Sirdaryo abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni



Download 349,01 Kb.
bet18/27
Sana04.04.2022
Hajmi349,01 Kb.
#527852
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
uzb tar mavzular toplami

13 Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni.
Reja:

1.Prezident beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ular nima?
2.Besh tashabbus yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga chorlamoqda
3.Besh tashabbus besh imkoniyat
4.Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo`lida

Kuni kecha davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.


Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
SHu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
SHu bois muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi.
1-TASHABBUS YOshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, istedodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
San’at va badiiy ijod shaxs fenomenini shakllantiruvchi asosiy mezondir.
2-TASHABBUS YOshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Oliy ta’lim muassasalarida sport maydonchalaridan dars va darsdan tashqari foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Nafaqat talabalar, balki yon-atrofdagilarni ham sport bilan shug‘ullanishiga qo‘shimcha sharoitlar mavjud.
3-TASHABBUS Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
4-TASHABBUS YOshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasiga ko‘ra, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar etkazib berish ko‘zda tutilgan.
5-TASHABBUS Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Beshinchi tashabbus bo‘yicha xotin-qizlar uchun yaratilayotgan qo‘shimcha ishchi o‘rinlarida (bu asosan tikuvchilik korxonalariga to‘g‘ri kelayapti) talaba qizlarimizni kasbga tayyorgarligini yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Prezidentning joriy yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifi davomida mazkur hududlardagi tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar etkazib berildi. “Ma’rifat karvoni” tashkil etildi. YOshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari etkazib berildi.
Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “YOshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.
Taniqli san’atkor va iste’dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san’atni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.
Musiqa va san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.
Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, diyorimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi etarli emasligi qayd etildi. Umumta’lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpog‘istonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.
Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi.
Olis va chekka qishloqlarda engil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun’iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun er ajratish zarurligi ta’kidlandi. Bunday tadbirkorlarga O‘zmilliybank tomonidan “YOshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng iqtisodiy, ijtimoiy siѐsiy, mafkuraviy-ma’naviy sohalarda taraqqiѐt va yangilanishning o‘ziga xos hamda o‘ziga mos yo‘lini tanladi. Respublikamizning bozor iqtisodiѐtiga o‘tish tajribasi, «o‘ziga xos va o‘ziga mos» taraqqiѐt yo‘li, istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab milliy an’analarimizga REJA: 1.1. O‘zbekistonning mustaqil demokratik taraqqiѐt yo‘li. Milliy tiklanish bosqichi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 1.2. Mamlakatimizda demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari. 1.3. Mustaqil demokratik taraqqiѐt yo‘lida erishilgan yutuqlar va muammolar. 1-MAVZU: O‘ZBEKISTON MUSTAQIL DEMOKRATIK TARAQQIYOTINING MILLIY TIKLANISH BOSQICHIDA JAMIYAT RIVOJI VA TA’LIM-TARBIYA SOHASIDAGI AMALGA OSHIRILGAN VAZIFALAR 20 asoslangan yangi davlatchilik nazariyasi, milliy tiklanish g‘oyasi, istiqbolda mo‘ljallangan strategik masalalar, mintaqaviy va xalqaro siѐsat, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni va mavqei kabi dolzarb masalalar ishlab chiqildi. SHuningdek, O‘zbekistonda qurilaѐtgan huquqiy demokratik davlat xususiyatlari, demokratiya va xalq ruhiyati, demokratik tamoyillar rivoji, madaniyatlar va sivilizatsiyalar sintezi, fuqarolik jamiyati tizimini shakllantirish yo‘llari, milliy mafkura zarurati va uning negizlari, milliy qadriyatlarni tiklash, necha ming yillik tariximizni o‘rganishning konseptual g‘oyalari asoslab berildi. Xalqimiz 25 yillik istiqlol davrida erishilgan barcha yutuq va natijalarni haqli ravishda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liq holda ko‘radi. Butun O‘zbekiston bolalari – mening farzandlarim deb bilgan, mamlakatimizning kelajagi zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, iste’dodli, izlanuvchan ѐshlar qo‘lida ekanini chuqur anglagan holda, u kishi ѐshlarimizning ongu tafakkuri va dunѐqarashini yuksaltirishga xizmat qiladigan, navqiron avlodni tarbiyalab voyaga etkazishning yangi tizimini shakllantirish hamda haѐtga joriy etish ishlariga bevosita rahbarlik qildi. Islom Karimov ham mustaqil demokratik taraqqiѐt va jamiyat rivojlanish qonununiyatlarini asoslab, o‘z asarlarida muhim nazariy-konseptual g‘oyalarni ishlab chiqdi. Ma’lumki, Islom Abdug‘anievich o‘z rahbarlik faoliyatining mazmuniga aylangan «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!» degan ezgu g‘oyani ilgari surgan va bu shior barchamizning, butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan edi. Ulug‘ yo‘lboshchi ana shu buyuk vazifani hamma vaqt, har qanday vaziyatda ham sharaf bilan ado etdi, bu yo‘lda beqiѐs kuch-g‘ayrati va aql-zakovatini, kerak bo‘lganda hatto aziz jonini ham ayamadi. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz aynan Islom Abdug‘anievich rahbarligida g‘oyat murakkab tarixiy davrda mamlakatimiz mustaqillikka erishganini, milliy davlatchiligimizni tiklash va dunѐ hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish, haѐtning barcha soha va tarmoqlarini isloh qilish borasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritganini, bularning barchasi erkin va farovon haѐtimiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib kelaѐtganini hech qachon unutmaydi 1991 yilda Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. SHu kundan e’tiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. Darhaqiqat, ―Bundan yigirma sakkiz yil oldin Birinchi Prezidentimiz, muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov xalqimiz va jahon hamjamiyatiga O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘tgan qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun bir haqiqatni katta g‘urur va iftixor bilan aytishga to‘la asosimiz bor: mard va matonatli xalqimiz qanchalik qiyin va og‘ir sinovlarga duch kelmasin, o‘zining mustahkam irodasini namoѐn etib, o‘zi tanlab olgan mustaqillik yo‘liga doimo sodiq bo‘lib kelmoqda2 . Davlat va jamiyat boshqaruvi murakkab jaraѐn bo‘lib, uni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha turli xil modellar, boshqaruv shakllari hamda yo‘llari ishlab chiqilgan. Insoniyat tomonidan ming yillar davomida ―taraqqiyparvar davlat‖, ―komil jamiyat‖ barpo etish g‘oyasi ilgari surilgan. SHu asosda o‘tgan asrdan boshlab jahon amaliѐtida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini tashkil etish bo‘yicha amaliѐt bir necha davlatlar tajribasida qo‘llanilib, haѐtda o‘z samarasini berdi. Bugungi kunda esa o‘z suverenitetiga ega bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlar uchun bunday yo‘l eng maqbul maqsadga aylandi. Jonajon Vatanimizning ko‘p ming yillik tarixida yangi davr – erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiѐt davri boshlandi. Albatta, ushbu yutuqlarning qo‘lga kiritilishida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning tarixiy xizmatlari beqiѐs bo‘lganini bugun barchamiz, butun xalqimiz takroran esga olishimiz tabiiydir Ma’lumki, Islom Karimov respublikamiz rahbari sifatida ish boshlagan4 paytda (1989 yil 23 iyun) o‘lkamizda uzoq yillar davomida hukm surgan kommunistik mafkura va faqat xom ashѐ etkazib berishga asoslangan bir ѐqlama iqtisodiy siѐsat har bir sohada o‘zining halokatli salbiy ta’sirini keng miqѐsda ko‘rsata boshlagan edi. Manbalardagi voqelikka e’tibor qaratilsa o‘sha davrning og‘ir va ayanchli ijtimoiy-siѐsiy manzarasida quyidagi xolatni namoѐn qiladi. Jumladan, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan birida bo‘lgan. O‘zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda 12-o‘rinda turgan, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkich esa Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past bo‘lgan. Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolgan. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish o‘rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etib, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida eng oxirgi o‘rinlardan birida turgan. O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, umuman mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilar, oyiga o‘rta hisobda 5 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi mamlakatda 12 foizdan sal ko‘proq bo‘lsa, bizning respublikamizda 45 foizga borgan edi. Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolga tushib qolgan, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan judayam o‘tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yuzaga inqiroz holatiga kelgan bir sharoit edi. Respublikamiz asosan xom ashѐ bazasi, sanoat ministrliklari va idoralarining mo‘may xom ashѐ manbai deb hisoblanib o‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan etarlicha, ba’zan mutlaqo baho berilmas, ba’zan esa bu xususiyatlar pisand ham qilinmasdi. Respublikamiz rahbari etib saylangan Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigaѐq, ya’ni 1989 yil 24 iyun kuni O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o‘tkazdi va unda nutq so‘zladi. Bu nutq mohiyat e’tiboriga ko‘ra Islom Karimovning O‘zbekiston rahbari sifatidagi birinchi nutqi ekani bilan ham alohida tarixiy ahamiyatga egadir. Ushbu chiqishda Islom Karimovning siѐsiy etakchiga xos barcha fazilatlari yaqqol namoѐn bo‘ladi. O‘zining keskin tanqidiy va amaliy ruhi bilan ajralib turadigan mazkur nutqida O‘zbekistonda vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning sabablarini chuqur tahlil qilib, achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. «Biz bundan buѐn eskicha yashayolmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi», deb yangi lavozimga qanday ulug‘ maqsad va mas’uliyat bilan kirishaѐtgani, o‘z faoliyatida islohotchilik, el-yurtning dardu tashvishlari eng oliy mezon bo‘lib qolishini ochiq baѐn qiladi. 25 iyun kuni esa Islom Karimov janjal-to‘polonlar alangasi ichida qolib ketgan Farg‘onaga yo‘l oladi. Lovillab ѐnaѐtgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan shahar va qishloqlar, qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. Agar o‘sha yillar tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, Farg‘ona voqealari haqida shov-shuv ko‘targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obro‘ topish, o‘zining g‘arazli manfaatlariga erishishga, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar ko‘p bo‘lgan. Islom Karimov bu borada kuyibѐnib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan baѐn qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy echimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi. Jumladan, Toshkentda va Moskvada bo‘lib o‘tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: «O‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘ѐq bermasin, tarix albatta, o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalminalchilik, mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan ko‘pgina misollar bilan isbot qilingan» Vaqt va haѐtning o‘zi Islom Abdug‘anievich Karimov zamonamizning etuk siѐsatchisi, dunѐda va turli mintaqalarda yuz beraѐtgan o‘ta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan ko‘ra oladigan, o‘z yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan mas’uliyat tuyg‘usini teran his etadigan atoqli rahbar ekanini har tomonlama tasdiqladi. Milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, turli ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda millatlar va fuqarolar o‘rtasida urush xavfi yuzaga kelib, iqtisodiѐt og‘ir ahvolga tushib qolgan, muxtasar aytganda, eski tuzumning umri tugab, yangi zamon boshlanaѐtgan bir paytda olib borilgan boshqaruv va davlat siѐsati, tom ma’nodagi tarixiy islohotlar O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining keyingi taqdiri va taraqqiѐtida, hech shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. SH.M.Mirziѐev ta’kidlaganidek, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siѐsat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat ѐqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanaѐtgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi6 . Mustaqil davlat sifatida rivojlanish yo‘limizning asosiy prinsiplari, umummilliy shioriga aylanib ketgan «O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat», «Mustaqillik – bu avvalo huquqdir», «YAngi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang», «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiѐt yo‘li», «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun», «O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» kabi mashhur iboralar sokin kabinetlarda emas, aksincha, ana shunday shiddatli kurashlar, tinimsiz bahs va munozaralar, achchiq haѐtiy tajribalarda tug‘ilganini anglashda mustaqil O‘zbekiston mustaqilligining 20 yillik sanasida O‘zbekiston nashriѐti tomonidan nashr etilgan va Mustaqil O‘zbekistonning yangi tarixiga aloqador bo‘lgan 35 ta faktik daliliy materiallarni qamrab olgan ―O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ deb nomlangan kitob g‘oyat muhim manba vazifasini bajaradi. Jumladan, o‘lkamizdagi vaziyatni chinakamiga o‘nglash, yurtdoshlarimizning haѐtga qarashini, bugungi va ertangi kunga ishonchini mustahkamlash uchun avvalo, ularning iqtisodiy, moddiy ahvolini yaxshilash zaruratini chuqur anglagan Islom Karimov aholi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan juda katta bir masalani – odamlarga tomorqa er berish masalasini kun tartibiga qo‘yadi. 1989 yil 17 avgustda respublika hukumatining Toshkentda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilinadi va «Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shartsharoitlarni yaratib berish haqida» qaror qabul qilinadi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqda yashovchi har bir kishiga o‘rtacha 25 sotixdan er ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha er ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa erlari berildi. Bugun to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu murakkab masalaga ana shunday oqilona ѐndashuv tufayli O‘zbekiston bo‘yicha


Download 349,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish