimizda gavladanadi. Masalan, o‘zbek millati desak, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi xalq tushuniladi. Xullas, bu tushunchalar o‘zaro uyg‘un va yaxlit ikki qutbdir. Shundan bo‘lsa kerak, millat tili – Ona tili deya e’tirof etiladi, aksariyat shu millatning davlat tili sifatida amal qiladi.

Til Onaga, Vatanga, Millatga qiyoslanar ekan, shular kabi ulug‘vorlikda madh etiladi, qadrlanadi. Har qanday davrda o‘z ona tiliga ehtirom, uni tarannum etish, avaylab-asrash, taqdiridan qayg‘urish ma’rifat siymolarining, ma’naviyat posbonlarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ayniqsa, badiiy ijod ahli bu borada yanada salmoqli o‘rin tutishadi. Jumladan, mumtoz adabiyot manbalarida ham o‘z millati tilini madh etish, targ‘ib qilish maqsadlari ustuvor asarlarni ko‘plab kuzatamiz. E’tiborli jihati, bu davr manbalarida “til” so‘zi o‘rnida asosan “lafz”, “so‘z”, “alfoz”, “kalom” kabi tushunchalar ishlatilgan. Aynan “til” so‘zi ko‘p ishlatilmagan. “So‘z” tushunchasi umumiy “til” ma’nosida qo‘llanilgan, tildagi mavjud barcha so‘zlarga nisbatan yaxlit tushuncha sifatida qo‘llanilgan. Bu davr adabiyotida tilning mavqei, qadr-qimmati so‘z bilan o‘lchangan. So‘z qadri, mohiyati bevosita tilni anglatgan. Buni biz iste’dodli shoir Munisning “So‘z” radifli g‘azalida ham kuzatishimiz mumkin.

Garchi avval bor edi mahbubi gulruxsora so‘z,

Lek erur holo base mankub-u baxti qora so‘z.

Shoiri sho‘ridag‘a diljamlik qaydin yetar,

Daxli bejodinavomollidadur yuz pora so‘z.

Dema, so‘z atrofig‘a chekmish livoyi ishtihor,

Qadrdone topmay o‘lmish dahrda ovora so‘z.

Shoir o‘z ahvolig‘a darmonda-vu fazl ahli xor,

Ohkim, topmas bu davron ichra bir g‘amxora so‘z.



3-dekabr xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni

1992-yil 14-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 47/3-sonli qaroriga asosan 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e'lon qilindi va tashkilotga a'zo davlatlarni har yili maxsus kun sharafiga bag'ishlangan tadbirlarni o'tkazishga chaqirdi.



Ushbu kunni nishonlash to’g’risidagi qaror Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1983-1992 yillarni qamrab olgan nogironlar o'n yilligining oxirida qabul qilindi. Mazkur o'n yil ichida nogironlar holatini yaxshilash va ular uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida, xabardorlikni oshirish va chora-tadbirlar ko'rish kabi katta ishlar amalga oshirildi.



Dunyoda taxminan 1 milliardga yaqin nogironlar istiqomat qiladi va ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko'lamli, samarali va teng huquqli ishtirokini cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy to'siqlarga duch keladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, ular ta'lim, mehnat, sog'liqni saqlash hamda ijtimoiy va huquqiy ko'mak kabi asosiy manbalardan teng ravishda foydalana olmaydi.

Shu sababdan 3 dekabr kuni Xalqaro nogironlar kunining o'tkazilishi nogironlarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan.

O’z oldiga ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishni maqsad qilgan davlatimizda islohotlar inson va uning manfaatlariga qaratilgan. Mustaqillikka erishgan dastlabki 1991 yildayoq “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan bo’lsa, 2008 yilda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Shu yili “Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident Qarori imzolandi. Turli yillarda davlat Dasturlari doirasida nogironlarni himoyalash, ularni ijtimoiy holatini yaxshilash, barcha huquqlaridan to’laqonli foydalanishlari bo’yicha chora tadbirlar amalga oshirildi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ham nogironligi bo’lgan shaxslarning to’laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha qator amaliy ishlar belgilandi va hayotga joriy etilmoqda. Nogironligi bo’lgan shaxslarning manzilli ravishda ijtimoiy himoya qilinishi ularga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.  

Respublikamizda 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida e’lon qilinishi hamda keng miqyosda nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining isbotidir. Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan nogironligi bo’lgan shaxslarning shartnoma to’lovlarini to’lab berilishi, o’tgan o’quv yilidan boshlab qonunda belgilangan tartibda ularni oliy o’quv yurtlariga grant asosida qabul qilinishi sohada amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismigina xolos.

Andijon davlat universitetida ham bugungi kunda ana shunday imtiyozdan foydalanib grant asosida 45 nafar talaba tahsil olmoqda.



Universitetimizda 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni doirasida turli ijtimoiy hayriya tadbirlari, loyihalar, tadbirlar o’tkazilmoqda. Xar bir fakultet professor-o’qituvchilari va talabalari tashabbus ko’rsatib, turli hayriya, ko’ngilochar dasturlari bilan sog’ligida nuqsoni bor bolalar maktablarida, muruvvat uylaridagi bolalar ko’nglini shod qilib qaytmoqdalar.  



Konstitutsiya kuniga tadbir.

Konstitutsiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K. barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.



K. davlatchilik belgisidir. Birbiridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) K. tushunchalari bor. Yuridik K. ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy K. esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir. K. oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan K. — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda K. kodekslashtirilmagan hisoblanadi.

Aralash turdagi K. parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha K. yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahrik.) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha K.lar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi

Davlat faoliyatining turli sohalarida K.ga rioya qilinishini nazorat etish Oliy sud yoki Konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi. "K." atamasi Qad. Rimdayoq bor edi (imperator K.si deb atalgan qonun). Amir Temur "Tuzuklar"i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Oʻrta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir oʻtkazgan. Yevropadagi tarixiy taraqqiyot hozirgi kunda amalda boʻlgan K.larning 2 guruhini vujudga keltirdi. 1-guruh — hozirgi zamon sharoitlaridan keskin farq qiluvchi sharoitlarda qabul qilingan eski K.lar. Bu xildagi K.larga 1787 yilgi AQSH Konstitutsiyasi, 1831 yilgi Belgiya K.si, 1874 yilgi Shveysariya K.si misol boʻla oladi. 2-guruhga 20-asrning 2-yarmida qabul qilingan "yangi avlod" K.lari kiradi. Ular dastlabki K.lardan xuquq va erkinliklar institutining , K.ning himoya qilish mexanizmlari va ijtimoiy muammolarga murojaat kilish mexanizmlarining kengayishi natijasida konstitutsiyaviy tartibga solish hajmining koʻpayishi bilan farq qiladi.

Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan OʻzR Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dek.da qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi (qarang Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi).



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.

Davlat test markazida 2018-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston milliy universiteti o‘qituvchisi, yuridik fanlar doktori, professor Jo‘raev Yo‘ldosh Ochilovich va Davlat test markazi xodimlari ishtirok etdilar.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik jamiyat qurish poydevoridir” mavzuida qilingan ma'ruzada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi, dastlabki va keyingi shakllari, xalqaro tan olinganligi, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi asosida kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, fuqarolarimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarining mukammallashgani, shuningdek, konstitutsiyasiz mamlakatlarda fuqaro huquqlarini ta'minlash mexanizmlari  to‘g‘risida slaydlar orqali batafsil ma'lumotlar berildi.

Qiziqarli o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma'ruzachi aniq fakt va dalillar asosida to‘liq va batafsil javob qaytardi.

Tadbir do‘stona va savol-javob ruhida o‘tdi.



Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish